×

Turkiyada bakalavr, magistratura va doktoranturada o’qish uchun grantlar


Grant

MUHLAT

31.03.2016

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Turkiya

O'QILGAN

4873 marta

Turkiya davlati Turkiyadagi nufuzli universitetlarda  ta’lim olish uchun xalqaro talabalarga grantlar dasturini taklif qiladi.

Grantlar dasturi  uchta bosqich uchun o’qishga qabul qiladi:

  1. Bakalavr
  2. Magistratura
  3. Doktorantura

Dastur yo’nalishlari turlicha bo’lib, ular haqida har bir universitetdan kengroq ma’lumot olish so’raladi. Dastur san’at, sport, tibbiyot, qishloq xo’jaligi, gumanitar fanlar, ijtimoiy hamda ma’muriy soha,  ilm-fan va texnologiya, muhandislik, turk tili kabi keng yo’nalishlarni qamrab oladi.

Grant kimlar uchun?

XALQARO TALABALAR

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Bakalavr uchun 600, magistratura uchun 850, doktorantura uchun 1200 turk lirasi miqdorida oylik stipendiya;
  • O’qish xarajatlari;
  • Bir yil bepul turk tili kurslari;
  • Tekin turar-joy;
  • Ishtirokchi davlatidan Turkiyaga kelib ketish xarajatlari;
  • Tibbiy sug’urta.

Talablar:

Kim uchun:

Dastur barcha xalqaro talabalarga ochiq. Turkiyada o’qiyotganlar dasturda ishtirok eta olmaydi.

O’qish tili universitetga va arizachi tanlagan sohaga qarab turk, ingliz va fransuz, arab tillarida olib boriladi. Barcha ishtirokchilar, o’qish tili ingliz yoki boshqa tilda bo’lishiga qaramay, o’qish boshlanishidan oldin bir yil Turkiyada turk tilini o’rganishi lozim. Turk tilini o’rganish davomida ham barcha yashash, o’qish va boshqa xarajatlar dastur tomonidan qoplanadi. Arizachilardan turk tilini bilish talab etilmaydi (o’qish turk tilida bo’ladigan dasturlar uchun ham).

Dasturda ishtirok etadigan ba’zi universitetlar ayrim yo’nalishlardagi o’qishni ingliz yoki fransuz, arab tilida taklif etadi. Bu tildagi dasturlarda ishtirok etishni istovchilar bu tillarni bilishini tasdiqlovchi test natijalariga ega bo’lishi kerak (IELTS, TOEFL va fransuz tili uchun maxsus test natijalari). Turk tilidan boshqa tilda olib boriladigan dasturlar ba’zi yo’nalishlar uchun GRE, GMAT, SAT kabi xalqaro test natijalarini so’rashi mumkin. Ariza topshirish jarayonida universitet hamda undagi yo’nalishni tanlayotgan paytingiz bu haqda kengroq ma’lumot olishingiz mumkin.

Bakalavrlik uchun talablar:

  • Maktabni tugatgan yoki oxirgi sinfda o’qiyotgan;
  • Bakalavr uchun topshirayotganlar 1995-yil 1-yanvardan oldin tug’ilgan bo’lishi lozim;
  • Maktabni tugatishda standart imtihonlardan o’tgan yoki maktab diplomi baholariga ega bo’lgan (tibbiyot yo’nalishi uchun o’rtacha bahosi 90 % dan, bakalavr uchun 70 % dan kam bo’lmagan);
  • Sog’lom bo’lgan shaxslar bo’lishi kerak.

Magistratura va doktorantura uchun talablar:

  • 2016-yilning 30-iyuligacha bakalavr yoki magistratura diplomiga ega bo’lish;
  • Magistratura uchun – 30 yoshdan oshmagan, doktorantura uchun – 35 yoshdan oshmagan;
  • O’rtacha bahosi 75 %dan kam bo’lmagan;
  • Sog’lom bo’lgan shaxslar bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza to’ldirish tartibi:

Ariza onlayn tarzda SHU YERDA to’ldiriladi. Mazkur saytda onlayn ariza to’ldirish shaklini bosib, u yerda o’zingiz uchun sahifa (account) oching. Arizani to’ldirish jarayonida sizdan ilova qilinishi lozim bo’lgan hujjatlar so’raladi. Dasturda ishtirok etayotgan universitetlar hamda ularning yo’nalishlari haqida ariza jarayonida yoki SHU YERDA tanishib chiqishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!