×

University of Indianapolis: AQShda bakalavr bosqichi uchun qisman grantlar


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1121 marta

AQSHning Indiana shtatida joylashgan University of Indianapolis oliygohi International Student Grant grant dasturi orqali bakalavr bosqichida o’qishni rejalashtirayotgan talabalarga o’zining grant o’rinlarini taklif etadi. Ushbu grant dasturi University of Indianapolis oliygohida o’qitiladigan bakalavr yo’nalishlari uchun ajratilgan. Grantlar shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, dasturdan asosiy maqsad universitetda o’qish istagidagi, lekin moddiy cheklovlar sababli o’qiy olmasligi mumkin bo’lgan iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalar to’lov kontraktining 30 foizidan ozod etiladi. University of Indianapolis oliygohi bakalavr bosqichi to’lov kontraktlari haqida ma’lumot bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim:

  • Nomzod University of Indianapolis oliygohining bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirishi va qabul qilinishi kerak. Bakalavr kursi qabul talablari bilan bu yerda to’liq ma’lumot olishingiz mumkin.
  • Nomzod o’rta ta’lim bosqichini a’lo baholarga tamomlagan bo’lishi lozim.
  • Ijtimoiy faol, jamoat ishlarida tashabbuskorligini tasdiqlovchi maxsus sertifikatlarga egaligi maqsadga muvofiq.
  • Ingliz tili bilim darajasini ko’rsatuvchi IELTS 5.5 ball, TOEFL IBT 61 ball sertifikatlarini taqdim etishlari lozim. Til talablari haqida to’liq ma’lumotni bu yerda bilib olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

University of Indianapolis oliygohi grant dasturini qo’lga kiritish uchun quyidagi 3 bosqichni ketma- ket amalga oshirishingizni tavsiya qilamiz:

1-bosqich: University of Indianapolis oliygohi qabul talablariga mos ekanligingizni tekshiring.

2-bosqich: Kerakli hujjatlarni jamlang:

  • Akademik resume;
  • Bundan oldingi ta’lim bosqichi baholar ro’yxati;
  • Taqdirlangan sertifikatlar;
  • Ingliz tili bilim darajasini belgilovchi sertifikat (muddati o’tmagan bo’lishi lozim);
  • Pasport nusxasi;
  • 2 ta akademik Tavsiyanoma.

Eslatma: yuqorida so’ralgan hujjatlar ingliz tilida bo’lishi lozim. Aksincha holatlarda notariusdan tasdiqlangan holda ingliz tiliga tarjima qilingan bo’lishi lozim.

 3-bosqich: Onlayn ro’yxatdan o’ting. Yuqorida ko’rsatilgan bakalavr kurslaridan biriga onlayn tarzda ro’yxatdan o’tib, hujjat topshirish kerak. Grant uchun alohida hujjat topshirilmaydi. Ko’rsatilgan bakalavr kurslariga qabul qilinganlarning barchasi avtomatik tarzda mazkur grantga nomzod sifatda ko’rib chiqiladi.

Shundan so’ng to’ldirilgan arizalarni o’rganish jarayonida barcha hujjatlar o’rganilib chiqiladi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun admission@uindy.edu elektron manziliga yoki 317-788-3368 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!