×

University of Bristol: Angliyada magistratura kursi uchun to’liq grant!


Grant

MUHLAT

29.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2726 marta

Angliyada joylashgan University of Bristol oliygohi tomonidan taqdim etiladigan Think Big Postgraduate Scholarships grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Kuzgi semestrda o’qish bo’yicha grant uchun qabul 2 marotaba o’tkaziladi. Ariza topshirish dedlayni 1-raund bo’yicha 2021 yil, 29-mart, 2-raund bo’yicha 14-iyun etib belgilangan. Hozirda 1-raund bo’yicha ariza topshirish jarayoni davom etmoqda. Ushbu grant universitetda 1 yillik to’liq vaqtli (Full-time) magistratura yo’nalishlaridan birida o’qish istagida bo’lgan arizachilarga taqdim etiladi. Dastur nomzodga kurs uchun belgilangan kontrakt to’lovi miqdoridagi grantni qo’lga kiritish imkoniyatini beradi. Magistratura kursida mavjud yo’nalishlar bilan bu yerda tanishing. 

Ushbu grant uchun ariza topshirganlar avtomatik ravishda universitetda mavjud boshqa xalqaro grant dasturlari uchun ham nomzod sifatida ko’rib chiqiladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Grant sifatida taqdim etiladigan mablag’ miqdori  5000, 10000 va 20000 funt sterlingga teng bo’lib, grantni qo’lga kiritgan nomzodlarga o’z yo’nalishlari uchun belgilangan kontrakt miqdoriga teng summagina taqdim etiladi.
  • Agar grant miqdori  kontrakt summasidan ortiq bo’lsa, faqat kontrakt summasiga teng qismigina  universitet tomonidan to’lab beriladi  va qolgan qismi berilmaydi.

Grantni talabaga taqdim etish shakli to’g’ridan-to’g’ri talabaning kontrakt to’lovini to’liq chegirma qilish bo’lib, naqd pul shaklida berilmaydi.

Talablar:

  • Nomzod ushbu universitetning 2021 yil sentabr oyida boshlanadigan 1 yillik to’liq vaqtli (Full-time) magistratura yo’nalishlaridan biriga hujjat topshirishi kerak.
  • Nomzod o’qish kontrakt to’lovini to’lash maqsadida grantni qo’lga kiritish istagidagi xalqaro talaba sifatida tavsiflanishi kerak.
  • Bristolstipendiyasi bilan bir qatorda ushbu universitet o’qish  kontrakt to’lovining to’liq narxidan ko’proq miqdordagi boshqa grantni qo’lga kiritmagan bo’lishi kerak.
  • Yo’nalishlar bo’yicha til talablari turlicha bo’lganligi sababli, siz tanlagan yo’nalishingiz til talablarini tekshirib olishingiz kerak. Til bo’yicha nomzoddan eng kamida IETS 6.5 (barcha bo’limlar bo’yicha 6 balldan kam bo’lmagan holatda), TOEFL iBT 90 (barcha bo’limlar bo’yicha 20 balldan kam bo’lmagan holatda) sertifikatiga ega bo’lish talab qilinadi.
  • Ba’zi yo’nalishlar nomzoddan bakalavr va magistratura bosqichida belgilangan yo’nalishlarni tamomlashni talab qiladi. Yo’nalishlar bo’yicha nomzodga talablar bilan bu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun arizalar qabuli 2 marotaba o’tkaziladi. 1-raundda ariza topshirib, qabul qilinmagan nomzodlar arizasi 2 raundda ham qayta ko’rib chiqilishi mumkin. Grant uchun qabul qilinmagan yoki arizasi 2-raundda qayta ko’rib chiqiladigan nomzodlar 2021 yil, 26-aprel sanasidan keyin elektron pochta orqali xabardor qilinadi.

Grant uchun ariza 1-raund bo’yicha 2021 yil 29-mart sanasigacha topshirilishi kerak. Lekin grantga ariza topshirishdan avval universitetdagi to’liq vaqtli magistratura kursi yo’nalishlaridan biriga ariza topshirish zarur. Chunki grant uchun onlayn ariza shaklida magistratura kursida o’qish bo’yicha to’ldirilgan ariza raqami va yo’nalish nomi ko’rsatilishi so’raladi.

Nomzod bir vaqtning o’zida magistratura kursidagi bir nechta yo’nalishda o’qish bo’yicha ariza topshirish imkoniyatiga ega. Grant arizasida esa ariza topshirilgan yo’nalishlardan ixtiyoriy birining nomi ko’rsatilib, qolgan yo’nalishlar haqida international-partnerships@bristol.ac.uk elektron manziliga xabar jo’natilishi kerak.

Magistratura kursida o’qish bo’yicha ariza topshirgandan so’ng grant uchun onlayn ariza shakli to’ldiriladi. Grant uchun onlayn arizani bu yerdan boshlang.

 Onlayn ariza to’ldirish davomida hech qanday qo’shimcha hujjatlar topshirilishi talab etilmaydi. Ariza to’ldirish shartlari va arizada nomzoddan so’raladigan savollar bo’yicha yo’riqnoma bilan bu yerda tanishing.

Magistratura kursi bo’yicha ariza topshirish muddati yo’nalishlar bo’yicha turlicha belgilangan. Siz topshirmoqchi bo’lgan yo’nalishingiz qabul muddatini  bu yerdan tekshirib oling. Ariza onlayn tarzda topshirilib, kerakli hujjatlar elektron variantda taqdim etiladi. Ariza topshirish, hujjatlarni elektron holatda taqdim etish shartlari bo’yicha umumiy qo’llanma bilan bu yerda tanishing.

Onlayn arizani boshlash uchun bu yerga bosing.

Ba’zi yo’nalishlar 50 AQSH dollari miqdoridagi ariza topshirish to’lovini to’lashni talab qiladi. Ariza to’lov puli to’lanishi zarur yo’nalishlar bilan  bu yerda tanishing.

Kerakli hujjatlar

Talab etiladigan hujjatlar tarkibi yo’nalishlar bo’yicha farq qilganligi sababli qabul va hujjatlar bo’yicha talabalarni bu yerdan tekshirib oling.

Lekin umumiy tartibda qabul qilinadigan hujjatlar quyidagilardan iborat

  • Bakalavr diplomi va baholari
  • 2 ta tavsiyanoma xati- Tavsiyanoma xatining topshirilish shakli va namunasi bilan bu yerda tanishing
  • Til sertifikati
  • Personal statement ( taxminan 1000 ta so’zdan iborat bo’lishi kerak)
  • Yo’nalishlar bo’yicha qo’shimcha hujjatlar (CV, Portfolio) talab etilishi mumkin.

Ba’zi yo’nalishlarda qabul jarayonida telefon yoki skype dasturi orqali suhbat o’tkazilishi belgilangan. Qabul jarayoni va nomzodlarni saralab olish shartlari yo’nalishlar bo’yicha turlicha belgilangan. Yo’nalishlar bo’yicha qabul shartlari bo’yicha batafsil ma’lumot bilan bu yerda tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!