UTRIP (University of Tokyo Research Internship Program) dasturi kelgusida magistratura yoki PhD bosqichida oʻqishga qiziquvchi bakalavrlarga moʻljallangan 6 haftalik intensiv yozgi amaliyot dasturidir. Dastur davomida ishtirokchilar GSS (Graduate School of Science) ning fizika, astronomiya, kimyo, yer va sayyorashunoslik hamda biologiya fanlari boʻyicha beshta kafedrasi vakillari hisoblanuvchi taniqli professor-oʻqituvchilardan tadqiqot oʻtkazish bo’yicha intensiv taʼlim va yoʻl-yoʻriq oladi.
Dasturga hozirda Yaponiyadan boshqa mamlakatlardagi akkreditatsiyadan universitetda 2-kurs yoki undan yuqori kursda o‘qiyotgan hamda tabiiy fanlar yoki ularga aloqador sohada tahsil olayotgan bakalavriat talabalari ariza topshirishi mumkin.
2025-yilgi amaliyot mashgʻulotlari 2025-yil 25-iyundan 5-avgustgacha davom etadi.
Dastur tadqiqotga oid oʻquv mashgʻulotlaridan tashqari Tokiodan tashqariga ekskursiya, shuningdek, yapon tili va madaniyati boʻyicha qisqa kursni oʻz ichiga oladi.
Dastur mashgʻulotlari ingliz tilida olib boriladi.
Grant kimlar uchun?
Tabiiy fanlar sohasi yoki shunga aloqador sohalarda oʻqiydigan bakalavrlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dasturga qabul qilinganlar quyidagi moddiy imtiyozlarga ega boʻladi:
- 170 ming iyenagacha (taxminan 1333 AQSH dollari) bir martalik mablagʻ beriladi. Bu mablagʻ Yaponiyaga borish va kelish, shuningdek, amaliyot vaqtidagi kundalik xarajatlar uchun taqdim qilinadi. Ushbu mablagʻ talaba Yaponiyaga yetib borganidan keyin beriladi.
- Amaliyot davomida (43 kecha) bepul turar joy taʼminlanadi.
Talablar:
Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Yaponiyadan boshqa istalgan mamlakatdagi universitetda oʻqiyotgan bakalavriat atalabalari ariza topshirishi mumkin.
- Ariza topshirish vaqtida bakalavriatning 1-kursini yakunlagan boʻlish kerak.
- UTRIP dasturi davomida ishtirokchi oʻz universitetida talabalar safida qolishi dastur yakunlangach oʻz universitetida kamida 1 semestr oʻqishi kutilayotgan boʻlishi kerak.
- Tabiiy fanlar (biologiya, kimyo, fizika, astronomiya va h.k.) yoki ularga aloqador soha boʻyicha oʻqiyotgan boʻlish lozim.
- Nomzod ilmiy sohada uzoq muddatli karyera qilish haqida oʻylayotgan boʻlishi kerak.
- Dastur davomida – 6 hafta barcha mashgʻulotlarga toʻliq qatnashish kerak.
- Ishtirokchilar yaponiyaga borishdan oldin amaliyot davomida amal qiladigan tibbiy sugʻurtani rasmiylashtirishi kerak.
- IELTS, TOEFL yoki shu kabi xalqaro ingliz tili sertifikatini taqdim qilish kerak. Bu sertifikatlar muddati tugagan boʻlsa ham qabul qilinadi, lekin nomzod ingliz tilini bilishini isbotlashi kerak (agar dastur tashkilotchilari talab qilsa)
Dasturga qabul jarayoni:
Arizalar 2025-yil 7-yanvargacha onlayn tarzda qabul qilinadi. Onlayn ariza shaklini BU YERDA toʻldirish mumkin.
Nomzodlar ariza topshirishdan oldin mezbon laboratoriyalar va dastur mavzulari bilan BU YERDA tanishib chiqishi va ulardan 1 yoki 2 tasini tanlab, ariza shaklida koʻrsatishi kerak.
Onlayn arizani toʻldirish davomida quyidagi hujjatlar ham talab qilinadi:
- Shaxsiy bayonot (700-1000 ta soʻz).
- CV/rezyume.
- Universitetdagi baholarning skanerlangan nusxasi.
- IELTS, TOEFL yoki boshqa xalqari ingliz tili sertifikati nusxasi.
- Bir nafar tavsiya beruvchi shaxsning kontakt maʼlumotlari.
- Shuningdek, GPA bahoni ham kiritish kerak.
Yuqoridagi hujjatlar qanday tayyorlanishi kerakligi haqidagi batafsil maʼlumotni BU YERDAN topasiz. Hujjatlar ingliz tilida topshirilishi kerak.
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin rasmiy eʼlon, talablar va savol-javoblar bilan batafsil tanishib chiqing.
Savollar yuzasidan utrip.s@gs.mail.u-tokyo.ac.jp email manziliga murojaat qilishingiz mumkin.