×

University of Manchester: Matematika boʻyicha PhD bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1410 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan Manchester universitetining Matematika fakulteti matematika sohasida PhD bosqichida (Postgraduate research) oʻqishni xohlovchi mahalliy va xorijiy nomzodlarga Department Scholarship Award grantini taklif etmoqda.

Mazkur grant har yili Matematika sohasida Postgraduate research dasturiga qabul qilingan 6-10 nafar PhD talabaga taqdim etiladi. Grantning davomiyligi 3,5 yil.

Fakultet tomonidan taklif etiladigan Postgraduate research dasturlari bilan BU YERDA tanishing.

Maʼlumot uchun: Manchester universiteti dunyoning eng nufuzli oliygohlaridandir. Jumladan, 2021-yil holatiga koʻra, ushbu univesitet dunyodagi eng kuchli universitetlar roʻyxatida 27-oʻrinni egallab turibdi (QS reytingi boʻyicha).

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni qoʻlga kiritgan xorijlik talabalar, shu jumladan, oʻzbekistonlik talabalar universitetda oʻqish pulidan toʻliq ozod qilinadi. Grantning oʻqish yakunlanguniga qadar davom etishi talabaning qoniqarli akademik muvaffaqiyatiga bogʻliq. Grant sohibi yetarli darajada oʻzlashtira olmasa, grantdan mahrum qilinishi mumkin.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan umumiy talablar quyidagilardan iborat:

  • Istalgan davlat fuqarosi grantga ariza bera oladi.
  • Nomzodlar bakalavriat va magistrlik darajasini matematika sohasida olgan boʻlishi kerak. Va bu bosqichlarda oʻrtacha oʻzlashtirish darajasi First class honours degree (100 ballik tizimda 70% yoki undan yuqori) boʻlishi kerak.
  • Nomzod kamida IELTS 6.5 (yozish boʻlimi 6.0 dan, qolgan boʻlimlar 5.5 dan past boʻlmasligi kerak) yoki shu darajaga teng boshqa xalqaro ingliz tili sertifikatiga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod Matematika fakultetidagi Postgraduate research dasturlaridan biriga qabul qilinishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun alohida ariza qabul qilinmaydi. Matematika fakultetidagi tegishli dasturlarga hujjat topshirganlar arizasida EPSRC DTA Award yoki Department Scholarship Award uchun talabgor sifatida koʻrib chiqilishini xohlashini koʻrsatishi kerak.

Dasturga arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Postgraduate research dasturlariga qabul jarayoni, kerakli hujjatlar haqida BU YERDAN batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.

Savollar yuzasidan quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin:

Department of Mathematics

Tel: +44 (0)161 275 5812

Email: pgr-maths@manchester.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!