×

University of Glasgow: magistratura kurslari uchun 10 000 funt-sterling grant; joy – 70 ta!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

3418 marta

Buyuk Britaniyada  joylashgan University of Glasgow (UofG) oʻzining magistratura bosqichidagi talabalariga University of Glasgow International Leadership Scholarship grant dasturini taklif qilmoda. Ushbu grant dasturi University of Glasgow liygohining tegishli magistratura kurslaridan birida 2021-22 oʻquv yilida oʻqishini boshlaydigan xorijlik talabalar uchun moʻljallangan.

Grant dasturidan maqsad iqtidorli, yuqori potensialli yetakchi yoshlarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash. Dastur doirasida 70 nafar talabaga grant berish rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida grant yutib olgan talabalarga yillik 10.000 funt-sterling (taxminan 13.903 AQSh dollari) miqdoridagi mablagʻ ajratiladi. Mablagʻ talabaning oʻqish toʻlovini qisqartirish uchun sarflanadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod grant ajratilishi nazarda tutilgan davlatlardan birining fuqarosi boʻlishi kerak (Oʻzbekiston roʻyxatda bor).
  2. Ariza topshirish muddati tugagunga qadar nomzod University of Glasgow oliygohining 2021-22-yilda boshlanadigan tegishli magistratura kurslaridan biriga qabul qilingan boʻlishi /qilinishi kerak.
  3. Nomzod yuqori akademik koʻrsatkichlarga (UK first class honours) ega boʻlishi kerak.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak: oʻzingiz tanlagan magistrlik dasturining til talabiga javob berishingiz lozim.
  5. Nomzodlar iqtidori va erishgan akademik yutuqlariga qarab saralanadilar.

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar bilan shu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturida qatnashish uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi. Buning uchun universitetning 2021-22 yilda boshlanadigan tegishli magistratura kurslaridan biriga hujjat topshirish yetarli boʻladi. Oliygohga kirish uchun arizalar yiliga bir necha marta (5 martagacha) qabul qilinadi. Kirish uchun hujjat topshirish muhlati tanlangan yoʻnalishga qarab turlicha. Batafsil

Grant gʻoliblari ariza topshirilganidan soʻng 6 hafta ichida maʻlum qilinadi.

Universitetga kirish uchun talab etiladigan hujjatlarning taxminiy roʻyxati:

  1. Ariza.
  2. Bakalavr diplomi va diplom ilovasi nusxasi (skaner qilingan variantda).
  3. Tavsiyanoma.
  4. Pasport nusxasi.
  5. Shaxsiy bayonot (Personal Statement).
  6. Ingliz tilini oʻzlashtirganlik haqidagi sertifikat (IELTS 6.5, har bir boʻlimdan kamida 6.0 ball).
  7. Tanlangan sohaga koʻra portfolio, disket, chizma/ishlanma kabi qoʻshimcha hujjatlar talab etilishi mumkin. Batafsil maʼlumot: shu yerda.

Taqdim etilayotgan barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi, ingliz tilida boʻlmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi zarur.

Grant haqidagi toʻliq ma’lumotni unversitetning rasmiy saytidan yoki savol-javoblardan bilib­­­­­­­­­­ olishingiz mumkin.

Murojaat uchun:

Tel: +44(0)141 330 2000

Email: student.recruitment@glasgow.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!