×

The Global Undergraduate Awards: bakalavrlar va bakalavriat bitiruvchilari uchun kurs/diplom ishlari tanlovi; bosh mukofot – Oltin medal, sertifikat va Irlandiyaga bepul sayohat!


Grant

MUHLAT

07.06.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Irlandiya

O'QILGAN

7743 marta

Global bakalavriat mukofotlari (The Global Undergraduate Awards, UA) – bu dunyo boʻyicha eng yaxshi bakalavrlik kurs/diplom ishlarini eʼtirof etadigan, ularni xalqaro auditoriyaga ulashadigan va turli soha hamda madaniyat vakillari boʻlgan talabalarni birlashtiradigan xalqaro tanlov dasturidir. Hozirda ushbu tanlovning 2023-yilgi mavsumiga ishlar qabul qilinmoqda.

UA notijorat tashkilot boʻlib (Irlandiyada joylashgan), mazkur tanlov har yili oʻtkazib kelinadi. Tanlov gʻoliblari har yili Irlandiya poytaxti – Dublin shahrida boʻlib oʻtadigan sammitda ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritadi. Navbatdagi sammit 2024-yil kuzda boʻlib otadi.

Tanlovga istalgan soha boʻyicha tahsil olayotgan talabalar deyarli barcha sohalarda yozilgan kurs ishi yoki diplom ishi bilan qatnashishi mumkin. Topshiriladigan ishlar mavjud kategoriyalar (sohalar) boʻyicha topshiriladi. Barcha kategoriyalar 25 ta boʻlib, ular bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin.

Topshiriladigan ishlar ingliz tilida boʻlishi yoki (boshqa tilda yozilgan boʻlsa) ingliz tiliga tajrima qilingan holda topshirilishi kerak.

Tanlovda qatnashish bepul.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriatni 2024- yoki 2025-yilda bitiradiganlar yoki 2023-yilda bitirganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov sovrindorlarni 3 darajada mukofotlanadi.

1. Yuqori baholangan ishlar. Topshirilgan jami ishlar/loyihalar orasida har bir kategoriya boʻyicha eng yaxshi deb baholangan 10% ishlar ichiga kirganlari yuqori baholangan ishlar hisoblanadi. Bunday ishlarning mualliflari quyidagi imtiyozlar bilan taqdirlanadi:

  • Eʼtirof sertifikati.
  • The Undergraduate Library nashrida bu ishlar chop etiladi.
  • UA sorindorlari tarmogʻiga kirish imkoniyati.
  • 2024-yili Dublinda boʻladigan UA Global sammitida qatnashish imkoniyati (borish-kelish, qatnashish va boshqa xarajatlarni ishtirokchining oʻzi qoplashi kerak).

2. Mintaqaviy gʻoliblar. Yuqori baholangan ishlar orasidan har bir kategoriya boʻyicha 7 mintaqa (har birida bittadan) mintaqa gʻolibi aniqlanadi. Bunda ishlar quyidagi mintaqalar boʻyicha saralanadi: Afrika va Oʻrta Sharq; Osiyo; Yevropa; Irlandiya oroli; Lotin Amerikasi; Okeaniya; AQSH va Kanada. Bunday ishlarning mualliflari quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Eʼtirof sertifikati.
  • The Undergraduate Library nashrida bu ishlar chop etiladi.
  • UA sorindorlari tarmogʻiga kirish imkoniyati.
  • 2024-yili Dublinda boʻladigan UA Global sammitida qatnashish imkoniyati (borish-kelish, qatnashish va boshqa xarajatlarni ishtirokchining oʻzi qoplashi kerak).

3. Global gʻoliblar. Har bir kategoriya boʻyicha eng yaxshi deb topilgan ishlarning mualliflari global gʻoliblar hisoblanadi. Bunday ishlarning mualliflari quyidagi imtiyozlar bilan taqdirlanadi:

  • Oltin medal va eʼtirof sertifikati.
  • The Undergraduate Library nashrida bu ishlar chop etiladi.
  • UA Global sammitida qatnashish uchun bepul chipta.
  • 2024-yili Dublinda boʻladigan UA Global sammitida qatnashish uchun borish-kelish xarajatlari toʻliq qoplanadi.

Talablar:

Ushbu tanlovda qatnashish uchun qoʻyilgan talablar va shartlar quyidagicha:

  • Istalgan davlat fuqarolari qatnasha oladi.
  • Uzluksiz taʼlim (full-time) asosida tahsil oluvchi nomzodlar:
    – Agar 4 yillik bakalavriat dasturida oʻqiyotgan boʻlsa, 3- yoki 4-bosqichda tahsil olayotgan boʻlishi kerak.
    – Agar 3 yillik bakalavriat dasturida oʻqiyotgan boʻlsa, 2- yoki 3-bosqichda tahsil olayotgan boʻlishi kerak.
    – 2023-yilda bakalavriatni bitirganlar ham qatnasha oladi.
    – 4 yildan ortiq davom etadigan bakalavriat dasturida tahsil olayotganlar oxirgi yok oxirgidan oldingi bosqichda oʻqiyotgan boʻlishi kerak. Bunday dasturda oʻqiyotganlar aynan nechanchi kursda qatnashish mumkinligini qoʻshimcha ravishda aniqlashtirmoqchi boʻlsangiz, info@undergraduateawards.com elektron manziliga savol soʻrab yozishingiz mumkin.
  • Sirtqi taʼlim (part-time) asosida tahsil olayotgan bakalavrlar bakalavriat dasturining 3 dan 2 qisimi yakunlagan boʻlishi kerak. Shunda ushbu tanlovda qatnasha oladi.
  • Ishtirokchilar koʻpi bilan 3 tagacha kategoriyaga ish topshirishi mumkin (har biriga bittadan).
  • Bitta ishni faqat bitta kategroyaga topshirish mumkin. 2 yoki 3 ta kategoriya uchun bir xil ish topshirilganda, bunday ishlar tanlovdan chetlatiladi.
  • Topshiriladigan kurs yoki diplom ishi / loyihasi universitetdagi masʼul oʻqituvchi (baholash komissiyasi) tomonidan A baho bilan, Oʻzbekiston tizimida “aʼlo” (“5”) baho bilan baholangan boʻlishi/2024-yil 7-iyungacha baholanishi kerak. Bunda oxirgi bosqichda yozilgan bitiruv malakaviy ishi, shuningdek, boshqa bosqichlarda yozilgan kurs ishlari, tadqiqot ishlari / loyihalarini ham topshirish mumkin.
  • Topshiriladigan ishlar bakalavrlik darajasini olish uchun majburiy boʻlgan fanning bir qismi boʻlishi va shu fan yuzasidan yozilgan boʻlishi kerak. Ixtiyoriy hisoblangan dasturlar, masalan, yozgi maktablar yoki oʻqishdan tashqari qoʻshimcha mashgʻulotlar doirasida yozilgan ishlar tanlovga qabul qilinmaydi.
  • Yozilishi uchun haq toʻlangan ishlar tanlovga qabul qilinmaydi.
  • Bakalavriatning istalgan bosqichida yozilgan ishlar topshirilishi mumkin. Lekin nomzod ishni topshirish vaqtida oxirgi yoki oxirgidan oldingi bosqichda oʻqiyotgan boʻlishi yoki 20223-yilda bakalavriatni yakunlagan boʻlishi kerak.
  •  Visual Art hamda the Architecture & Design kategoriyalaridan tashqari, boshqa barcha kategroyalar uchun topshirilgan ishlarda akademik iqtisboslar keltirilgan boʻlishi kerak.
  • Ariza topshirish muhlati tugashidan oldin onlayn yoki bosma shaklda biror nashrda (jurnal, gazeta, bloglar va hk) chop etilgan ishlar tanlovga qabul qilinmaydi.
  • Biror talabalar almashinuvi dasturi doirasida yozilgan ishlar ham qabul qilinadi.
  • Barcha kategoriyalarda yakka (bir nafar) talaba tomonidan yozilgan ishlar qabul qilinadi.
  • Faqatgina quyidagi kategoriyalarda bir necha talaba tomonidan yozilgan ishlar jamoaviy ish sifatida ham topshirilishi mumkin:
    – Architecture & Design
    – Chemical & Pharmaceutical Sciences
    – Computer Science
    – Earth & Environmental Sciences
    – Engineering
    – Life Sciences
    – Mathematics & Physics
    – Medical Sciences
  • Jamoa sifatida qatnashganda topshiriladigan ish va mualliflar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
    – Hammualliflar (ishni / loyihani yozgan talabalar) maksimal 5 kishi boʻlishi mumkin.
    – Hammualliflarning barchasi ishtirok etish talablariga mos boʻlishi kerak.
    – Hammualliflarning barchasi ishning topshirilishiga rozi boʻlishi kerak.
    – Bir nafar hammuallif qolgan hammuallif talabalar tomonidan ishni topshirish va ish gʻolib boʻlsa, mukofotlash jarayonida vakil sifatida qatnashish uchun tavsiya qilinishi kerak.
  • Ishlar ingliz tilida boʻlishi yoki ingliz tiliga tarjima qilingan holda topshirilishi kerak.
  • Ishlar PDF formatida, 20 MB dan kichik hajmda boʻlishi kerak.
  • Visual Arts va Architecture & Design kategoriyalarida rasmlar JPEG formatda va 10 MB dan kichik hajmda boʻlishi kerak.
  • Har bir kategoriya boʻyicha topshiriladigan ishlarda soʻzlarning soniga qoʻyilgan talablar mavjud. Ular bilan BU YERDA kerakli kategoriyani tanlash orqali tanishishingiz mumkin.

Talablar va shartlar bilan BU YERDA toʻliq tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga ishlar 2024-yil 7-iyungacha onlayn tarzda qabul qilinadi.

Tanlovga ish va ariza topshirish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi:

1-qadam. Dastlab, ishtirokchilar va topshiriladigan ishlarga qoʻyiladigan talablar bilan batafsil tanishib chiqing hamda ularga mos ekanligingizga ishonch hosil qiling.

2-qadam. Ishni topshirish uchun kategoriya (soha)ni tanlang. Kategoriyalar va ularga ishlarni topshirish talablarini BU YERDAN topasiz.

3-qadam. Ishni topshirish uchun tayyorlash kerak boʻladi. Qay tarzda tayyorlash haqida BU YERDA batafsil tanishing.

4-qadam. Roʻyxatdan oʻting va ishni topshiring. Ishni topshirish uchun dastlab BU YERDA roʻyxatdan oʻtib, hisob (account) yaratasiz. Soʻng emailingizga hisobingizni tasdiqlash havolasi boradi, tasdiqlaysiz. Shundan keyin ariza shakli soʻralgan maʼlumotlarni toʻldirib, ish va boshqa kerakli hujjatlarni yuklab, arizani topshirasiz (Submit). Ariza topshirilganda ishingiz qabul qilingani haqidagi xabar emailingizga yuboriladi.

Tanlovga ishlarni topshirish jarayoni va har bir qadam haqidagi batafsil maʼlumotni BU YERDAN topasiz.

Gʻoliblar 2024-yil sentabr oyida eʼlon qilinadi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin tanlovning rasmiy saytidagi maʼlumotlar va koʻp beriladigan savollar bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasizdan info@undergraduateawards.com elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!