Buyuk Britaniyaning University of Exeter universiteti The Institute of Arab & Islamic Studies maktabi o ̒zining Al-Qasimi Masters Excellence Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu grant dasturi oliygohning 2019-yil sentabrda boshlanadigan MA Middle East Studies va MRes Middle East Studies yo`nalishlari bo`yicha magistratura kursiga hujjat topshirgan talabalar uchun mo`ljallangan. Grantlar a’lochi, yuqori potensialli, innovatsion tadqiqot rejasiga ega nomzodlarga ajratiladi.
Grant kimlar uchun?
Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dastur doirasida 2 nafar talabaga grant ajratishi rejalashtirilgan. Oliygohdagi magistratura kursi bir yillik bo`lib, grant dasturi ham bir yilga mo`ljallangan.
Grantni yutib olgan talabalarning kontrakt to`lovi to`liq qoplanadi va yillik 13 590 funt sterling (tahminan 17 644 AQSh dollari) miqdorida stipendiya ajratiladi.
University of Exeter oliygohida tahsil olish va yashash xarajatlari bilan bu yerda tanishing.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos bo`lishi kerak:
- Dastur xalqaro talabalar uchun mo`ljallangan.
- Ariza topshirish muddati tugaguniga qadar nomzod University of Exeter’ning 2019-yil sentabrda boshlanadigan MA Middle East Studies yoki MRes Middle East Studies yo`nalishlari bo`yicha magistratura kursiga hujjat topshirgan bo`lishi kerak.
- Nomzod Social Sciences yoki Humanities yo`nalishida bakalavr darajasiga ega bo`lishi yoki bakalavr kursida o`qishni tamomlayotgan bo`lishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.
MA Middle East Studies kursi uchun nomzodlarga qo`yilgan talablar bu yerda, MRes Middle East Studies kursi uchun nomzodlarga qo`yilgan talablar bu yerda.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant dasturida ishtirok etish uchun nomzod 2019-yil 7-iyunga qadar onlayn arizani to`ldirib, talab qilingan hujjatlar bilan birga grant hay’atiga topshirishi zarur.
Kerakli hujjatlar:
- Onlayn ariza.
- Shaxsiy bayonot (bayonot 750 so’zdan iborat bo`lishi, unda nima uchun nomzod o`zini mazkur grantni olishga loyiq deb hisoblashi yoritilgan bo`lishi kerak).
- Ilmiy ish namunasi (3 000 so`zdan iborat).
- Tavsiyanoma (unda nomzodning akademik yutuqlari ko`rsatilishi kerak).
- CV.
- Avvalgi olingan ilmiy darajalar va baholar haqida ma’lumot.
Universitetga hujjatlar onlayn portal orqali topshiriladi. Oliygohga arizalar 2019-yil 1-avgustga qadar qabul qilinadi. Ammo grant dasturida qatnashish istagidagi nomzodlarga 2019-yil 7-iyundan kechiktirmasdan ariza topshirishlari zarur.
Universitetga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar ro`yxati:
- Onlayn ariza.
- IELTS 5 va undan baland, har bir bo’limdan kamida 6.0 ball.
- Shaxsiy bayonnoma.
- Bakalavr diplomi.
- Baholar/diplom ilovasi.
- Passport nusxasi.
Hujjatlarning barchasi ingliz tilida bo`lishi, ingliz tilida bo`lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak.
Grant haqidagi to`liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan va savol-javoblardan olishingiz mumkin.
Murojaat uchun:
Tel: +44 (0)1392 723192
Fax: +44 (0) 1392 723044
Email: ssis-admissions@exeter.ac.uk yoki info.amory@exeter.ac.uk