×

Toshkentda Innovatsion Ta’lim Simpoziumi-2018 (Innovative Education Symposium)


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

4442 marta

Innovatsion Ta’lim Simpoziumi-2018(IES-2018) mamlakatimiz bo’ylab ta’lim sohasi ahlini o’zida birlashtiradi.

2018-yilning 20-22 aprel kunlari o’tkazilishi rejalashtirilayotgan loyiha o’zaro ta’lim jarayoniga doir turli bahs-munozaralar, sohaning professional vakillari bilan seminarlar va boshqa mashg’ulotlarni o’z ichiga oladi. Loyiha 2 yo’nalishda olib boriladi: o’qituvchilar va o’quvchilar uchun.

O’qituvchilar yo’nalishida ayni paytda ta’lim berishga doir tajribaga ega bo’lgan mutaxassislar qatnashsa, o’quvchilar yo’nalishida turli ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan yoshlar, shu jumladan talabalar ishtirok etadilar.

Grant kimlar uchun?

O’qituvchi va ta’lim oluvchilar

Batafsil ma'lumot uchun link

Talablar:

  • Nomzod ma’lum muassasa(umumta’lim, o’rta-maxsus ta’lim, oliy ta’lim, nodavlat ta’lim muassasalari) da o’qituvchi, o’quvchi yoki talaba, yoki erkin izlanuvchi bo’lishi;
  • Ingliz tilini bilishi;
  • Yo’nalishlar o’z ichiga qamrab olgan mavzularga qiziqish bildirishi kerak

Dasturga qabul jarayoni:

Nomzodlar uchun turli pozitsiyalar mavjud:

  • plenary speaker
  • workshop conductor
  • ishtirokchi(participant)
  • homiy(exhibitor)
  • volontyor

Arizalar onlayn tarzda google forma shaklida to’ldiriladi.

Qo’shimcha  ma’lumot uchun: medina.rahmonova@gmail.com

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!