×

The Fountainhead Essay Contest: insho yozib, 25 000 dollargacha mukofot yutib oling!


Grant

MUHLAT

01.08.2025

QOLGAN VAQT

37 kun

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

13592 marta

The Ayn Rand Institute muassasasi mashhur yozuvchi Ayn Rend asari asosida har yili The Fountainhead Essay Contest insholar tanlovini oʻtkazadi. Tanlov maktabning yuqori sinf oʻquvchilari (8-12-sinf), litsey va kollej oʻquvchilari uchun mo’ljallangan.

Ishtirokchilar avval “The Fountainhead” asarini oʻqishi, soʻng ariza topshirish platformasida berilgan savollarga javob sifatida inshosini yozishi kerak. Insholar ingliz tilida yozilishi lozim.

Ayn Rend asarlarini oldin o’qimagan, ammo tanlovda ishtirok etish niyatidagi nomzodlar bu kitobning PDF yoki boshqacha variantini internetdan topib oʻqishi mumkin (Google.com saytida “Ayn Rand, Fountainhead PDF” yoki shunga oʻxshash boshqa iboralar orqali qidirib topish mumkin).

Ushbu tanlov har yili 3 marta oʻtkaziladi va shu 3 ta tanlovda 1-oʻrinni olganlar orasida yillik gʻolibni aniqlash uchun tanlov oʻtkaziladi.

Grant kimlar uchun?

Maktab, litsey va kollejning oxirgi sinf / kurs oʻquvchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

ning umumiy mukofot jamg’armasi 40000 AQSh dollarini tashkil etadi. Tanlov har yili 3 marta (3 ta mavsumda) o’tkaziladi va har bir mavsumda arizalar 3 oy davomida qabul qilinadi.

Har bir mavsum gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:

  • 1-oʻrin uchun 3000 AQSh dollari;
  • 2-oʻrin uchun 2000 AQSh dollari;
  • 3-oʻrin uchun 1000 AQSh dollari..

Yil yakunida 3 mavsumda 1-o’rinni qo’lga kiritgan qatnashchilar o’rtasida 22 000 AQSh dollari miqdoridagi bosh mukofot uchun tanlov o’tkaziladi.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

  1. Tanlov butun dunyo yoshlari uchun ochiq.
  2. Tanlovda maktabning 8-sinf va undan yuqori sinf oʻquvchilari, litsey va kollej oʻquvchilari qatnasha oladi.
  3. Bitta ishtirokchi yil davomida o’tkaziladigan 3 mavsumning har birida ishtirok etish huquqiga ega – bir yilda faqat 1 marta ishtirok etish chegarasi mavjud emas. Lekin bitta ishtirokchi bir mavsumda faqat bitta ariza topshirishi mumkin.
  4. Insholar onlayn arizada ko’rsatiladigan mavzular bo’yicha, belgilangan so’z miqdorida va ingliz tilida yozilgan bo’lishi zarur.
  5. Insholar ishtirokchining o’zi tomonidan yozilgan bo’lishi kerak. Plagiarizm (koʻchirmakashlik) nomzodning tanlovdan chetlatilishiga olib keladi.
  6. Insholar muallif o’z fikrini asoslay olishi, boshqalarni bunga ishontira olishiga qarab baholanadi.
  7. Ijodiy ishlar aniq, mantiqiy tartibda yozilgan bo’lishi kerak.
  8. Insholarda muallif asarlarning falsafiy ma’nosini yaxshi tushunishini ko’rsatib bera olishi kerak.

Insholar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

  • Aniqlik (Clarity)
  • Tartiblilik (Organization)
  • Tushunganlik (Understanding)
  • Mavzu doirasida yozish (On Topic)

Dasturga qabul jarayoni:

Hozirda qabul ochiq mavsum uchun insholar 2025-yil 1-avgustgacha qabul qilinadi.

Ishtirok etish uchun bu yerda “Get Started” tugmasi orqali onlayn ariza topshiring.

Arizalar ko’rib chiqilgach, avgust-sentyabr oylarida gʻoliblikka nomzod ishtirokchilar bilan suhbat o’tkazilishi mumkin. Suhbatda ishtirokchining yozgan inshoni boʻyicha turli savollar soʻraladi va insho muhokama qilinadi. Yakuniy natijalar 2025-yil 10-oktyabrda e’lon qilinadi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin tanlov haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Murojaat uchun:

E-mail: essays@aynrand.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!