AQShning Kaliforniya shtatida joylashgan Breakthrough muassasasi the Breakthrough Generation Fellowship 2019 amaliyot dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dasturga qabul qilinganlar muassasada 2019-yil iyun oyi o’rtalaridan avgust oyi o’rtalarigacha (10 hafta) davomida tadqiqot olib borishadi, turli yozma materiallar tayyorlaydi yoki siyosat sohasida analitik sifatida amaliyot o’taydi. Nomzodlar quyidagi sohalardan birini tanlashi mumkin:
Ushbu dasturga 5 nafardan 10 nafargacha ishtirokchi qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Grant kimlar uchun?
Bakalavriatning oxirgi bosqichida yoki magistratura/doktoranturada o'qiyotganlar, shuningdek bakalavriatni bitirgan nomzodlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Nomzodlar Breakthrough muassasasida haq to’lanadigan amaliyot o’tashadi va haftasiga 40 soat ishlashadi. Bu uchun nomzodlarga haftasiga 600 AQSh dollaridan haq to’lanadi. Dastur oxirida nomzodlarga muassasa bilan ishlash yuzasidan mehnat shartnomasi imzolash taklif qilinishi va ish bilan ta’minlanishi mumkin.
Eslatma: Dastur AQShga borish va qaytish xarajatlarini qoplashni nazarda tutmaydi va tekin turar joy bilan ta’minlamaydi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi lozim:
- Dunyoning istalgan mamlakati fuqarosi ushbu dasturga topshirishi mumkin.
- Nomzod hujjat topshirayotganda bakalavriatning oxirgi bosqichida yoki magistratura yoxud doktoranturada o’qiyotgan bo’lishi, yoki bakalavriatni tugatgan bo’lishi kerak.
- Nomzod ingliz tilida qiyinchilik muloqot qila olishi va yoza olishi lozim.
Dasturga qabul jarayoni:
Dasturga ariza va boshqa hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi. Nomzodlar eng kechi bilan 2019-yilning 12-fevraligacha onlayn arizani to’ldirishi va quyidagi hujjatlarni unga ilova qilgan holda topshirishi lozim:
- Cover Letter (onlayn ariza ichida bor va Cover Letter ham onlayn tarzda yoziladi). Ushbu bo’limda nomzod o’zi amaliyot o’tamoqchi bo’lgan uchta tadqiqot sohasini ko’rsatishi lozim(Energy, Conservation, or Food & Farming). Yuqori baholanadigan Cover Letter Breakthrough muassasasining faoliyatini va g’oyalarini yaxshi tushunilganligini ko’rsatib turadi. Shuningdek, nomzod Cover Letter’da Breakthrough nashrlaridan yoxud ekomodernistik manifestlaridan kamida bittasini qisqacha muhokama qilsa, bu ham Cover Letter’ni yuqori baholanishiga sabab bo’ladi. Cover Letter bir betdan oshib ketmasligi kerak.
- CV. Ushbu hujjat 2 betdan oshib ketmasligi kerak.
- Tavsifnomalar. Onlayn ariza to’ldirilayotganda kamida 3 nafar nomzodga tavsif (xarakteristika) bera oladigan kishining kontaktlari (ismi, familiyasi, elektron manzili va hk) kiritilishi kerak.
- 3 ta insho. Insholardga qo’yilgan talablar tushunarli bo’lishi uchun o’zgartirilmasdan ingliz tilida keltirilmoqda:
1) A 500-1000 word argumentative essay or op-ed (does not have to be published) on a subject of your choice that demonstrates an ability to make a focused argument in a clear, convincing, and accessible way. This writing sample is evaluated for evidence of critical thinking and general writing skills. For examples of opinion pieces written by Breakthrough staff, see here, here, and here.
2) A research paper, preferably between 15-20 pages. This does not need to have been published, but should demonstrate an ability to research and analyze a subject in more depth. It is recommended, but not required, that the topic of the research paper be relevant to the program area you are applying to.
3) An additional writing sample of your choosing — this can be an opinion piece, a research paper, a policy memo, or any other piece of writing that complements the first two samples. - Shuningdek, nomzod tavsiyanoma(lar) ham ilova qilishi mumkin, lekin bu majburiy emas. Tavsiyanomalar tavsiya beruvchi shaxs tomonidan shaxsan fellowships@thebreakthrough.org elektron manziliga yuboriladi. Tavsiyanoma yuborilayotgan email mavzusi quyidagicha bo’lishi kerak:
«(Familiya) Generation Application References». Barcha hujjatlar ingliz tilida yozilishi lozim.
Tayyor holda skaner qilib joylanadigan hujjatlar PDF formatida bo’lishi lozim. Noto’liq va kech yetib borgan hujjatlar ko’rib chiqilmaydi.
O’zingizni qiziqtirgan savollar yuzasidan fellowships@thebreakthrough.org elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.
Batafsil SHU YERDA tanishing.