×

Kanada: bakalavr kurslari uchun grant dasturi


Grant

MUHLAT

01.12.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Kanada

O'QILGAN

4553 marta

Kanadada joylashgan British Columbiya Universiteti (the University of British Columbia – UBC) bakalavr kurslari uchun ajratilgan International Leader of Tomorrow award grantlariga arizalar qabul qilmoqda. Bu grantlar shu universitet bakalavr bosqichiga o’qishga qabul qalingan yetakchi, a’lochi, kreativ va iqtidorli chet ellik talabalarga beriladi. Grantning maqsadi talabani moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash. British Columbiya universitetida o’qitiladigan barcha kurslar haqida batafsil ma’lumotni bu yerda olishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida oqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

International Leaders of Tomorrow granti talabaning ehtiyojidan kelib chiqdan holda moddiy yordam ajratadi. Talabaning qancha miqdordagi mablag’ga muhtoj ekanligi o’qish kontrakti, yashash xarajatlari va boshqa barcha xarajatlarni qo’shib, talaba oilasi bilan to’lashi mumkin bo’lgan pul miqdorni ayirish orqali hisoblanadi. Talaba imkoni darajasida pul to’laydi, qolganiga Universitet ko’maklashadi. Grantni hisoblashda talabadan olingan moddiy kirim va chiqimlarni ko’rsatuvchi hujjatlardan ham foydalaniladi.

Talablar:

Leaders of Tomorrow grantiga quyidagi talablarga eng mos nomzodlar loyiq topiladilar:

  1. Nomzod Kanada fuqarosi bo’lmasligi va o’qish vaqtida Kanadada o’qish ruhsatnomasi (study permit) bilan yashashi kerak.
  2. Nomzod UBC’dagai bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshir(ayot)gan bo’lishi zarur.
  3. Nomzod bundan oldin bakalavr bosqichida o’qimagan bo’lishi, ya’ni birinchi marta bakalavr bosqichiga hujjat topshirayotgan bo’lishi kerak.
  4. Nomzod UBC bakalavr kurslariga qabul uchun belgilangan umumiy, maxsus va til bilishga oid talablarga ham to’liq javob berishi kerak.
  5. Nomzod a’lo baholarga o’qigan bo’lishi kerak.
  6. Nomzodning moddiy ahvoli shunday bo’lishi kerakki, bunda talaba moddiy ko’maksiz o’qishga qurbi yetmasligi ayon bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

2019-2020 o’quv yili uchun qabul 2018-yil 1-oktabrdan boshlab ochiladi. Qabul boshlangach, grant uchun onlayn ariza to’ldirishingiz va 2018-yil 1-dekabrdan kechiktirmay topshirishingiz kerak bo’ladi. Bundan oldin UBC bakalavr kurslaridan biriga ham hujjat topshirib qo’yish va ham kursga qabul talablari, ham grant uchun belgilangan til bilish darajasi talablariga mos ekanligingizga ishonch hosil qiliash zarur. O’qishga va grantga qabul qilinish uchun nomzod ingliz tilini kamida IELTS 6.5 (har br qismdan 6.0dan kam ball to’planmagan holda) yoki TOEFL IBT 90 darajasida bilishi kerak bo’ladi.

UBC bakalavr kurslariga hujjat topshirish jarayoni

British Columbia universitetidagi bakalavr kurslariga hujjat topshirishni quyidagi tartibda amalga oshirishingiz kerak:

  1. Oldin, sizni qiziqtirgan kurslarni o’rganib chiqib, eng ma’qullarini tanlab olishingiz zarur.
  2. Keyin shu kursga qabul uchun qo’yilgan barhca talablarni: til uchun talablar va umumiy talablarga mosmisiz, yo’qmi –aniqlashtirib oling.
  3. Hujjat topshirish jarayonini boshlang. Bunda oldin UBC tizimida shaxsiy profil ochish kerak bo’ladi. Hujjat topshirish yil davomida turli semestrlar uchun ochiq bo’ladi. Maydagi kurslar uchun sentabr boshigacha, sentabrdagi kurslar uchun esa 15-yanvargacha hujjatlar qabul qilinishini esda tuting.
  4. Agar yotoqxona zarur bo’lsa, talabalar turar joyi uchun ham ariza berish kerak bo’ladi. Bu faqat o’qishga qabul qilinganidan keyin ko’rib chiqiladi.
  5. Arizani topshiring. So’nggi muddat – 2019-yil 15-yanvar. Ariza topshirishda 114 AQSh dollari miqdoridagi to’lovni amalga oshirish kerak.
  6. Natijani kuting. Universitet qabul jamoasi natijani yetkazish uchun siz bilan bog’lanadi.

Ma’lumot uchun UBC bilan bog’lanishingiz yoki rasmiy saytdagi ma’lumotlarni ko’rib chiqishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!