×

University of York: Bakalavriat va magistratura uchun 10 000 funt-sterlinggacha grant!


Grant

MUHLAT

30.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1879 marta

Angliyaning Xeslington shahrida joylashgan University of York 2019-2020-oʻquv yili uchun Academic Excellence scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar sentabr oyidan boshlanadigan bakalavr va magistratura bosqichlarida oʻqishni xohlagan talabalarga moʻljallangan. Grantlar ikki turda boʻlib, quyidagicha:

  1. Global Academic Excellence scholarships. Grant universitetning 1-kursiga oʻqishga kirgan talabalarga bir yil muddatga 5 000 funt-sterling pul ajratadi. Grant Yevropa Ittifoqiga kirmaydigan davlatlar vakillariga (oʻzbekistonliklar ariza bera oladi) tegishli.
  2. Country or region-specific Academic Excellence scholarships. Ayrim davlatlar fuqarolari boʻlgan bilimli va aʼlochi talabalarga 10 000 funt-sterlinggacha mablagʻ beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba uchun University of York kurslarida oʻqish toʻlovi yiliga taxminan 17,120- 21,330 funt-sterlingni tashkil etadi.

Grantlardan birini yutib olgan nomzodga 5 000 dan 10 000 funt-sterlinggacha pul beriladi. Grant oʻqish pulini qisman qoplaydi, kontraktning qolgan qismini talaba oʻzi toʻlashi kerak. Shuningdek, turar joy, oʻquv qurollari, ovqatlanish, tibbiy sugʻurta kabi boshqa xarajatlarni ham talabaning oʻzi toʻlaydi.

Talablar:

Stipendiya dasturlari uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Barcha davlatlar vakillari ariza topshirishi mumkin.
  2. Nomzod 2019-yil 30-aprelgacha universitetga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod chet ellik talabalar toʻlashi kerak boʻlgan toʻlovlarni 30-aprelgacha toʻlab boʻlishi kerak.
  4. Nomzod universitet bakalavr yok magistratura kurslaridan biriga kunduzgi shaklda oʻqishi kerak.
  5. Yuqori akademik bahoga ega boʻlishi lozim.
  6. Ingliz tilini yaxshi bilish zarur.
  7. Grantlarga Hull York Medical School va International Pathway College hamda masofaviy taʼlim kurslari talabalari ariza bera olmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlarga arizalar 2019-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi. Ammo universitetga oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish dedlayni bakalavr bosqichiga 15-maygacha, magistraturaga esa 15-iyungacha. Shuning uchun, hujjatlarni ancha erta tayyorlab, oʻqishga topshirishga toʻgʻri keladi. Demak, Dastlab universitetga oʻqishga kirish uchun onlayn tarzda ariza berish kerak. Keyin esa grantga alohida ariza topshiriladi.

Avval oʻqishga kirish uchun ariza topshiramiz. Masalan, Accounting, Business Finance and Management kursiga kirish uchun hujjatlar quyidagi tartibda topshiriladi:

  1. Avval universitet veb-sahifasidan “International students” boʻlimiga kiramiz.
  2. Sahifaning oʻng tarafidan oʻzimizni qiziqtirgan bosqichni tanlaymiz. Bizning kurs “Undergraduate” boʻlimida. Keyin “Search courses” yozuvini bosamiz.
  3. Ochilgan sahifadan Accounting, Business Finance and Managementni bosamiz. Sahifada kurs haqida toʻliq maʼlumot berilgan. Batafsil oʻqib chiqamiz.
  4. Apply for this courseni bosib roʻyxatdan oʻtamiz va ariza toʻldiramiz.
  5. Soʻralgan hujjatlarni arizaga ilova qilib, joʻnatamiz.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Ariza.
  2. Attestat/bakalavr/magistr diplomi, diplom ilovasi nusxalari. Odatda baholar kamida 100 % dan 75% boʻlishi talab qilinadi. Masalan,Accounting, Business Finance and Management kursiga kirish uchun baholar 100% dan 90% boʻlishi kerak.
  3. Pasport nusxasi.
  4. GCSEs Mathematics grade, GRE, GMAT kabi sertifikatlar soʻralishi mumkin.
  5. Ingliz tili sertifikati. Ingliz tili sertifikati tanlangan kurs va bosqichga qarab farq qiladi. Talab qilinadigan darajani tanlagan kurs sahifasidan aniqlash kerak. Odatda kamida IELTS 6.5 (CAE yoki CPE) talab qilinadi.
  6. Tadqiqot loyihasi/rejasi (magistraturaga oʻqishga hujjat topshirayotgan nomzodlardan soʻraladi).
  7. Agar talab qilinsa esse yozib joʻnatiladi. Bu haqida kurs sahifasi oxirida koʻrsatilgan manzildan aniqlash kerak.

*Barcha hujjatlar ingliz tilida topshiriladi. Rasmiy hujjatlar esa inglizchaga tarjima qilingan holda notarial tasdiqlatib joʻnatiladi. Topshiriladigan hujjatlar tarkibi tanlangan kurs va bosqichga qarab farq qiladi. Shuning uchun avval kurs sehifasida berilgan maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqingGrantga ariza berish. Grantga ariza onlayn tarzda toʻldiriladi. Keyin soʻralgan hujjatlarni yuklab, joʻnatiladi.

Grantga arizada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

  • 250-300 soʻz hajmda nima uchun shu stipendiyaga loyiqlingiz haqida maʼlumot beriladi.
  • Sizni stipendiya olishga loyiq kuchli taraflaringiz.
  • Stipendiya sizning kelajakdagi reja va maqsadlaringizni amalga oshirishda qanday yordam beradi.
  • Kontrakt toʻlovining qolgan qismini qanday qilib toʻlamoqchi ekanlingiz haqida.

Eslatma: Country or region-specific Academic Excellence scholarships granti uchun Country-specific information sahifasida davlatlar roʻyxati berilgan. Ammo bu roʻyxatda Oʻzbekiston koʻrsatilmagan. Shu sababli, oʻzbekistonlik nomzodlar bu grantda ishtirok etish tartibini international@york.ac.uk manziliga murojaat qilib aniqlashtirishlari kerak boʻladi.

Nomzodlarni saralash ularning aʼlo baholari va akademik yutuqlari, tajribasi, ilmiy salohiyati, moliyaviy yordamga muhtojligi, qaysi davlat fuqarosi ekanligiga koʻra amalga oshiriladi.

Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar 2019-yil may oyida eʼlon qilinadi.

Murojaat uchun:

International Recruitment Team

Elektron pochta: international@york.ac.uk

Telefon: +44 (0)1904 323534

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!