×

AQSh: olimlar uchun barcha xarajatlari qoplanadigan rezidensiya va stipendiya dasturi


Grant

MUHLAT

01.10.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2017 marta

Getty Fondi (Getty Foundation) Los Anjelos va dunyo bo’ylab tasviriy san’atni rivojlantirishni o’z oldiga maqsad qilgan yirik tashkilotlardan biri. Shu fond malakali va o’z faoliyati davomida yutuqlarga erishgan olimlarni rag’batlantirish va ular faoliyatiga yordam berish maqsadida barcha xarajatlari qoplanadigan yirik rezidensiya dasturini tashkil etgan. Bu dasturda olimlar erkin ijod qilishlari va tadqiqot olib borishlari uchun ularning faoliyatiga aralashilmagan holda barcha qulayliklar yaratib berilishiga asosiy e’tibor qaratiladi. Rezidensiyalar Los Anjelosda joylashgan bo’lib, u yerda qatnashchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Dastur davomida olimlar erkin tarzda izlanishlar olib borishadi va ularga hech qanday majburiyatlar yuklanmaydi. Getty Markazi tomonidan tashkillashtiriladigan turli tadbirlarda qatnashish ham ixtiyoriy bo’ladi. Dastur so’nggida qatnashchi o’z faoliyatining qisqa xulosalarini taqdim etsa bas.

2019-2020-yilgi rezidensiya dasturiga quyidagi mavzulardagi tadqiqot takliflari qabul qilinadi:

Art and Ecology (Research Institute)
The Classical World in Context: Thrace (Villa)

Mavzular haqidagi batafsil ma’lumot bu yerda berilgan.

Grant kimlar uchun?

Ijtimoiy va gumanitar fanlar hamda san’at sohalaridagi olimlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan olimlar Getty Fondi Los Anjelosda tashkillashtirgan rezidensiya dasturida qatnashish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Dastur davomida ular o’z loyiha va izlanishlari ustida erkin tartibda ishlashlari mumkin bo’ladi. Muhit esa do’stona va erkin bo’lib, ilmiy qonun-qoidalar va jarayonga aralashuvlar bo’lmaydi. Qisqa qilib aytganda, bu rezindensiya dasturi mobaynida olimlar erkin ijod qilishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratib beriladi. Reidensiya dasturi 3 oydan 9 oygacha davom etishi mumkin.

  1. 3 oylik rezidensiya dasturida sentabr-dekabr, yanvar-mart, aprel-iyun oylarida ishtirok etish mumkin, bunda qatnashchiga 17200 AQSh dollari miqdoridagi moddiy ta’minot ajratiladi.
  2. 6 oylik rezidensiya dasturi sentabr-mart va yanvar-iyun oylarida bo’lib o’tadi va bu vaqt uchun qatnashchiga 42000 AQSh dollari miqdorida moddiy ta’minot ajratiladi.
  3. 9 oylik rezidensiya yanvardan iyungacha davom etadi va 65000 AQSh dollariga teng moddiy ta’minotni o’z ichiga oladi.

Grant tarkibiga Getty Tadqiqot Instituti yoki Getty Villada qatnashchi uchun ajratiladigan maxsus ofis, Getty Scholar turar joy kompleksidan ajratiladigan xona, qatnashchining vatanidan Los Anjelosga kelish va Los Anjelosdan yana orqaga qaytish uchun aviachipta va ixtiyoriy tibbiy ta’minot ham kiradi.

Talablar:

Ushbu grant dasturi uchun ariza berayotgan barcha nomzodlar quyidagi talablarga mos bo’lishlari kerak:

  1. Arizalar san’at, gumanitar va ijtimoiy fanlar sohalarida faoliyat yurituvchi olimlardan qabul qilinadi.
  2. Bu grant dasturi doirasida taqdirlanishi uchun nomzod doktorlik diplomini olganiga hali 5 yildan oshmagan bo’lishi kerak. Diplom olganiga 5 yildan oshgan nomzodlar Postdoctoral Fellowship dasturiga hujjat topshirishlari mumkin.
  3. Agar nomzod oxirgi 3 yil ichida Getty Scholar mukofoti bilan taqdirlangan bo’lsa, uning arizasi ko’rib chiqilmasligi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar onlayn tarzda qabul qilinadi. Ariza topshirish uchun kerakli materiallarni 2018-yil 1-oktabrdan kechiktirmay topshirish kerak. Ariza topshirish uchun quyidagi materiallarni taqdim etish zarur:

  1. Tadqiqot taklifi. Bu taklifda olimning rezidensiya dasturi chog’ida olib bormoqchi bo’lgan izlanish ishlarining rejasi keltirilgan bo’lishi zarur. Bunda nomzod o’z tadqiqotining Getty Scholars dasturining mavzusiga mos ekanligini va Getty kutubxonasi va kolleksiyalari bu tadqiqot uchun qanchalik muhim ekanligini ham ko’rsatib o’tishi kerak. Bu reja 5 sahifadan oshmasligi, undagi ma’lumotlar satrlar oralig’i ikki birlik qilib terilgan bo’lishi zarur.
  2. CV.
  3. Qatnashchining ishlaridan yozma namuna (ixtiyoriy).

Ariza topshirish uchun Google Chrome internet brauzeridan foydalanish tavsiya etiladi. Safari va Firefox brauzerlaridan foydalanish ham mumkin. Ariza tayyorlashni boshlaganingizdan keyin bu arizani bir urinishda to’ldirib, jo’natishingiz shart emas. Arizani saqlab qo’yib, keyin unga qaytish ham mumkin. Buning uchun ariza ochilgan oynada berilgan “Applications: In Progress” havolasidan foydalanish mumkin, agar bunday qilmasangiz bitta ariza o’rniga bir nechta arizani bir vaqtning o’zida ochib yuborishingiz mumkin. Hujjat topshirishdan oldin bu yerdagi ma’lumotlarni ko’rib chiqing.

 Nomzodlar arizaning umumiy sifati, taklif qilinayotgan loyihaning rezidensiya dasturi mavzusiga qanchalik mosligi, nomzodning erishgan yutuqlari va Getty resurslarining (shu jumladan, kutubxona va kolleksiyaning) loyiha uchun muhimlik darajasiga asosan saralanadi. O’tgan yilgi dastur tafsilotlari bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun researchgrants@getty.edu elektron manzili va (310) 440-7374 raqamiga murojaat qilishingiz yoki rasmiy saytdagi ma’lumotlarni ko’rib chiqishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!