×

“Turizm halqasi” logotipini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov: mukofot – 7 mln soʻm


Grant

MUHLAT

11.08.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

2279 marta

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi huzuridagi “Milliy PR-markazi” DUK Jizzax viloyatidagi 10ta madaniy meros obyektini bo‘glovchi “Turizm halqasi” logotipini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov e’lon qildi.

Tanlovning maqsadi Jizzax viloyatidagi 10 ta madaniy meros obyektini bog‘lovchi “Turizm halqasi”ni yaratish maqsadida, mazkur obyektlarni namoyish
etuvchi logotiplar tanlovini o‘tkazishdir.

Logotip Jizzax viloyatining “Turizm halqasi”ga kiruvchi quyidagi madaniy meros obyektlari mavzusida yaratilgan bo‘lishi kerak:
1. Xo‘jamushkent ota ziyoratgohi.
2. Xo‘jayi Serob ota ziyoratgohi.
3. Tor‘tko‘ltepa arxeologik obyekti.
4. Xo‘ja Bog‘bon ota ziyoratgohi.
5. Xo‘ja Nuriddin madrasasi hamda Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim muzeyi.
6. Ko‘k to‘nli ota ziyoratgohi.
7. Parpi ota ziyoratgohi.
8. Novqa ota ziyoratgohi.
9. Sa’d ibn Vaqqos ziyoratgohi.
10. Said Mirxalilloh ziyoratgohi

Grant kimlar uchun?

O‘zbekiston fuqarolari, O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov gʻolibi (bir nafar) 7 mln soʻm pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Talablar:

Tanlovda ishtirok etish shartlari quyidagicha:

  • Logotip Jizzax viloyatining “Turizm halqasi”ga kiruvchi yuqorida koʻrsatilgan madaniy meros obyektlari mavzusida yaratilgan bo‘lishi kerak.
  • Logotip betakror badiiy yechim va kreativ yondashuv asosida boʻlishi kerak.
  • Logotip dizayni ixcham, sodda va aniq bo‘lishi kerak.
  • Adabiy til normalariga javob berishi kerak.
  • Logotip zamonaviy, oʻziga xos, oson tanib olinadigan va noanʼanaviy shaklga ega boʻlishi kerak.
  • Logotip ishlab chiqilgan formati:
    – CorelDraw yoki Adobe Illustrator yoxud Adobe Photoshop formatida ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak.
    – Canva, PowerPoint va boshqa platformada ishlab chiqilmagan bo‘lishi kerak.
    – Logotip vektor formatida bo‘lishi kerak.
  • Grafik qismi osonlik bilan о‘qiladigan bо‘lib, taqdim etilgan logotip loyihasining dizaynidagi ma’naviy-mafkuraviy elementlarni tashkil etishi lozim.
  • Logotipda juda ko‘p mayda detallar bo‘lmasligi kerak.
  • Salbiy taassurotga ega bo‘lmasligi kerak.
  • Tanlov ishtirokchisi sifatida O‘zbekiston fuqarolari, O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham qatnashishlari mumkin.
  • Tanlov ishtirokchisi faqat bitta logotip bilan Tanlovda ishtirok etishi mumkin.

Logotipda quyidagilardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi:

  • Millatlararo janjallarni qo‘zg‘atuvchi mazmunidagi millatchilik va ekstremistik chaqiriqlar, giyohvand moddalarni tarqatishga, davlatga va Konstitutsiyaga qarshi mazmundagi taqiqlangan g‘oyalar hamda shu kabi g‘oyalarga xizmat qiluvchi dizaynlar;
  • Shahvoniy hirs uyg‘otuvchi belgilar va (yoki) zo‘ravonlik, buzg‘unchilikni targ‘ib qiluvchi illyustratsiyalar, shuningdek odamlar va hayvonlarning jismoniy azoblanishini aks ettiruvchi tasvirlar bo‘lgan logotiplar;
  • Qo‘rqinchli, stressli hissiyotlar va hayajonlarni ko‘rsatuvchi dizaynlar.

Ishtirokchi taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi va mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunlarga muvofiqligi uchun javobgardir.

Dasturga qabul jarayoni:

Ishlar 2024-yil 11-avgustgacha qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish uchun ishtirokchilar ishlarni quyidagi email manziliga yuborishi kerak: contentdepartment@nationalprcentre.com.

MUHIM: Tanlovda ishtirok etishga kirishishdan oldin tanlov nizomi bilan batafsil tanishib chiqing.

Qo‘shimcha ma’lumot va savollar yuzasidan Telegram ijtimoiy tarmog‘ida orqali quyidagi hisobga murojaat qiling: @uzbtravelsupport

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!