×

University of London: Masofaviy magistratura kursi uchun toʻliq grant


Grant

MUHLAT

24.08.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

5379 marta

Angliyaning London shahrida joylashgan University of London 2020-2021-oʻquv yili uchun Guy S. Goodwin-Gill Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning MA Refugee Protection and Forced Migration Studies magistratura kurslarida masofaviy o‘qishni istagan talabalarga beriadi. Grant salohiyatli va iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan. Grant bir-besh yil muddatga ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talabaga 8 220 funt-sterling pul beriladi. Bu mablagʻ kontrakt pulini toʻliq qoplaydi.

Dastur stipendiya yutib olgan nomzodning o‘quv qurollari, imtihon haqi kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi. Rivojlanayotgan davlatlar fuqarolriga koʻproq imkoniyat beriladi.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
  • Nomzod universitetning MA Refugee Protection and Forced Migration Studies masofaviy magistratura kurslaridan biriga 2020-yil oktabrdan oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod tanlagan sohasi bo‘yicha bakalavr diplomiga ega bo‘lishi kerak.
  • Nomzod majburiy migratatsiya va qochoqlarni himoyalsh sohasida research proposal bera olishi lozim.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Kursga qabul uchun IELTS kamida 7,0 boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni kurs sahifasidan olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning MA Refugee Protection and Forced Migration Studies masofaviy magistratura kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi oʻzi tanlagan kursga ham, grantga ham ariza berishi zarur. Buning uchun avval oʻqishga kirish uchun ariza bilan hujjat topshirish kerak. O‘qishga hujjat topshirish dedlayni 2020-yil 1-oktabrgacha. Grant tashkilotchilari stipendiyaga ariza berish uchun oʻqishga 31-iyulgacha hujjat topshirishni tavsiya qiladilar. Grant dasturi uchun 2020-yil 24-avgustgacha ariza berish mumkin. Grant olishni xohlasangiz, iloji boricha erta hujjat topshiring.

O‘qishga hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

Grantga ariza berish. Grant arizasini toʻldirish va 2020-yil 24-avgustgacha (eng ma’quli – 2020-yil 31-iyulgacha) RLI@sas.ac.uk elektron manziliga joʻnatish kerak.

Kerakli hujjatlar (umumiy):

  • Ariza.
  • Diplom va diplom ilovasi nusxasi.
  • Ingliz tili testi sertifikati (kamida IELTS 7,0 ball).
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy holat haqida hujjat talab qilinishi mumkin.
  • Tavsiyanoma so‘ralishi mumkin.
  • Research proposal.

Nomzodlar grantga akademik yutuqlari, oʻqishga qiziqishi, a’lo baholari, pesearch proposal,  va kelajakdagi rejalari asosida saralanadilar.

Saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar 2020-yil 7-sentabrda elektron pochta orqali ogohlantiriladi.

Maʻlumot uchun: RLI@sas.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!