×

USI: IT, kompyuter fanlari, dasturlash va informatika sohalari boʻyicha magistraturada oʻqish uchun toʻliq grant; IELTS talabi 5.5!


Grant

MUHLAT

30.04.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

31227 marta

Shveytsariyada joylashgan Lugano universiteti (Università della Svizzera italiana, USI) universitetning Informatika fakultetidagi magistrlik yoʻnalishlarida 2022-yilning kuzgi semestridan oʻqishni boshlashni xohlovchi nomzodlarga 5 ta toʻliq grant taklif etmoqda. Universitetdagi magistratura kurslarida oʻqish 2 yil davom etadi.

Mazkur grantlar Informatika fakultetida mavjud boʻlgan quyidagi magistrlik yoʻnalishlaridan biriga kirgan talabalarga beriladi:

Mazkur magistrlik kurslarining barchasida darslar toʻliq ingliz tilida olib boriladi.

Lugano universteti (USI) dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri hisoblanadi. Jumladan, mazkur universitet, 2022-yil mart oyi holatiga koʻra, QS reytingi boʻyicha dunyodagi eng yaxshi universitetlar roʻyxatida 240-oʻrinni egallab turibdi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni qoʻlga kiritgan talaba 1-yil uchun kontrakt summasini toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi. 2-yil ham kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinishi uchun talaba 2-oʻquv yili boshlanishidan oldin barcha imtihonlardan oʻtishi va baholari 10 lik tizimda kamida oʻrtacha 8,5 ballni tashkil etishi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  2. Nomzod universitetdagi Informatika fakultetining magistratura kurslaridan biriga 2022-yil sentabrda oʻqishni boshlash uchun  qabul qilinishi kerak.
  3. Nomzod 2022-yil 31-iyulgacha bakalavrlik darajasini qoʻlga kiritishi kerak (barcha imtihonlardan oʻtib, diplom ishini himoya qilib boʻlgan boʻlishi lozim).
  4. Nomzodning bakalavr bosqichidagi GPA ko’rsatkichi kamida 85/100 boʻlishi kerak. Bu 100 ballik tizimda oʻrtacha baholar kamida 85% boʻlishi kerakligini anglatadi.
  5. Allaqachon magistrlik darajasi (diplomi)ga ega nomzodlar ham grantga ariza topshirishi mumkin. Lekin grantlarni ajratishda hali magistrlik darajasiga ega boʻlmagan nomzodlarga ustunlik beriladi.

Grantlar talabalarga akademik koʻrsatkichlari (bakalavrlik bosqichidagi oʻzlashtirish koʻrsatkichlari) va moliyaviy jihatdan yordamga muhtojligi asosida taqdim etiladi.

Grantni qoʻlga kiritgan nomzodlar universitetga talaba sifatida qabul qilinishi uchun 1 semestrlik kontrakt summasiga teng miqdordagi mablagʻni qabul xatida koʻrsatilgan sanagacha depozit sifatida toʻlashi kerak boʻladi. Bu summa kuzgi semestr yakunida talabaning oʻziga qaytariladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza onlayn tarzda topshiriladi. Onlayn ariza uchun havola talabaga magistrlik kursiga qabul qilinganlik haqidagi xatda yuboriladi. Grant uchun arizani 2022-yilning 31-iyul kunidan kechiktirmasdan topshirilishi lozim. Grant gʻoliblari 2021-yilning 16-avgustida eʼlon qilinadi.

MUHIM: Grantga ariza topshira olish uchun avvalo tegishli magistratura kurslaridan biriga qabul qilinishingiz kerak. Magistratura kurslariga qabul 2022-yilning 30-apreliga qadar davom etadi. Tegishli kurslardan biriga topshirmoqchi boʻlgan nomzoddan kamida IELTS 5.5 yoki shu darajaga teng boshqa xalqaro til malakasi sertifikati soʻraladi.

Magistraturaga hujjat topshirish uchun 100 CHF (taxminan 109 AQSH dollari) ariza badali toʻlash kerak.

Magistraturaga qabul talablari, topshiriladigan hujjatlar va boshqa maʼlumotlar bilan batafsil tanishish uchun kerakli magistrlik kursini tanlang:

Grant shartlarini BU YERDA toʻliq oʻqib chiqishingiz mumkin.

 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!