×

Tokyo Tech: magistratura va doktorantura kurslarini Yaponiyada o’qish uchun 452 AQSh dollari oylik stipendiya


Grant

MUHLAT

21.10.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

1957 marta

Yaponiyada joylashgan Tokyo Tech universiteti tomonidan taqdim etiladigan Monbukagakusho Honors Scholarship for Privately Financed International Students (JASSO) grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universiteti magistratura va doktorantura kurslariga to’lov shartnoma asosida o’qishga kirgan va boshqa grant yutmagan talabalar uchun mo’ljallangan. Barcha kurslar ro’yxati bilan tanishish uchun rasmiy havolaga bosing.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va doktorantura kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

JASSO grantini yutib olgan talabaga 48 000 yen (taxminan 452 AQSh dollari) oylik stipendiya beriladi. Talaba granti yutib olsa ham, O’qishga kirgandan keyingi bir martalik to’lov va ariza to’lovlarini amalga oshirishi kerak bo’ladi. Stipendiya o’qish boshlangach, har oy berib boriladi.

O’qishga kirgandan keyingi bir martalik to’lov 282 000 yen (2 659 AQSh dollari), yillik o’qish to’lovi esa 635 400 yenni (5 988 AQSh dollari) tashkil qiladi.

Talablar:

  • Nomzod yapon tilini JLPT 1-2, yoki EJU 200 darajada, ingliz tilini kamida B2 darajasida bilishi talab etiladi. O’qishga kirish uchun tanlangan kurs qaysi tilda o’qitilsa, shu tilni bilish talab etiladi. O’qishga va grantga hujjat topshirish vaqtida til sertifikatlari so’ralmaydi.
  • Nomzod magistraturaga o’qishga kirish uchun Yaponiyadan tashqaridagi universitet bakalavr diplomiga, doktoranturada o’qish uchun esa Yaponiyadan tashqaridagi universitet tomonidan berilgan magistratura diplomiga ega bo’lishi zarur.
  • Nomzodning baholari yuqori bo’lishi kerak.
  • Nomzod Tokyo Tech magistratura yoki doktorantura kurslaridan biriga hujjat topshirishi kerak.
  • Odatda, barcha kurslarga qabul uchun ichki talablar mavjud bo’ladi, masalan, ma’lum fanlardan yuqori baholar olganlik kabi. Shuning uchun nomzod o’zi tanlagan kursga qabul talablariga ham mos bo’lishi kerak.
  • JASSO grantlari boshqa hech qanday grant yutmagan talabalarga beriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

JASSO granti uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi. Kursga ariza topshirish vaqtida JASSO grant dasturini belgilash yetarli. Tokyo Tech universiteti xodimlari keyinchalik hujjat topshirgan nomzodlar bilan bog’lanib, keyingi qadamlar haqida ma’lumot beradilar. Kurs uchun arizalar 2020-yil 21-oktyabrgacha qabul qilinadi, natijalar 2020-yil 3-dekabrda e’lon qilinadi.

Ariza topshirish uchun barcha kerakli hujjatlarni (ro’yxat – bu yerda) quyidagi manzilga pochta orqali yuboring:

Admissions Division

Student Services Department

Tokyo Institute Of Technology

West Bldg.8E 212, 2-12-1 Ookayama, Meguro-ku, Tokyo 152-8550 JAPAN

Tel: +81-3-5734-3990.

Eslatma: arizangiz ko’rib chiqilishi uchun hujjatlar 21-oktyabrgacha manzilga YETKAZILISHI kerak. Pochta xizmatining tezligi, dam olish kunlari va texnik muammolar bo’lib turishi mumkinligini hisobga olgan holda, arizalarni ertaroq yuborish tavsiya etiladi. Yuborilgan hujjatlar qaytarilmaydi, shuning uchun asliga to’g’ri nusxalar, notarial tasdiqlangan hujjatlarni yuboring, ammo hujjatlarning asl nusxasini o’zingizda saqlab qo’ying.

Qo’shimcha ma’lumot uchun bu sahifani oching. Savollaringiz bo’lsa, ryugakusei@jim.titech.ac.jp elektron manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!