European Ukrainian Youth Policy Center (bundan keyin “Markaz”) ning Kiyevdagi offisida stajirovka o’tash uchun ko’ngillilardan arizalar qabul qilinmoqda. Stajirovka avgustdan oktabrgacha ikki oy davomida Kiyev shahrida bo’ladi. Stajyorning asosiy vazifasi Markazga tashrif buyurgan Germaniyalik hamkorlar bilan muloqotda bo’lish, ya’ni rus/ukrain va nemis tillarida tarjimonlik qilish. Loyiha bolalardagi psixologik zarbalardan qolgan asoratlarni turli ko’ngilochar usullar bilan davolashni o’z ichiga oladi, bu stajyorga qiziqarli va foydali loyihada qatnashish imkonini beradi.
Grant kimlar uchun?
OTMning so’nggi bosqich talabalari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dastur ishtirokchilari Markazda qiziqarli ish bilan shug’ullanib, buning uchun ish haqi olish imkoniyatiga ega bo’lishadi. Agar zarur bo’lsa, ularga turar joy ham tashkil qilib beriladi.
Talablar:
Agar siz quyidagi talablarga mos bo’lsangiz, dastur uchun ariza topshirishingiz mumkin:
- Nomzod OTM ning so’nggi kurs talabasi bo’lishi zarur. Jamoatchilik bilan aloqalar, Xalqaro aloqalar, filologiya va sotsiologiya yo’nalishlarida o’qiydigan talabalarga ustunlik beriladi;
- Nomzod nemis tilini a’lo darajada bilishi kerak, ingliz tilini bilish majburiy emas, lekin yaxshi hisoblanadi;
- Nomzod kompyuter savodxonligiga ega bo’lishi kerak, chunki u ijtimoiy tarmoqlarda faol ish yuritishi kerak bo’ladi;
- Nomzodning nutqi umuman kuchli bo’lishi kerak. Ham yozma, ham og’zaki usulda ma’lumotni turli tinglovchilarning darajasiga mos holda yetkazib berishni eplay olishi zarur;
- Nomzodda tashkilotchilik qobiliyati bo’lishi zarur. U ham jamoa a’zosi sifatida, ham mustaqil ravishda ishlay bilishi, topshiriqlarni belgilangan muddatgacha tamomlashga jiddiy qarashi, har xil millat vakillaridan tashkil topgan ish muhitida yaxshi harakat qila olishi kerak;
- Nomzod bolalar bilan ishlashga tayyor bo’lishi zarur;
- Nomzod umuman olganda moslashuvchan, kirishimli va kreativ bo’lishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Dastur uchun hujjat topshirmoqchi bo’lsangiz, siz haqingizdagi barcha ma’lumotlar jamlangann nemis tilida yozilgan CV (ko’pi bilan 2 sahifa) va motivatsion xatingizni elektron pochta orqali office@euypc.org.ua manzilga 31-iyul, 2018-yildan kechikmasdan jo’nating. Xatning sarlavhalar satriga “INTERN (German)” deb yozing.
Eslatmalar
- Ma’lumot uchun: office@euypc.org.ua
- Yevropa-Ukraina Yoshlar Siyosati Markazi haqida ma’lumto olmoqchi bo’lsangiz, bu yerga bosing.