×

The Nippon Foundation: Toshkent va Dushanbe shahri oliygohlari talabalari uchun oylik 100 yevro grant!


Grant

MUHLAT

30.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

4099 marta

Japan Central Asia Friendship Association (JACAFA), The Nippon Foundation va Alif Academy JACAFA The Nippon Foundation Scholarship Program in Tajikistan and Uzbekistan dasturi uchun arizalar qabul qilmoqda. Grant Toshkent shahar oliygohlarida o`qiyotgan o`zbekistonlik talabalarga beriladi. Grant ikki yil muddatga ajratiladi. Grant oʻqish, qoʻshimcha kurslarga qatnashish va oʻquv qurollari sotib olish, seminarlarda qatnashish uchun toʻlov kabi xarajatlar uchun moʻljallangan. Grant quyidagi sohalardan birida oʻqiyotgan talabalarga beriladi:

  • Ijtimoiy fanlar.
  • Kompyuter texnologiyalari.
  • Axborot texnologiyalari muhandisligi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriatning 2-kursini tamomlagan talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga ikki yil muddatga har oyda 100 yevro stipendiya beriladi. Grant talabaning oʻz ustida ishlashi uchun qoʻshimcha kurs, seminarlarda ishtirok etish, oʻquv qurollari sotib olish xarajatlarini qoplashga moʻljallangan. Stipendiya 2019-yilning oktyabr oyidan boshlab beriladi.

Grant talabaning kontrakt pulini qoplamaydi. Agar talaba ijarada yoki talabalar turar joyida istiqomat qilsa – yashash toʻlovi, ovqatlanish kabi xarajatlarini oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.

Talablar:

  • Toshkent va Dushanbe shahri oligohlarida oʻqiyotgan oʻzbekistonlik va tojikisonlik talabalar ariza topshira oladi.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak. GPA kamida 4,0 dan 3,0 boʻlishi talab etiladi. Shunda 100% dan 75% ijobiy koʻrsatkich qayd etilishi zarur. Demak, “yaxshi” va “aʼlo” baholarga oʻqiydigan talabalar ariza berishliri mumkin.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi va ingliz tilida yaxshi gapirishi kerak. Til bilish darajasini tasdiqlovchi TOEFL, IELTS yoki TOEIC sertifikati va/yoki til kursini tugatganligi haqida guvohnoma topshiriladi. JACAFA va potensial nomzod oʻrtasidagi barcha yozishmalar ingliz tilida elektron pochta orqali olib boriladi.
  • Nomzod ariza berayotganda oʻzi yashayotgan hududda pasport roʻyxatidan oʻtgan boʻlishi kerak. Tekshiruv jarayonida roʻyxatda qayd qilingan joyi va yashash joyi mos boʻlmagan nomzodlarning arizasi koʻrib chiqilmaydi.
  • Nomzod taqdim etayotgan hujjatlar yaroqli, muddati oʻtmagan boʻlishi kerak. Shuningdek, nomzod sudlanmagan boʻlishi kerak.
  • Nomzod Toshkent yoki Dushanbe oliygohlarining birida kunduzgi boʻlim talabasi boʻlishi yoki oliygohga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Universitetning 2-kursini tamomlagan bakalavr bosqichi talabalari ariza bera oladilar.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza berish uchun nomzod ijtimoiy fanlar, kompyuter texnologiyalari yoki axborot texnologiyalari muxandisligi bakalavr, magistratura kurslaridan biri talabasi boʻlishi kerak. Hujjatlar 2019-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Talabalikni tasdiqlovchi maʼlumotnoma. Maʼlumotnoma universitet/institut/akademiya rahbariyati tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
  2. Eng oxirgi sana boʻyicha baholar varagʻi. Talabaning reyting daftarchasidan olinadi. Oʻzlashtirish koʻrsatkichi va baholar kamida 100 dan 75% boʻlishi kerak.
  3. Ariza. Ariza topshirish uchun: SHU YERDA ro`yxatdan o`tish kerak.
  4. Rezyume.
  5. Ingliz tili sertifikati (odatda IELTS umumiy ball kamida 6.0 yoki ekvivalent).
  6. Agar biror til kursida oʻqigan boʻlsangiz, kursni tamomlaganlik haqidagi guvohnoma/sertifikat topshiriladi.
  7. Pasport va uning turar joyga roʻyxatga qoʻyilganligi haqida muhr qo`yilgan varagʻi nuxasi.
  8. Esse “How could Uzbekistan society be influenced and inspired by Japanese culture, work ethics and economy” mavzusida yoziladi.
  9. Ikkita tavsiyanoma. Tavsiyanomalarni oliygoh rahbariyati yoki professor-oʻqituvchilardan olish kerak.

*Hujjatlar tarkibini yana bir marta maqola oxirida berilgan manzil orqali aniqlang.

Nomzodlarni saralash akademik yutuqlari, yaxshi hulqi, xarakteri, shaxsiy fazilatlari va muloqot koʻnikmalari kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Saralash jarayoni va natijalarning eʼlon qilinishi quyidagicha:

  1. Ariza topshirish uchun dedlayn: 30-aprel.
  2. Esse joʻnatish: 15-may.
  3. Tavsiyanomalar va barcha soʻralgan hujjatlarni joʻnatish: 30-may.
  4. Arizalar 2019-yil iyun oyida koʻrib chiqiladi.
  5. 2019 yil iyul oyida suhbat oʻtkaziladi.
  6. Natijalar sentyabr oyida eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun:

Telefon: 488889827

Elektron pochta: academy@alif.tj

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!