×

Tokiyoda bo’ladigan Xalqaro taraqqiyot yoshlar forumida ishtirok eting


Grant

MUHLAT

07.09.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

1126 marta

Umumiy ma’lumot: 

Xalqaro taraqqiyot yoshlar forumi 2012-yilda tashkil etilgan bo’lib, har yili dunyo bo’ylab yoshlarni bir joyga yig’adi va ular o’rtasida dunyo yuzlashib turgan taraqqiyot muammolari yuzasidan fikr almashish imkoniyatini yaratadi.

Dasturdan quyidagilar maqsad qilingan:

  1. Xalqaro taraqqiyot masalalariga qiziqqan yoshlar o’rtasida aloqa o’rnatish;
  2. Qatnashchilarga farqli qadriyatlarni o’rganish va keng bilim olish imkoniyatini yaratish;
  3. Amaliy maqsadlarni qo’lga kiritish hamda jamiyatda o’zgarish yasashga hissa qo’shish.

2016-yilgi yoshlar forumi 6-martdan 13-martagacha Yaponiya poytaxti Tokioda o’tkaziladi.

Kim uchun:

Dunyoning istalgan davlatidan 18 dan 28 yoshgacha bo’lgan shaxslar ushbu forumda qatnashish uchun ariza topshirishi mumkin. Arizalar yakka shaxs sifatida yoki bir necha qatnashchidan iborat guruh bo’lib to’ldirilishi mumkin.

Ingliz tilini bilishni tasdiqlovchi TOEFLT/IELTS natijalari bo’lishi shart emas.

Grant miqdori:

Rivojlanayotgan davlatlardan kelgan qatnashchilar uchun safar va forumda ishtirok etish xarajatlari qoplanadi. Moliyaviy yordam olishga noloyiq deb topilgan qatnashchilar forumda qatnashish uchun 200 yevro miqdorida haq to’lashlari lozim. Oziq-ovqat va turar-joy barcha uchun bepul.

Tibbiy sug’urta va shahar ichidagi safar xarajatlari qoplanmaydi.

Hujjat topshirish tartibi:

Arizalar bir-biridan mustaqil ikki guruh uchun qabul qilinadi. Birinchi guruh forumda bahs qilinadigan mavzuni tanlashda yordam beradi. Bu guruh uchun hozir qabul davom etmoqda. Unga internet orqali SHU YERDA 2015-yil 7-sentabrgacha topshirilishi kerak. Arizalari 1-bosqichdan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar bilan «Skype» orqali suhbat o’tkaziladi.

Ikkinchi guruh uchun qabul noyabr oyidan boshlanadi. Unga olinadigan qatnashchilar tanlab olingan mavzuni bahs qilishadi. Birinchi guruhga qabul qilinmasangiz, ikkinchi guruhga noyabrdan yana ariza topshirishingiz mumkin.

Qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, ularni idyf2016.enquiry@gmail.com elektron pochtasiga yuborishingiz mumkin.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!