Gollandiyada joylashgan Utrecht universiteti har yili UES/ Law, Economics and Governances International Talent Scholarship (UES-LEGITS) grant dasturini taklif etadi. Ushbu grantlar Utrecht universitetidagi Graduate School of Law, Economics and Governance fakultetidagi ingliz tlida oʻqitiladigan magistratura kurslarida o’qish uchun beriladi. Dasturning asosiy maqsadi eng iqtidorli va umidli xalqaro talabalarni rag’batlantirishdir. Grant dasturi doirasida har yili taxminan 6 nafar talabaga moliyaviy yordam ajratiladi.
Grantni qoʻlga kiritganlar 2022-yil 1-sentabrdan oʻqishni boshlaydi. Fakultetning ingliz tilida oʻqitladigan magistrlik kurslari bilan BU YERDA tanishing.
Grant kimlar uchun?
Magistratura kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Yevropa Ittifoqi va Yevropa iqtisodiy hududidan tashqaridagi davlatlar, jumlada, Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan talaba ushbu grantni yutib olsa, quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi:
- Kontrakt pulidan toʻliq ozod etiladi.
- 11 000 yevro yillik stipendiya beriladi.
Fakultetda 1 yillik va 2 yillik magistrlik dasturlari mavjud. 2 yillik magistrlik dasturiga kirgan va ushbu grantni yutib olgan talaba gantni 2-yili ham olishi uchun 1-yilda akademik oʻzlashtirishi talab darajasida boʻlishi lozim.
Talablar:
Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:
- Nomzod oʻrta taʼlimni Gollandiyada olmagan boʻlishi kerak. Yaʼni maktab, kollej yoki litseyni Gollandiyadan tashqarida bitirgan boʻlishi kerak.
- Law, Economics and Governance fakultetidagi ingliz tilida oʻqitiladigan va 2022-yil 1-sentabrdan oʻqish boshlanadigan magistrlik dasturlaridan biriga hujjat topshirishi va qabul qilinishi kerak.
- Gollandiya vizasini olish talablariga mos boʻlishi kerak.
Nomzodlar grantga quyidagi mezonlar asosida saralab olinadi:
- hozirgacha olingan taʼlimda erishilgan natijalar va taʼlim sifati, masalan, bularni baholar, xalqaro imtihonlar natijalari, nashrlar, tavsiyanomalar kabi hujjatlar bilan isbotlash mumkin;
- nomzodning tanlagan sohasidagi karyera maqsadlari va istiqboli;
- ijtimoiy faollik (oʻqishdan tashqari mashgʻulotlar);
- magistrlik dasturiga topshirilgan motivatsiya xatining sifati va dolzarbligi;
- arizaning sifati (toʻliqligi, aniqligi va uygʻunligi).
Shuningdek, har ir magistrlik kursining alohida qabul talablari mavjud. Ular bilan kerakli magistrlik kursini tanlash orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantni yutib olish uchun nomzodlar tegishli magistratura kurslaridan biriga VA grantga 2021-yil 31-yanvarga qadar hujjat topshirishi lozim. Magistrlik kurslariga hozirdan (2021-yil 13-oktabr) ariza topshirish mumkin, biroq grantga ariza topshirish 2021-yil 1-noyabrdan boshlanadi.
Magistratura kurslariga Studielink portali orqali, grantga esa Osiris portali orqali ariza topshiriladi.
Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar roʻyxati bilan quyidagi havolalar orqali batafsil tanishing:
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.
Savollar yuzasidan scholarships.rebo@uu.nl elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.