×

Xitoyda barcha bosqich talabalari uchun to‘liq moliyalashtiriladigan yozgi maktab


Grant

MUHLAT

30.04.2025

QOLGAN VAQT

30 kun

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

75 marta

Xitoy Fanlar Akademiyasi Universiteti (UCAS) va bir necha hamkor tashkilotlar tomonidan xalqaro talabalar uchun International Summer School yozgi dasturi tashkil etilmoqda. Dastur ishtirokchilarga Yer fanlari sohasida ilg‘or tadqiqotlar olib borish, zamonaviy laboratoriyalarda ishlash va taniqli olimlar bilan hamkorlik qilish imkoniyatini taqdim etadi. Shuningdek, ishtirokchilar Xitoyning boy madaniyati bilan tanishishlari mumkin.

Dastur quyidagi tartibda bo’lib o’tadi:

  • Onlayn kurslar: 2025-yil 25-iyundan 1-iyulgacha (7 kun) davom etadi va ZOOM platformasi orqali olib boriladi. Onlayn kurslarning jadvali 2025-yil may oyining o‘rtalarida e’lon qilinadi.
  • Xitoydagi tadqiqot dasturi: 2025-yil 5-iyuldan 11-iyulgacha (7 kun) davom etadi. Ishtirokchilar ariza topshirishda berilgan muassasalardan birini tanlashlari kerak.

Dastur doirasida quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Yer fanlari bo‘yicha so‘nggi yutuqlar haqida ma’ruzalar tinglash.
  • Doktorantlar forumida qatnashish va ilmiy yutuqlar bo’yicha fikr almashish.
  • Zamonaviy laboratoriyalarda tadqiqot olib borish.
  • Tajribali olimlar rahbarligida tadqiqot guruhlari bilan hamkorlik qilish.
  • Ilg‘or ilmiy tadqiqot inshootlariga tashrif buyurish.
  • Xitoyning mahalliy madaniy tadbirlarida ishtirok etish.

Mashgʻulotlar ingliz tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

Yer fanlari, atrof-muhit fanlari, ekologiya, biologiya, kimyo, fizika/mexanika yoki tegishli sohalarda tahsil olayotgan bakalavr, magistratura yoki doktorantura talabalari

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Tashkilotchilar tomonidan dasturda qatnashish, ro‘yxatdan o‘tish to‘lovlari qoplanadi.
  • Ishtirokchilar mahalliy turar joy, bepul oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.
  • Tibbiy sug’urta xarajatlari qoplanadi.
  • Saralangan nomzodlarga xalqaro safar xarajatlari uchun ma’lum miqdorda subsidiya taqdim etiladi. 
  • Ishtirokchilar ilg‘or ilmiy tadqiqot tajribasi va Xitoy madaniyati bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’ladi.
  • Dasturda muvaffaqiyatli ishtirok etgan xalqaro talabalar Xitoy Fanlar Akademiyasi universitetida magistratura yoki doktorantura uchun to‘liq stipendiya olishda ustunlikka ega bo‘ladilar.
  • Ishtirok etganlik haqida sertifikati beriladi.
  • Doktorantlar forumida eng yaxshi taqdimot qilgan ishtirokchilar maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanadi.

Talablar:

Nomzodlar uchun qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Nomzodlar o‘z universitetida to‘liq (full-time) bakalavr, magistratura yoki doktorantura talabasi bo‘lishi kerak. Bakalavr talabalari 2025-yil iyul oyiga qadar bakalavrning kamida 2 yilini tamomlagan bo‘lishi lozim.
  • Yer fanlari, atrof-muhit fanlari, ekologiya, biologiya, kimyo, fizika/mexanika yoki tegishli sohalarda tahsil olayotgan bo‘lishi kerak. 
  • Ilmiy tadqiqotga qiziqish va yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi lozim.
  • Ingliz tilini yetarlicha yaxshi bilishi kerak.

Eslatma: hamkor tashkilot talabalari hamda maxsus ilmiy-tadqiqot tajribasiga ega, UCASda magistratura yoki doktorantura bosqichiga o‘qishga topshirishni reja qilgan nomzodlarga ustunlik beriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Nomzodlar dasturda qatnashish uchun 2025-yil 30-aprelgacha  BU YERDA onlayn ariza topshirishlari kerak.

Kerakli hujjatlar:

  1. Pasportning shaxsiy ma’lumotlar sahifasining skaner qilingan nusxasi (kamida 6 oyga amal qiladigan pasport bo‘lishi kerak);
  2. Yaqinda olingan bosh kiyimsiz va ro‘baro‘ (to‘g‘ridan-to‘g‘ri qaragan) rasmiy fotosuratining elektron nusxasi;
  3. Hozirda o‘qiyotgan o‘quv yurti tomonidan berilgan eng so‘nggi akademik transkript;
  4. Dotsent yoki undan yuqori unvonga ega professor tomonidan yozilgan tavsiyanoma;
  5. Eng oxirgi olingan diplom va ilova nusxasi (ixtiyoriy);
  6. Hozirda o‘qiyotganini tasdiqlovchi hujjat (ixtiyoriy);
  7. Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat (agar mavjud bo‘lsa; ingliz tilida so‘zlashuvchi davlat fuqarolari va hamkor universitetlarining talabalari uchun talab qilinmaydi);
  8. Chop etilgan ilmiy maqolalarning birinchi sahifasi va annotatsiyasi (abstract) (ixtiyoriy).

Saralangan nomzodlar 2025-yil may oyida e’lon qilinadi. 

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin rasmiy elon bilan batafsil tanishib chiqing. 

Qo‘shimcha savollar yuzasidan baiqiwei@ucas.ac.cn manziliga email orqali murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!