AQShning Florida shtatida joylashgan University of South Florida oliygohi USF International Student Scholarship grant dasturi orqali bakalavr bosqichida o’qishni rejalashtirayotgan talabalarga o’zining grant o’rinlarini taklif etadi. Ushbu grant dasturi University of South Florida oliygohida o’qitiladigan bakalavr yo’nalishlari uchun ajratilgan. Grant dasturidan asosiy maqsad shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab quvvatlash.
Grant kimlar uchun?
Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalar kontrakt to’lovi uchun 4000 AQSh dollari (yiliga 1000 AQSh dollari) miqdorida yordam puli bilan ta’minlanadilar. Grantni har yili olish uchun talabaning o’qishi pasayib ketmasligi kerak.
University of South Florida universiteti bakalavr bosqichi to’lov kontraktlari haqida ma’lumot bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.
Talablar:
Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim:
- Nomzod University of South Florida oliygohining bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirishi va qabul qilinishi kerak. Bakalavr kursi qabul talablari bilan bu yerda to’liq ma’lumot olishingiz mumkin.
- Nomzod o’rta ta’lim bosqichini a’lo baholarga tamomlagan bo’lishi lozim. Grant akademik ko’rsatkichlari asosida belgilanadi.
- Ijtimoiy faol, jamoat ishlarida tashabbuskorligini tasdiqlovchi maxsus sertifikatlarga egaligi maqsadga muvofiq.
- Ingliz tili bilim darajasini ko’rsatuvchi IELTS 6.5 ball, TOEFL IBT 79 ball sertifikatlarini taqdim etishlari lozim. Til talablari haqida to’liq ma’lumotni bu yerda bilib olishingiz mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantni yutib olish uchun alohida ariza topshirilmaydi, University of South Florida oliygohi bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirish kifoya. Kursga hujjatlar bu yerda 2021-yil 15-fevraligacha qabul qilinadi. Muddatdan oldin ro’yhatdan o’tish grantni qo’lga kiritish imkoniyatini oshiradi. Hujjat topshirayotganda quyidagi hujjatlar kerak bo’ladi:
- Akademik resume
- Bundan oldingi ta’lim bosqichi baholar ro’yxati
- Taqdirlangan sertifikatlar
- Ingliz tili bilim darajasini belgilovchi sertifikat (muddati o’tmagan bo’lishi lozim).
- ACT va SAT test natijalarini ko’rsatuvchi sertifikat
- Pasport nusxasi
- 2 ta akademik tavsiyanoma.
Hujjatlar ingliz tilida bo’lishi lozim. Agar hujjat boshqa tilda bo’lsa, notarius orqali tayyorlangan rasmiy tarjimasi topshiriladi.
Qo’shimcha ma’lumot uchun catalog@usf.edu elektron manziliga yoki +18139748884 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.