×

University of Manitoba: bakalavr kursi uchun mukofat jamg’armasi 183000 AQSH dollar bo’lgan grant dasturi


Grant

MUHLAT

01.10.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Kanada

O'QILGAN

1565 marta

Kanadaning Vinnipeg shahrida  joylashgan University of Manitoba oliygohi International Undergraduate Student Bursary grant dasturi orqali bakalavr bosqichida o’qishni rejalashtirayotgan talabalarga o’zining grant o’rinlarini taklif etadi. Ushbu grant dasturi Manitoba universitetida o’qitiladigan bakalavr yo’nalishlari uchun ajratilgan. Grant dasturidan asosiy maqsad shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalarga bakalavr kursi uchun moliyaviy yordam taqdim etiladi.  Dastur jamg’armasi taxminan 183000 AQSH dollariga (240000 Kanada dollari) teng. Mukofot jamg’armasi g’olib talabalar o’rtasida teng taqsimlanadi.

Manitoba universiteti bakalavr bosqichi to’lov kontraktlari haqida ma’lumot bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim:

  • Nomzod Manitoba oliygohining bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirishi va qabul qilinishi kerak. Bakalavr kursi qabul talablari bilan bu yerda to’liq ma’lumot olishingiz mumkin.
  • Nomzod o’rta ta’lim bosqichini a’lo baholarga tamomlagan bo’lishi lozim. Grant miqdori o’zlashtirilgan ta’lim baholari asosida belgilanadi.
  • Ijtimoiy faol, jamoat ishlarida tashabbuskorligini tasdiqlovchi maxsus sertifikatlarga egaligi maqsadga muvofiq.
  • Ingliz tili bilim darajasini ko’rsatuvchi IELTS 6.5 ball, TOEFL IBT 86 ball (har bir bo’lim 20 balldan kam bo’lmasligi lozim) sertifikatlarini taqdim etishlari lozim. Til talablari haqida to’liq ma’lumotni bu yerda bilib olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun alohida ariza topshirilmaydi, Manitoba universiteti bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirish kifoya. Kursga hujjatlar bu yerda 2020-yil 1-oktyabrgacha qabul qilinadi. Hujjat topshirayotganda quyidagi hujjatlar kerak bo’ladi:

  • Akademik resume
  • Bundan oldingi ta’lim bosqichi baholar ro’yxati
  • Taqdirlangan sertifikatlar
  • Ingliz tili bilim darajasini belgilovchi sertifikat (muddati o’tmagan bo’lishi lozim).
  • Pasport nusxasi
  • 2 ta akademik tavsiyanoma.

Hujjatlar ingliz tilida bo’lishi lozim. Agar hujjat boshqa tilda bo’lsa, notarius orqali tayyorlangan rasmiy tarjimasi topshiriladi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun admissions@umanitoba.ca  elektron manziliga yoki 204-474-8808 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!