×

UDACITY: Kompyuter texnologiyalari va dasturlash boʻyicha bepul onlayn kurslar!


Grant

MUHLAT

06.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

9263 marta

Udacity Inc tashkiloti kompyuter texnologiyalari va dastrlash tizimlari sohalarida o’qimoqchi bo’lgan nomzodlarga Bertelsmann Technology Scholarship Program grant dasturini taklif qilmoqda. Dasturda dunyoning istalgan davlatidan bo’lgan, kompyuter dasturchiligi va shu bilan bog’liq sohalarga qiziquvchi,18 yoshdan katta shaxslar ishtirok etishlari mumkin. Grantlar quyidagi yo’nalishlar bo’yicha on-layn kurslarda o’qimoqchi bo’lgan nomzodlar uchun ajratiladi:

  • Artificial Intelligence (AI)
  • Cloud Computing
  • Data Science

 Dastur 2 bosqichda o’tkazilishi rejalashtirilgan:

1-bosqich: Challenge Courses kurslari jami 15 000 ishtirokchiga mo’ljallangan bo’lib, qatnashchilar kurs uchun 3,5 oy davomida haftasiga 3-5 soat vaqt ajratishlari zarur. Birinchi bosqichni muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilar keyigi bosqichga yo’l oladilar.

2-bosqich: Nanodegree Program kurslari jami 1 600 ishtirokchiga mo’ljallangan bo’lib, qatnashchilar kurs uchun 6 oy davomida haftasiga 5-10 soat vaqt ajratishlari zarur.

Grant kimlar uchun?

Kompyuter texnologiyalari va dasturlashga qiziquvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni yutib olgan ishtirokchilarga onlayn kurslarda bepul o’qish imkoniyati beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Dasturga barcha davlat fuqarolari ariza topshirishlari mumkin (fuqarolikka oid cheklovlar yo’q).
  2. Nomzod 18 yoshdan katta bo’lishi zarur.
  3. Nomzod kompyuter texnologiyalari, kompyuter dasturchiligiga bo’lgan qiziqishini ko’rsatib bera olishi kerak.
  4. Cloud Computing kursida o’qimoqchi bo’lgan nomzod Python yoki JavaScript kabi dasturlash tililaridan xabardor bo’lishi kerak.
  5. Data Science kursida o’qimoqchi bo’lgan nomzodlar kompyuterdan foydalanuvchi sifatida Excel, SQL dasturlarida ishlay olishlari yetarli bo’ladi.
  6. Artificial Intelligence (AI) kursida o’qimoqchi bo’lgan nomzodlar Python, NumPy va Matplotlib.L dasturlarida bemalol ishlay olishlari talab etiladi. Bundan tashqari nomzodning algebra va arifmetikaga oid bazaviy bilimlarga ega bo’lishi maqsadga muvofiq.
  7. Kurslarning barchasi ingliz tilida olib borilgani uchun nomzodning bu tilni yaxshi bilishi zaruriydir. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Qatnashchi ishlatadigan qurilmalarga qo’yilgan talablar:

  1. Kurs davomida qatnashchilarga Chrome browserining yangi namunasidan foydalanishlari tavsiya etiladi. Ammo onlayn kurs davomida Firefox, Safari, Opera and Microsoft Edge dasturlaridan foydalanish ham mumkin.
  2. Internet tezligi: Download: o’rtacha 2+ Mbps (kamida 1 Mbps), Upload:5 Mbps bo’lishi zarur.
  3. Operatsion sistema: Windows 7 va undan yangi/Mac: OS X 10.11 undan yangi/Ubuntu: 17.10+ or 14.04 LTS+ bo’lishi zarur. Batafqil ma’lumot bu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Bertelsmann Technology Scholarship Program dasturida qatnashish uchun onlayn arizalar 2019-yilning 6- noyabrigacha topshirilishi zarur.

Natijalar 2019-yil 15-noyabrda e’lon qilinadi.

Kurslar 2019-yil 20-noyabrdan boshlanadi.

Grant haqidagi qo’shimcha ma’lumotlarni tashkilotchining rasmiy sayti yoki savol – javoblardan olishingiz mumkin. Bog’lanish uchun:

university@bertelsmann.com va scholarships-support@udacity.com.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!