Mebel dizaynerlari uchun tashkil etilgan The Pure Talents Contest tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovga koronavirus pandemiyasidan xulosa chiqargan va o’zgarishlarni hisobga olgan holda yaratilgan mebel dizaynlari bilan ishtirok etish mumkin. Tanlov g’oliblari keng qamrovli ommaga tanilish, o’z karyeralarini yaxshilash uchun hamkorlar topish va malakalarini oshirish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bu yilgi tanlov to’liq onlayn ko’rinishda o’tkaziladi. Tanlovga quyidagilar uchun dizaynlar qabul qilinadi:
Mebel
Uy jihozlari
Chiroqlar
Pol qoplamalari
Devor qoplamalari va tekstil
Smart uy
Oshxona jihozlari va dizayni
Grant kimlar uchun?
Dizaynerlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Sovrinlar:
- 1-o’rin uchun 3 000 yevro pul mukofoti;
- 2-o’rin uchun 2 000 yevro pul mukofoti;
- 3-o’rin uchun 1 000 yevro pul mukofoti;
- Tomoshabinlar tomonidan eng ko’p ovoz to’plagan dizayn uchun 1 000 yevro pul mukofoti;
- Eng yaxshi oshxona jihozlari dizayni uchun 3 000 yevro pul mukofoti.
G’olib dizaynerlar o’z dizaynlari asosida mahsulotlarni yasab, 2021-yil yanvarda Germaniyada o’tkaziladigan ko’rgazma uchun taqdim etishlari kerak bo’ladi. Ko’rgazmadan keyin mahsulotlar qaytarib beriladi.
Talablar:
- Tanlovda talabalar yoki oliy ma’lumotga ega shaxslar ishtirok etishlari mumkin. Ariza topshirish jarayonida talabalik to’g’risida ma’lumotnoma yoki diplom nusxasi talab etiladi.
- Tanlovga topshirilgan dizaynlar yaratilganiga 1 yildan oshmagan bo’lishi kerak. Dizaynlar ilgari ko’rgazmalarda namoyish etilgan yoki chop etilgan bo’lishi mumkin.
- Tanlovga bir ishtirokchi tomonidan 3 tagacha dizayn taqdim etilishi mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Tanlovda ishtirok etish uchun 2020-yil 17-sentyabrgacha bu yerda ariza berish kerak. Ariza topshirishda dizaynning JPG formatidagi, 2 MBdan oshmagan hajmdagi surati joylanishi kerak.
Ushbu tanlovga ilgari taqdim etilgan eng yaxshi ishlar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin. Ma’lumot uchun k.pudlat@koelnmesse.de elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin. Tanlov nizomi bu yerda ko’rsatilgan.