2019-yilda faoliyat boshlagan UPG Sustainability Leadership dasturi insonlar va tashkilotlarni barqaror rivojlanish sohasida ijobiy yetakchilikka chaqiruvchi harakatdir. Dastur har yili butun dunyodan va barcha sohalardan boʻlgan yoshlarga ijobiy fuqarolik yetkachiligi boʻyicha taʼlim beradi.
Har yili mazkur dasturga odatda jami 500 dan ortiq ishtirokchi qabul qilinadi. Ushbu ishtirokchilarga barqaror rivojlanish sohasida yetakchilik boʻyicha 2 oylik onlayn kurs orqali taʼlim beriladi va kursni yakunlaganlarga UPG tomonidan sertifikat taqdim etiladi. Onlayn kurslar 2025-yil 18-martdan 17-maygacha boʻlib oʻtadi va ularda ishtirok etish bepul.
Shuningdek, onlayn kursdan keyin taxminan 60 nafar eng munosib ishtirokchi AQSHdagi Hurricane Island Center for Science and Leadership markazida 1 haftalik qoʻshimcha bepul kursda qatnashish imkoniyatiga ega boʻladi. Mazkur 1 haftalik kursga qatnashish bilan bogʻliq xarajatlar toʻliq moliyalashtiriladi.
Dastur orqali sertifikatni qoʻlga kiritgan yetakchilar quyidagi vazifalarni bajarish masʼuliyatini oladi:
- Barqaror rivojlanish maqsadlaridan kamida bittasini (buni ishtirokchining oʻzi tanlaydi) qoʻllab-quvvatlovchi shaxsiy loyihaga boshchilik qilish;
- Oʻzlarining mahalliy hamjamiyatlarida treninglar uyushtirish.
Mazkur dasturda 18 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan barcha davlat fuqarolari qatnashishi mumkin.
Grant kimlar uchun?
18-35 yoshli barcha uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dasturning imkoniyatlari:
- 500 dan ortiq ishtirokchi barqaror rivojlanish sohasida yetakchilik boʻyicha bepul 2 oylik onlayn kursda ishtirok etadi.
- Ulardan taxminan 60 nafar eng munosiblari AQSHdagi Hurricane Island Center for Science and Leadership markazida 1 haftalik qoʻshimcha bepul kursda qatnashish imkoniyatiga ega boʻladi. Bunda 60 nafar ishtirokchi uchun quyidagilar bilan taʼminlanadi:
– 1 haftalik oʻquv kursi bepul boʻladi.
– Bepul oʻquv materiallari bilan taʼminlandi.
– Bepul turar joy taʼminlanadi.
– Qoʻshimcha xarajatlar uchun yordam mablagʻi beriladi.
– Mahalliy (AQShdagi) transport xarajatlari qoplanadi.
– AQSHga borish va kelish xarajatlari qoplanadi. Biroq ishtirokchilar viza olish xarajatlarini oʻzlari qoplashi kerak. - Dasturni yakunlagan barcha 500 dan ortiq ishtirokchilar maxsus sertifikat bilan taqdirlanadi.
Talablar:
Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:
- Dunyoning istalgan davlati fuqarolari ushbu dasturga ariza topshirishi mumkin.
- Nomzodlar 2025-yil 1-mart va 31-iyul oraligʻida kamida 18 yosh va koʻpi bilan 35 yosh boʻlishi kerak.
- Nogironligi boʻlgan shaxslar ham ariza topshira oladi, ularning arizalari ham barcha arizachilarning arizalari bilan teng ravishda koʻrib chiqiladi.
- Olingan taʼlim darajasidan qatʼi nazar, boshqa talablarga mos har qanday nomzod ariza topshirishi mumkin.
- Nomzod ingliz tilini yetarli darajada bilishi lozim. Kurslar ingliz tilida olib boriladi.
Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralab olinadi:
- Nomzodning profili – nomzodning oʻqish yoki ish sohasi (turli soha vakillari tanlanadi), faolligi, ish tajribasi (agar boʻlsa) va boshqa shaxsiy maʼlumotlar / koʻrsatkichlari.
- Nomzodning motivatsiyasi. Bunda nomzodning iqtidori, barqaror rivojlanish boʻyicha UPG yetakchisi boʻlish uchun kuchli motivatsiyaga egaligi va shu sohada ijobiy taʼsir koʻrsata oladigan dastlabki gʻoyalar (fikrlar)ga egaligi baholanadi.
- Nomzodning iqtidori.
- Barqaror rivojlanish sohasidagi yetakchilik boʻyicha ijobiy taʼsir koʻrsata olish potensiali.
Dasturga qabul jarayoni:
Dasturga arizalar onlayn shaklda qabul qilinadi. Arizalar 2024-yil 1-sentabrdan 31-dekabrgacha topshirish lozim. Ariza topshirishni oxirgi kunlarga taqamaslik tavsiya etiladi.
Ariza topshirishning ham 2 xil turi mavjud:
- Nomzodning oʻzi mustaqil ravishda ariza topshirishi mumkin. Bu uchun nomzod BU YERDA onlayn arizani toʻldiradi va kerakli hujjatlarni yuklaydi. MUHIM: Bu ariza shakli 2024-yil 1-sentabrda yangilanadi va sanadan keyin ariza topshirish mumkin boʻladi.
- Tashkilotlar oʻz vakillari nomzodini tavsiya etishi mumkin. Tashkilot nomidan nomzod tavsiya etish uchun BU YERGA tashrif buyuring.
Nomzodlar onlayn arizani toʻldirishda berilgan savollarga javob beradi, soʻralgan hujjatlarni yuklaydi. Shuningdek, arizani toʻldirishda nomzodlarga 2 daqiqadan oshmaydigan video yuklash ham soʻralari, video yuklash majburiy emas, lekin yuklash tavsiya etiladi. Bu nomzod haqida yaxshiroq bilib olish imkonini beradi.
UPGga Champion aʼzo sifatida qoʻshilish dasturga qabul qilinishda ijobiy taʼsir qiladi. Champion aʼzolik haqida BU YERDA batafsil oʻqing.
Qabul natijalari 2025-yil 14-fevralda eʼlon qilinadi.
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dasturning rasmiy saytidagi maʼlumotlar va savol-javoblar (FAQ) bilan batafsil tanishib chiqing.
Savollar yuzasidan BU YERDA murojaat qilishingiz mumkin.