“Universe” volontyorlar maktabi oʻzining 1-mavsumiga arizalar qabulini boshladi. Ushbu loyiha orqali shaxsiy rivojlanish istagida bo’lgan yoshlarga 2 oylik o‘quv kurslari va amaliyot dasturlari tashkil etiladi.
Ishtirokchilar 2 oylik oʻquv kurslari va amaliyot dasturlari orqali yangi bilimlar va doʻstlarga, yuqori atmosferaga, professional mutaxassislar bilan bir jamoada ishlash imkoniyatiga ega boʻladi.
Ushbu dasturga maksimal 50 nafar ishtirokchi qabul qilinadi.
Mazkur dastur “Universe” erkin volontyorlik harakati Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va O’zbekiston Volontyorlar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkillashtirilmoqda.
Grant kimlar uchun?
Volontyorlik sohasiga qiziquvchi, shaxsiy rivojlanish istagida bo'lgan barcha yoshlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Ushbu maktab va unda ishtirok etishning manfaatli jihatlari quyidagilardan iborat:
- ishtirok etish mutlaqo bepul;
- professional mutaxassislardan yangi koʻnikmalarga ega boʻlish;
- amaliyot asosida tajriba orttirish;
- jamoaviy raqobat qilish;
- tanqidiy va tahliliy fikrlashni shakllantirish;
- nutq qobiliyatini rivojlantirish;
- loyiha soʻngida maxsus sertifikatlar, nominatsiyalar va esdalik sovgʻalariga ega boʻlish.
Talablar:
Mazkur maktabga volontyorlik sohasiga qiziquvchi, shaxsiy rivojlanish istagida boʻlgan barcha yoshlar ariza topshirishi mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
“Universe” volontyorlar maktabi ishtirokchisi boʻlishni istagan yoshlar 4 bosqichdan iborat boʻlgan saralash jarayonlarida ishtirok etishlari lozim. Barcha saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan yoshlar (emaksimal 50 nafar) maktabning rasmiy ishtirokchilariga aylanadi.
1-bosqich — ariza shaklini toʻldirish. Mazkur bosqichda ishtirokchilar Google shakl orqali roʻyxatdan oʻtib, maʼlumotlarini kiritib, berilgan savollarga oʻz dunyoqarashi va fikrlashidan kelib chiqqan holda javob berishi lozim. Bu bosqich 2024-yil 5-may, 23:59 ga qadar davom etadi.
2-bosqich — Onlayn suhbat. 1-bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan yoshlar onlayn suhbatdan oʻtkaziladi. Suhbat davomida, asosan, yoshlarning fikrlashiga koʻproq eʼtibor qaratiladi.
3-bosqich — Oflayn suhbat. 2-bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan yoshlar oflayn suhbatga taklif etiladilar. Tashkilotchilar va mutaxassislardan iborat jamoa 3-bosqich saralash jarayonlarini tashkil qiladilar. Bunda yoshlarning jamoada qay darajada ishlashi, oʻzini tutishi va liderlik qobiliyatlari sinovdan oʻtkaziladi.
4-bosqich — “Super final” bosqichi. “Super final” bosqichi — eng soʻngi bosqich hisoblanadi. Mazkur bosqichdan oʻtgan eng koʻpi 50 nafar yosh maktabning rasmiy ishtirokchisiga aylanadi. Bu bosqich talablari avvalgi 3 bosqichdan oʻtgan nomzodlarga keyinchalik maʼlum qilinadi.
Savollar yuzasidan @UniverseVolunteers telegram akkauntiga murojaat qilishingiz mumkin.