×

Top 100 Uni Camp: Top universitetlarga topshirmoqchi boʻlganlar uchun 1 haftalik yozgi lager


Grant

MUHLAT

26.05.2025

QOLGAN VAQT

28 kun

HUDUD

O'QILGAN

11 marta

Top 100 Uni Camp — bu O‘zbekiston va dunyo bo‘ylab eng yaxshi universitetlarga kirishni orzu qilayotgan talabalar uchun tashkil etilgan hayotni o‘zgartiruvchi 1 haftalik yozgi lager. Bu lager butun O‘zbekiston va undan tashqaridagi ambitsiyali yoshlarni birlashtiradi.

Lager davomida siz amaliy mashg‘ulotlarda va kichik guruhlarda o‘tkaziladigan mentorlik sessiyalarida qatnashasiz. Bu darslarni dunyoning eng yaxshi 100 talik universitetlarining talabasi va bitiruvchilari olib boradi. Birgalikda motivatsion xatlar yoziladi, murakkab insho savollariga javob beriladi, suhbatlarga tayyorgarlik ko‘riladi va stipendiyalar izlanadi. Yillar davomida lager bitiruvchilari Harvard, NYU Abu Dhabi, Colby, Duke Kunshan va boshqa nufuzli universitetlarga qabul qilingan.

Oromgoh mashgʻulotlari Toshkent viloyati, Boʻstonliqdagi Yoshlar lagerida oʻtkaziladi.

Oromgoh quyidagi imkoniyatlarni taklif etadi:

Ikki mavsumda o‘tkaziladi:

  • Bakalavriat dasturi: 2025-yil 6-iyun – 13-iyun.
  • Magistratura dasturi: 2025-yil 3-avgust – 10-avgust.

Mashg‘ulotlar va mentorlik:

  • Ariza topshirish va grant strategiyalari bo‘yicha ustozlik mashg‘ulotlari.
  • Top 100 universitet talabalari va bitiruvchilari bilan kichik guruhli mentorlik sessiyalari.
  • Motivatsion xat va insho yozish, suhbatlarga tayyorgarlik mashg‘ulotlari.

Netvorking va do‘stlik imkoniyatlari:

  • Butun dunyodan kelgan talabalar bilan muloqot qilish.
  • Tog‘ bag‘rida qiziqarli jamoaviy o‘yinlar, ekskursiyalar va madaniy tadbirlar.

Grant kimlar uchun?

Top universitetlarga hujjat topshirishni rejalashtirayotgan maktab yoki akademik litsey/kollej o‘quvchilari va magistraturaga tayyorlanayotgan talabalar

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

O‘zbekiston fuqarolari uchun: Yoshlar ishlari agentligi ko‘magida yozgi oromgohda ishtirok etish to‘liq bepul. 

Oʻzbekistondan boshqa mamlakat fuqarolari uchun: akademik yutuqlar va motivatsiya asosida 30% dan 100% gacha stipendiyalar ajratiladi.

Barcha ishtirokchilar quyidagilarga ega bo‘ladi:

  • Yetakchilik va akademik tayyorgarlik ko‘nikmalarini rivojlantirish.
  • Global netvorking imkoniyatlari.
  • Hayot davomida yodingizda qoladigan xalqaro tajriba va do‘stlik.
  • Motivatsion xat va ariza jarayonida amaliy ko‘nikmalar.

Talablar:

Nomzodlar uchun talablar:

  • Dasturga O’zbekiston va boshqa davlatlarning barcha yoshlari topshira oladi.
  • Nomzod top universitetlarga bakalavr yoki magistraturaga topshirishni reja qilayotgan bo’lishi kerak.
  • Top universitetlarga kirishga intilish va yuqori motivatsiyaga ega bo‘lishi lozim.
  • Nomzodlar 16-22 yosh oraligʻida (shu yoshlar ham kiradi) boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar O’zbekiston vaqti bilan 2025-yil 25-may, soat 23:59 gacha qabul qilinadi. Arizalar onlayn tarzda BU YERDA topshiriladi. Ariza topshirish uchun dastlab platformada roʻyxatdan oʻtish (Sing up) kerak.

Savollar yuzasidan quyidagi email manziliga murojaat qilishingiz mumkin: top100uni.orgteam@gmail.com

Qo’shimcha ma’lumotlar:

  • Oromgoh o’tkazilish manzili: Yoshlar lageri, Bo‘stonliq, Toshkent viloyat
  • Bakalavriatga topshiruvchilar uchun dastlabki natijalar 2025-yil 3-iyunda,  yakuniy natijalar esa 2025-yil 9-iyunda e’lon qilinadi.
  • Magistraturagatopshiruvchilar uchun dastlabki natijalar 2025-yil 20-iyunda, yakuniy natijalar esa 2025-yil 1-iyulda e’lon qilinadi.

Dasturga topshirishdan avval rasmiy e’lon bilan tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!