Angliyaning University of Cambridge – Kembrij universiteti Trinity Hall – Nightingale Research Studentships – 2021/22 dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant 2021-2022-oʻquv yilida Trinity Hall kollejida Arts, Humanities, Social Sciences, Mental Health yoʻnalishlari boʻyicha magistratura va PhD bosqichida (Mpil/MRes/PhD) oʻqish uchun ajratiladi. Ushbu stipendiya magistratura tadqiqochilari uchun bir yil va PhD tadqiqochilari uchun uch yil muddatga beriladi. Dastur doirasida 1-3 nafar tadqiqotchiga grant ajratiladi.
Grant kimlar uchun?
Magisratura va PhD tadqiqotchilari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan nomzodlarga magistratura uchun 1 yil va PhD uchun 3 yil davomida yiliga 10 000 dan 40 000 funt-sterlinggacha bo’lgan miqdorida kontrakt va kundalik xarajatlar uchun mablagʻ ajratadi. Oliygohda oʻqish uchun sarflanadigan xarajatlar bilan shu yerda tanishing.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
- Nomzod bakalavr/magistr diplomiga ega boʻlishi kerak.
- Nomzod Trinity Hall kollejida Arts, Humanities, Social Sciences, Mental Health yoʻnalishlaridan biri boʻyicha magistratura/PhD bosqichiga qabul qilingan boʻlishi/qilinishi zarur.
- Nomzod kunduzgi tartibda (full time) oʻqishi kerak.
- Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
- Nomzod tanlagan sohasida tadqiqot olib borishga tayyor boʻlishi lozim.
- Nomzod ingliz tilini a`lo darajada bilishi kerak. Qabul uchun IELTS kamida 7,5, TOEFL 110, CAE A yoki B (har bir boʻlimdan kamida 193 ball), CPE A yoki B (har bir boʻlimdan kamida 200 ball) boʻlishi talab qilinadi.
Grant talablari haqida: shu yerda ma’lumot berilgan.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjatlar 2021-yil 17-martga qadar qabul qilinadi.
Grant dasturida qatnashish uchun Trinity Hall boʻlimlaridan biriga Arts, Humanities, Social Sciences yoki Mental Health yoʻnalishlari boʻyicha magistratura/PhD kurslarida oʻqish uchun hujjat topshirish yetarli boʻladi.
Hujjatlar quyidagi tartibda topshiriladi:
- Shu yerdan kerakli kursni toping.
- Hujjat topshirish haqida hamma ma’lumot bilan: shu yerda tanishing.
- Overview sahifasida umumiy ma’lumot berilgan, ularni oʻrganib chiqing.
- Study (active tab) boʻlimida oʻqish talablari koʻrsatilgan.
- Requirements boʻlimida esa kirish talablari, ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi berilgan.
- Finance boʻlimida esa toʻlovlar haqida ma’lumotlar mavjud.
- How to Apply boʻlimiga kirib hujjat topshirish bosqichlari bilan tanishib chiqing. Sahifada topshiriladigan hujjatlar roʻyxati ham berilgan.
- Sahifaning yuqori oʻng tarafidagi Apply Now yozuvini bosing va ariza topshiring. Arizaga soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.
- Grant haqida esa barcha ma’lumot bilan: shu yerda 2021-yil 17-martgacha oʻqishga ariza bergan nomzodlar avtomatik tarzda grantga nomzod sifatida saralanadi.
Hujjatlar tarkibi:
- Toʻldirilgan ariza.
- 2 ta tavsiyanoma.
- CV/rezume.
- Ingliz tili sertifikati. Qabul uchun IELTS kamida 7,5, TOEFL 110, CAE A yoki B (har bir boʻlimdan kamida 193 ball), CPE A yoki B (har bir boʻlimdan kamida 200 ball) boʻlishi talab qilinadi.
- Reserch proposal.
Oʻqishga hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar haqida toʻliq maʼlumot: shu yerda.
Bogʻlanish uchun: graduatetutorial@trinhall.cam.ac.uk manziliga murojaat qiling.