×

Turkiya: Ingliz tili oʻqituvchilari uchun 52 haftalik stajirovka dasturi; bepul oziq-ovqat, turar joy va oylik 357 AQSh dollar stipendiya!


Grant

MUHLAT

29.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Turkiya

O'QILGAN

4148 marta

Xalqaro AIESEC tashkiloti hamda Turkiyaning Antakya shahrida joylashgan American Cultural Association Antakya tashkiloti 18 dan 30 yoshgacha ingliz tili oʻqituvchilarini English Teaching // SNP stajirovka dasturida qatnashishga taklif etadi. Dasturda qatnashuvchilar 52 hafta davomida Turkiyaning Antakya shahridagi Kirikhan hududida oʻqituvchi boʻlib ishlaydilar. Dastur 2019-yil 15-avgustdan 2020-yil 15-avgustgacha oraliqda boʻlib oʻtadi. Dasturda qatnashuvchi nomzod quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • Attend to inductions and workshops to improve their skills in teaching the language.
  • Maintaining healthy learning environment in the classroom.
  • Conversation clubs and other community projects involving English.
  • Creating didactic activities to encourage the students learning process.
  • Design, plan and develop the classes and the activities, workshops.
  • Evaluation test and any didactic material when be necessary.
  • Encouraging and helping students to communicate in English.

Grant kimlar uchun?

18-30-yoshli ingliz tili oʻqituvchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodlarga 52 hafta davomida bepul turar joy, kompyuter va oziq-ovqat ajratiladi hamda oylik 357 USD stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  • Nomzod ingliz tili oʻqituvchisi boʻlishi zarur.
  • Nomzod 18 dan 30 yoshgacha boʻlishi kerak.
  • Nomzod Education, Linguistic va Literature sohasi boʻyicha kamida bakalavr diplomiga ega boʻlishi zarur
  • Nomzod Language Teaching, Leadership koʻnikmalariga ega boʻlishi shart.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Dasturda qatnashish uchun ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi koʻrsatilmagan, ammo taxminan CEFR B2 – C1 boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzod viza talablariga javob berishi lozim.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2019-yil 29-iyulgacha.

  1. Hujjat topshirish uchun avval AIESEC saytidan account ochish kerak. Yodda tuting: accountni toʻliq toʻldirmasdan turib stajirovkaga ariza berib boʻlmaydi! Account chala toʻldirilgan holda stajirovkaga ariza berilganda tizim “Unfortunately, you do not meet the required criteria for this opportunity” (“Afsus, siz bu lavozim talablariga javob bera olmaysiz”) deb javob beradi. Shuning uchun accountni maksimal darajada toʻliq va toʻgʻri toʻldirishingi shart.
  2. Account ochish, toʻldirish va ariza berish yoʻriqnomasi: shu yerda. Ariza topshirishni boshlashdan avval ma’lumotni diqqat bilan oʻqib chiqing.
  3. Hujjat topshirishdan avval: barcha talablar bilan batafsil tanishib chiqing.
  4. Agar ma’lumotlaringiz talablarga javob bersa, ariza toʻldirish uchun “Apply now” yozuvini bosib, jarayonni boshlaysiz.

Ariza toʻldirayotganingizda quyidagi ma’lumotlar soʻraladi:

Bu grantning ariza sahifasida 5-6 bosqichli interfeys ochiladi:

  • Shaxsiy ma’lumotlar. Skills (koʻnikmalar).
  • Oʻqigan ta’lim muassasasi haqida ma’lumot.
  • Tillarni qay darajada bilishi haqida ma’lumot.
  • Experience. Ya’ni, qayerda, qancha vaqt ishlaganingiz haqida ma’lumot.
  • Arizaning 5-bosqichida “Siz nima uchun bu lavozimga munosibman, deb oʻylaysiz?” mazmunida savol yoki 3-8 daqiqali test berilgan. Savolga javob bering yoki testni ishlang va “Apply”ni bosing.

Muhim:

  • Ma’lumotlar toʻliq mos kelganda shunchaki koʻrsatilgan (skills, education, academic expirients va hokazo) ma’lumotlarni tasdiqlash va “Next”ni bosib keyingi bosqichga oʻtish lozim.
  • Hujjatlarni elektron pochta orqali joʻnatmang!
  • Dastur yuzasidan savollar tugʻilganda tashkilotchining rasmiy yordam sahifasidan yoki AIESECning Adanadagi vakilidan adana@aiesec.org.tr manzili orqali ma’lumot olishingiz mumkin.

Nomzodlarni saralash ularning sohaga oid bilim, malaka va koʻnikmalari, kasbiy tajribasi, til bilish darajasi kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Murojaat uchun: onlayn chat; adana@aiesec.org.tr

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!