×

Ukraina: Kiyevda volontyorlik dasturi


Grant

MUHLAT

15.07.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Ukraina

O'QILGAN

3436 marta

Ukrainada tashkillashtiriladigan GoCamp bolalar oromgohida volontyorlik qilish uchun arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu oromgohda bolalar chet tillarini o’rganadilar va yozgi o’rganish jarayonini maroqli o’tkazadilar. Volontyorlar esa oromgoh mashg’ulotlari davomida bolalar bilan chet tillarida so’zlashishlari va mashg’ulotlarni olib borishlari kerak bo’ladi.

Volontyorlar ingliz, fransuz yoki nemis tillaridan birida so’zlashishlari kerak bo’ladi. Hozirda nomzodlar quyidagi volontyorlik dasturiga ariz topshirishi mumkin:

GoCamp August 2018. Avgust oyi uchun hujjat topshirish muhlati 2018-yil 15-iyul. Guruhlar:

1-guruh: 2018-yil 2-17-avgust kunlari volontyorlik qilinadi (2-5-avgust kunlari volontyorlarga treyning o’tkaziladi).

2-guruh: 2018-yil 9-23-avgust kunlari volontyorlik qilinadi (9-12-avgust kunlari volontyorlarga treyning o’tkaziladi).

Grant kimlar uchun?

18 yoshga to'lgan barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

GoCamp til oromgohiga volontyor sifatida qabul qiliinganlarga quyidagi imkoniyatlar taqdm etiladi:

  1. Kiyev aeoportidan oromgohga borish va oromgoh bilan tanishish mashg’ulotlari.
  2. Elektron pochta orqali ma’lumot almashinuvi.
  3. Viza olishda yordam.
  4. Turar joy.
  5. Qisman oziq-ovqatlar.
  6. Mahalliy qo’ng’iroqlar uchun sim-karta.
  7. Uzluksiz qo’llab-quvvatlash tizimi.
  8. Sertifikat va tavsiyanomalar.

Talablar:

Agar quyidagi talablarga mos bo’lsangiz, dastur uchun ariza topshirishingiz mumkin:

  1. Yoshingiz 18 dan katta;
  2. Bolalar bilan ishlashni yoqtiradigan;
  3. Ukrainiyalik yoshlar bilan bilimingizni bo’lishishga tayyor bo’lsangiz;
  4. Aytib o’tilgan uch tildan birida erkin so’zlasha olsangiz;
  5. Jamiyatga foydali bo’lgan loyihalarni ishlab chiqishga qiziqsangiz yoki bu borada tajribangiz bor bo’lsa.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshrirish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

  1. Onlayn ariza to’ldirish;
  2. Oromgoh ish boshqaruvchisi bilan Skype orqali suhbat;
  3. Ko’rsatilgan hujjatlarni taqdim etish (hujjatlar ro’yxati suhbatdan keyin nomzodga jo’natiladi);
  4. Shartnomani onlayn imzolash;
  5. 75 AQSh dollari miqdoridagi majburiy to’lovni amalga oshirish;
  6. Mahalliy o’qituvchi va oilalar bilan tanishuv;
  7. Ukrainaga jo’nab ketishdan oldingi muhim ma’lumtolarni qabul qilib olish;
  8. Oromrohning boshlanishi

Kerakli hujjatlar:

Quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:

  1. Passport nusxasi;
  2. Sog’lomlik haqida hujjat;
  3. Jinoiy javobgarlikka tortilganlik yoki yo’qligi haqida hujjat;
  4. Xalqaro tibbiy sug’urta;
  5. Kiyev uchun aviabiletlar nusxasi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!