Yangi Zelandiyaning Xristchyorch shahriida joylashgan University of Canterbury bakalavriat kurslarida oʻqishni istagan talabalardan UC College of Engineering International Scholarship dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi.
Ushbu stipendiya dasturi Kenterberi universiteti tarkibidagi College of Engineeringda oʻqitiladigan Engineering bakalavr yoʻnalishlarining birinchi kursiga oʻqishga kirgan talabalariga beriladi. Grant bir marta, yaʼni talaba 1-kursga oʻqishga qabul qilinganda ajratiladi.
Grant kimlar uchun?
Bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Universitetda oʻqish narxi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Bu haqida toʻliq maʼlumot tanlagan kursingizning sahifasida berilgan. Taxminiy kontrakt narxlari bilan: shu yerda tanishishingiz mumkin.
Grant yutib olgan nomzodlarga 15 000 NZD (taxminan 10 079 USD) stipendiya beriladi.
Grant kontrakt toʻlovini qisman qoplaydi. Qolgan pulni esa talaba toʻlashi kerak. Shuningdek, grant faqat bir marta – talaba birinchi kursga oʻqishga qabul qilinganda beriladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Nomzod Yangi Zelandiya va Avstraliya fuqarosi boʻlmasligi kerak (oʻzbekistonliklar ariza bera oladi).
- Nomzod Yangi Zelandiya va Avstraliyada doimiy yashamayotgan boʻlishi kerak.
- Yangi Zelandiya va Avstraliya rezidenti vizasi egasi boʻlgan nomzodlar ariza bera olmaydi.
- Universitet tarkibidagi College of Engineeringda oʻqitiladigan Engineering bakalavr yoʻnalishlarining birinchi kursiga oʻqishga kirgan nomzodlar ariza topshirish huquqiga ega.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi lozim.
- Nomzod ariza berayotgan vaqtda Yangi Zelandiya universitetlaridan birining bakalavr bosqichida oʻqiyotgan boʻlmasligi kerak.
Barcha talablar: shu yerda.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant College of Engineeringda oʻqitiladigan Engineering bakalavr kurslarida oʻqish uchun beriladi. Buning uchun avval oʻqishga hujjat topshirsh lozim. Hujjatlarni topshirish uchun dedlayn sanalari qaysi trimestrda oʻqishga ariza berayotganingizga qarab farq qiladi:
- 2019-yil 15-avgust;
- 2019-yil 31-oktyabr;
- 2020-yil 1-mart.
Grantga alohida ariza berasiz.
Universitetga oʻqishga kirish uchun ariza topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:
- Chet elliklar uchun hujjatlar tarkibi qaysi davlat fuqarosi ekanlgigiga qarab farq qiladi. Shu yerda davlatlar roʻyxati berilgan. Ammo bu roʻyxatda Oʻzbekiston koʻrsatilmagan. Shuning uchun bu talablarni liaison@canterbury.ac.nz ga murojaat qilib aniqlash kerak boʻladi.
- Avval shu yerdan kerakli kursni tanlang.
- Shu yerda chet ellik talabalar uchun oʻqishga hujjat topshirish tartibi bosqichma-bosqich berilgan. Jarayon bilan batafsil tanishib chiqing.
- Tanlagan kursingiz sahifasida barcha maʼlumotlar berilgan. Bunda barcha shu kurs boʻyicha dars oʻtiladigan kampuslar, semestrlar soni va hokazo maʼlumotlar chiqadi. Oʻzingizga mos keladigan dasturni va kampusni tanlang. Bu grantga ariza berish uchun College of Engineeringni tanlash lozim.
- Ariza topshirish onlayn tarzda shu yerda amalga oshiriladi. Arizani toʻldiring va soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.
Grantga ariza berish. Grantga arizaning hamma qismlarini toʻldirib, tasdiqlab, joʻnating. Agar stipendiyaga bogʻliq savollar boʻlsa, scholarships@canterbury.ac.nz pochtasiga murojaat qilib, aniqlashtirishingiz mumkin.
Hujjatlar tarkibi (umumiy):
- Toʻldirilgan ariza.
- Attestat/diplom va diplom ilovasi.
- Agar grantga ariza berayotganda ishlayotgan boʻlsangiz, ish joyidan maʼlumotnoma kerak boʻladi.
- Pasport nusxasi.
- IELTS sertifikati. Tanlangan kursga koʻra ingliz tilini bilishga qoʻyilgan talab farq qiladi. Talab qilingan ball kamida IELTS 6,0 dan boshlanadi.
- Chet ellik talabalardan maxsus NCEA sertifikati talab qilinadi. Odatda bu Yangi Zelandiya universitetlariga oʻqisha kirmoqchi boʻlgan talabalar uchun majburiy. Imtihon 3-4 ta fanni oʻz ichiga oladi. Qoidaga koʻra imtihon uchun kredit yigʻish kerak. Yerlik aholi uchun bu kreditni yigʻish maktabning 11-13-sinflarida oʻqish davomida toʻplanadi. Chet elliklar esa imtihonni tegishli tashkilot orqali topshirishlari mumkin.
Hujjatlar tarkibi va dedlayn muddati tanlangan kursga qarab farq qilishi mumkin. Bu haqida kurs sahifasidan batafsil maʼlumot oling. Qoʻshimcha savollar tugʻilganda maqola oxirida berilgan manzilga murojaat qilib aniqlang.
Muhim! Grantga ariza berish koʻrsatilgan dedlayndan 8 hafta avval amalga oshirilishi kerak. Aks holda ariza koʻrib chiqilmaydi.
Nomzodlar hujjat topshirgan ixtisosligi boʻyicha aʼlo baholari, sport, madaniyt kabilardagi liderlik qobiliyati, salohiyati, tirishqoqligi, ijtimoiy faolligi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.
Natijalar dedlayn muddatidan keyin iloji boricha tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.
Bogʻlanish uchun: liaison@canterbury.ac.nz;scholarships@canterbury.ac.nz