×

UNESCO Prize for Girls’ and Women’s Education 2021: Xotin-qizlar ta’limi fidoyilari uchun tanlov; mukofot – 50000 AQSH dollari!


Grant

MUHLAT

26.05.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

3621 marta

UNESCO tashkiloti 11-oktabr – Xalqaro Xotin-qizlar kuni munosabati bilan UNESCO Prize for Girls’ and Women’s Education – 2021 mukofotiga arizalar qabulini e’lon qildi. Ushbu mukofot xotin-qilzlarga ta’lim berish sohasidagi UNESCOga a’zo boʻlgan davlatlarning davlat va nodavlat ta’lim muassasalari vakillari bo’lgan hamda ushbu sohaga novatorlik gʻoyalari bilan salmoqli hissa qoʻshgan 2 nafar talabgorga beriladi.

Tanlovda qizlar va ayollar ta’limini rivojlantirishga, ta’lim sohasida va gender tengligini rivojlantirishga e’tibor qaratgan hamda mukofotning quyidagi beshta ustuvor yoʻnalishlaridan biriga yoki bir nechtasiga hissa qoʻshgan nomzodlar ishtirok etishlari mumkin:

  1. Participation: qizlarni boshlangʻich ta’limdan oʻrta oʻrta ta’limga oʻtishga va toʻliq asosiy ta’limni olishga koʻmaklashish;
  2. Literacy: oʻspirin qizlar va yosh ayollarning savodxonlik koʻnikmalarini egallashlarini qoʻllab-quvvatlash;
  3. Environment: gender va talablarga javob beradigan va xavfsiz oʻqitish muhitini yaratishni qoʻllab-quvvatlash;
  4. Teachers: oʻqituvchilarni genderga mos keladigan ta’lim munosabatlari va amaliyotiga ega boʻlgan oʻzgarish agenti sifatida jalb qilish;
  5. Skills: qizlar va ayollarni hayot va mehnat uchun bilim / koʻnikmalarni egallashga koʻmaklashish.

Dastur haqida batafsil ma’lmot: shu yerda.

Grant kimlar uchun?

Xotin-qizlar ta’limi sohasiga hissa qoʻshgan nomzodlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu nominatsiya boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritgan nomzodlarga 50 000 AQSH dollari miqdorda pul mukofoti beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod UNESCO ga a’zo boʻlgan davlatlarning davlat va nodavlat ta’lim muassasalari vakili boʻlishi kerak (Oʻzbekiston UNESCOga aʼzo).
  • Nomzod xotin-qizlarga ta’lim berish sohasiga yuksak hissa qoʻshgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod Tanlov hay’ati tomonidan belgilangan talab va mezonlarga toʻla mos boʻlishi kerak.
  • Nomzod Tanlov nominatsiyasida belgilangan sohada kamida ikki yil faoliyat yuritib, oʻzining novatorlik gʻoyalarini tadbiq etgan boʻlishi lozim.
  • Xalqaro Haqamlar Hay’ati nomzod taqdim etgan loyiha/dasturni Tanlovning 5 ta ustuvor yoʻnalishlarining bir yoki undan ortiq yoʻnalishlariga mosligi boʻyicha baholaydi.

Batafsil talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga ariza berish uchun onlayn ariza toʻldirilib, kerakli hujjatlar yuklanishi va 2021-yil 26-maygacha topshirilishi kerak.

  1. Toʻldirilgan ariza. Nomzodlarning arizalari UNESCOga a’zo davlatning doimiy vakolatxonasi yoki UNESCO bilan rasmiy sheriklikda NNT tomonidan onlayn ravishda ingliz yoki fransuz tillarida toʻldirilishi kerak. Ariza toʻldirish boʻyicha namuna va yoʻriqnoma: shu yerda.
  2. UNESCO bilan rasmiy hamkorlikdagi nodavlat tashkilotlar platformaga kirishni shu yer orqali kirishlari mumkin.
  3. Agar Milliy komissiya yoki UNESCOdagi doimiy delegatsiya nomzodning onlayn arizasini toʻgʻridan-toʻgʻri toʻldirishini xohlasa, UNESCO har bir nomzod uchun qayd yozuvini yaratishi mumkin. Buning uchun Milliy komissiya tomonidan GWEPrize@unesco.org elektron manziliga 2021-yil 20-maygacha soʻrov yuborilishi kerak. Onlayn ariza toʻldirgandan soʻng, tegishli Milliy komissiya va doimiy delegatsiya elektron pochta xabarnomasini qabul qilib oladi va doimiy delegatsiya uni UNESCOga taqdim etishidan oldin koʻrib chiqishi mumkin boʻladi.
  4. Nomzodning loyihasi/dasturini shaklda berilgan koʻrsatmalarga rioya qilgan holda va koʻrsatilgan soʻz hajmi limitiga rioya qilgan holda aniq va tizimli ravishda toʻldirishga e’tibor qaratish lozim. Barcha kerakli materiallar (masalan, harakatlar rejalari, nashrlar, videolar) onlayn tizim orqali elektron shaklda joʻnatilishi kerak.
  5. Hujjatlarni topshirish Parij vaqti bilan UTC + 1 2021 yil 26 may yarim tungacha topshirib boʻlinishi kerak.
  6. Har bir doimiy delegatsiya yoki nodavlat tashkilot uchtadan koʻp nomzodni taqdim etishi mumkin emas. 3 tadan ortiq nomzodlar hisobga olinmaydi.

Saralash jarayoni haqida batafsil ma’lumot: shu yerda.

Grant haqidagi toʻliq ma’lumotni oliygohning rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Bogʻlanish uchun:

Tel: +33 (0) 1 45 68 11 34 / 10 08

Email: GWEPrize@unesco.org.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!