×

Justus & Louise van Effen Scholarships: Gollandiyada magistratura uchun to’liq grant va stipendiya!


Grant

MUHLAT

01.12.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gollandiya

O'QILGAN

10505 marta

Gollandiyada joylashgan Tu Delft universiteti magistratura bosqichida tahsil olishni xohlaganlarga The Justus & Louise van Effen Scholarships grant dasturini taklif etadi. Grantlar shu universitetning Master of Science (MSc) kurslari uchun moʻljallangan bo’lib, dasturdan maqsad universitetda iqtidorli xorijiy talabalarni iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashdir. Dastur doirasida har bir fakultet uchun 2 nafar talabaga grant ajratiladi. Universitetda mavjud fakultetlar haqida ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant quyidagi imtiyozlarni taqdim etadi:

  • Kontrakt toʻliq qoplanadi.
  • Yashash xarajatlari uchun stipendiya beriladi.

Shuningdek, grant gʻoliblari shaxsiy rivojlanish mashgʻulotlari, seminarlar, treninglar va h.k.larda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladi.

Talablar:

Nomzod uchun qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

  • Nomzod TU Delft universitetidagi odatiy 2 yillik MSc magistratura kurslaridan biriga hujjat topshrib, o’qishga qabul qilinishi kerak.
  • Nomzodning bakalavriatda oʻqigan sohasi oʻzi topshirayotgan magistrlik dasturiga aloqador boʻlishi lozim.
  • Nomzod oʻzi bitirgan yilda eng yaxshi baho bilan yakunlagan 10% bitiruvchi safiga kirishi kerak (buni isbotlovchi hujjat talab etilmaydi).
  • Nomzod tahsil olgan universitet Gollandiyadan boshqa davlatda davlatdagi OTM bo’lishi ham kerak.
  • Belgilangan muddatgacha grantga arizani topshirish lozim.

Bundan tashqari, magistratura kurslarining ham oʻz qabul talablari mavjud. Magistratura uchun nomzod kamida IELTS 7.0 (testning biror qismi 6.5 dan past bo’lmasligi kerak) yoki TOEFL iBT 90 (testning biror qismi 21 balldan past bo’lmasligi kerak) sertifikatiga ega bo’lishi zarur.

Magistrlik dasturiga qarab, alohida talablar belgilangan boʻlishi ham mumkin, shu sababli BU YERDAN kerakli magistratura dasturini tanlab, qabul talablari bilan batafsil tanishib chiqish kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Magistratura dasturi va grant uchun alohida ariza shakli hamda hujjatlarni toʻldirish talab etiladi. Aksariyat magistratura kurslariga qabul 2024-yil 15-oktabrdan 2025-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi. Biroq ushbu grantni qoʻlga kiritmoqchi boʻlgan nomzodlar 2024-yil 1-dekabrgacha magistratura dasturiga onlayn tarzda ariza topshirishi va magistraturaning onlayn arizasiga grantning arizasi hamda hujjatarini ham qoʻshib topshirishi lozim.

Magistraturaga ariza topshirish jarayoni, kerakli hujjatlar roʻyxati va qabul bilan bogʻliq boshqa maʼlumotlar bilan BU YERDA tanishing.

Grantni qoʻlga kiritmoqchi boʻlgan nomzodlar magistratura uchun onlayn arizaga quyidagi hujjatlarni ham qoʻshib topshirishi lozim:

  • Grant uchun ariza shakli.
  • 2 ta tavsiyanoma.
  • IELTS yoki TOEFL sertifikati.

Grant uchun kerakli hujjatlar va ularning taʼrifi bilan BU YERDA tanishing (Procedure).

MUHIM: hujjat topshirishdan avval grant haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

 

Ma’lumot uchun  internationaloffice@tudelft.nl  elektron manziliga yoki +31 15 2788012 raqamlarga murojaat qilishingiz yoki rasmiy saytdagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!