Avstraliyaning Kallagan shahrida joylashgan The University of Newcastle oliygohi FEBE International Undergraduate Scholarship grant dasturi orqali bakalavr bosqichida o’qishni rejalashtirayotgan talabalarga o’zining grant o’rinlarini taklif etadi. Ushbu grant dasturi The University of Newcastle oliygohida o’qitiladigan bakalavr bosqichining Engineering and Built Environment yo’nalishlari uchun ajratilgan. Grant dasturidan asosiy maqsad shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab quvvatlash.
Grant kimlar uchun?
Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalar kontrakt to’lovi uchun 5000 Avstraliya dollari (taxminan 3520 AQSh dollari) miqdorida moliyaviy yordam bilan ta’minlanadilar. Grantni har yili olish uchun talabaning o’qishi pasayib ketmasligi kerak.
The University of Newcastle universiteti bakalavr bosqichi to’lov kontraktlari haqida ma’lumot bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.
Talablar:
Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim:
- Nomzod University of Newcastle oliygohining bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirishi va qabul qilinishi kerak. Bakalavr bosqichining Engineering and Built Environment yo’nalishlari qabul talablari bilan bu yerda to’liq ma’lumot olishingiz mumkin.
- Nomzod o’rta ta’lim bosqichini a’lo baholarga tamomlagan bo’lishi lozim. Grant akademik ko’rsatkichlari asosida belgilanadi.
- Ijtimoiy faol, jamoat ishlarida tashabbuskorligini tasdiqlovchi maxsus sertifikatlarga egaligi maqsadga muvofiq.
- Ingliz tili bilim darajasini ko’rsatuvchi IELTS 6.5 ball, TOEFL IBT 79 ball sertifikatlarini taqdim etishlari lozim. Til talablari haqida to’liq ma’lumotni bu yerda bilib olishingiz mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantni yutib olish uchun alohida ariza topshirilmaydi, University of Newcastle oliygohi bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirish kifoya. Kursga hujjatlar bu yerda 2021-yil 7-fevraligacha qabul qilinadi. Muddatdan oldin ro’yxatdan o’tish grantni qo’lga kiritish imkoniyatini oshiradi. Hujjat topshirayotganda quyidagi hujjatlar kerak bo’ladi:
- Akademik resume
- Bundan oldingi ta’lim bosqichi baholar ro’yxati
- Taqdirlangan sertifikatlar
- Ingliz tili bilim darajasini belgilovchi sertifikat (muddati o’tmagan bo’lishi lozim).
- ACT va SAT test natijalarini ko’rsatuvchi sertifikat (majburiy emas)
- Pasport nusxasi
- 2 ta akademik tavsiyanoma.
Hujjatlar ingliz tilida bo’lishi lozim. Agar hujjat boshqa tilda bo’lsa, notarius orqali tayyorlangan rasmiy tarjimasi topshiriladi.
Qo’shimcha ma’lumot uchun FEBE-Scholarships@newcastle.edu.au elektron manziliga yoki +61249216025 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.