V-Young Professional Fellowship program – Mentor Amiable Professional Society (MAPS) tomonidan 35 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning yetakchilik mahoratini sayqallashga qaratilgan dasturdir. Dasturda yuksak mas’uliyat hissi hamda ulkan tajribaga ega fuqarolarni ko‘paytirish uchun madaniy va etnik xilma-xillikni aks ettirishga alohida e’tibor qaratilgan.
2022-yilgi MAPS V-Young Professional Fellowship dasturi tadbirkorlikka oid yo‘l-yo‘riq va yetakchilik ko‘nikmalarini o‘rgatish bo‘yicha to‘rt kunlik o‘quv seminarlarini o‘z ichiga oladi. Ishtirokchilar nafaqat o‘z sohalari bo‘yicha yetuk mutaxassislar, balki potensial ta’lim bera oladigan nufuzli siyosiy, biznes va gumanitar arboblar bilan tajriba almashish imkoniga ega bo‘ladi.
Dastur seminarlar Tailandning Bangkok shahrida 2022-yilning 27-30-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Dastur mashgʻulotlari ingliz tilida olib boriladi.
Grant kimlar uchun?
16-35 yoshli talabalar va yosh mutaxassislar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Ushbu dastur doirasida 100 nafar ishtirokchi qabul qilinib, bulardan 10 nafar ishtirokchi to‘liq, 25 nafar ishtirokchi qisman moliyalashtiriladi. 65 nafar ishtirokchi o‘z-o‘zini moliyalashtirish asosida qabul qilinadi.
To‘liq va qisman moliyalashtirish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
To‘liq moliyalashtirish:
- Aviachipta va turar joy bilan ta’minlanadi.
- Ovqatlanish (nonushta va tushlik) taʼminalandi.
- Sertifikat va konferensiya to‘plami taqdim etiladi.
- Madaniy kecha va bayram dasturida ishtirok etish imkoniyati beriladi.
Qisman moliyalashtirish:
- Turar joy bilan ta’minlanadi.
- Ovqatlanish (nonushta va tushlik) taʼminlanadi.
- Sertifikat va konferensiya to‘plami taqdim etiladi;
- Madaniy kecha va bayram dasturida ishtirok etish imkoniyati beriladi.
O‘z-o‘zini moliyalashtirish:
Arizachilar delegatlar to‘plamini sotib oladi (taxminan 350-420 dollar atrofida) va ularga sertifikat hamda konferensiya to‘plami taqdim etiladi, madaniy kecha va bayram dasturida ishtirok etish imkoniyati beriladi.
Shuningdek, dasturda qatnashgan barcha ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladi:
- Dunyo liderlari bilan muloqot qilish imkoniyati;
- Hamfikr yosh tadbirkorlar bilan tanishuv;
- Diplomatik tajriba va hamkorlik;
- Mukofotlar va sertifikatlar;
- Madaniy taqdimot;
- Gala kechasi;
- BMTning SDG ( Barqaror rivojlanish maqsadlari)ga ta’sir;
- Guruh muhokamlari.
V-Young Professional Fellowship 2022 seminarlari uchun bir qancha mavzular tanlangan (so‘z erkinligi va uning jamiyatga salbiy ta’siri, iqlim o‘zgarishi, siyosiy voqealarda yoshlar ishtiroki va boshqalar) bo‘lib, seminarlar ingliz tilida olib boriladi. Mavzular bilan batafsil tanishish uchun BU YERGA kiring.
Talablar:
Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Ariza topshiruvchilar 16-35 yosh orasida bo‘lishi lozim.
- Talabalar, yosh mutaxassislar ariza topshirishlari maqsadga muvofiq.
- BMT ning Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga erishish yo‘lida harakat qilayotgan bo‘lish kerak.
- Ochiq fikrli, yuqori motivatsiyali, ishtiyoqli bo‘lish.
- Ingliz tilini yetarli darajada bilish lozim.
- Xushmuomala, o‘zgalar fikrini va shaxsini hurmat qiluvchi bo‘lish qat’iy talab etiladi.
Tadbirning boshqa shartlari bilan batafsil BU YERDA (terms and conditions) tanishib chiqing
Dasturga qabul jarayoni:
Arizalar 2022-yil 10-avgustgacha qabul qilinadi (qisqa ro‘yxatga kiritilgan talabgorlar bilan 16, 17 va 18-avgust kunlari onlayn suhbat o‘tkaziladi) va natijalar 24-avgustda e’lon qilinadi. Delegat va shoʻbalar 30-avgustga qadar tasdiqlanadi.
- Ariza topshiruvchilardan 25 dollar (soliqlar bilan 26,4 dollar) miqdorida bir martalik ariza to‘lovi olinadi va bu to‘lov dasturga qabul qilinmagan taqdirda ham qaytarilmaydi;
- Ariza to‘lovini PayPal, Western Union yoki Stripe kabi o‘zingizga mos to‘lov usullari orqali to‘lashingiz mumkin;
- Sizdan arizangizga xorijga chiqish pasportini ilova qilishingiz so‘raladi. Agar bunday pasport bo‘lmasa, oddiy shaxsni tasdiqlovchi pasportni ilova qilib, qabul javoblari chiqqunga qadar xorijga chiqish pasportini olishingiz mumkin;
- Bu yerdagi (terms and conditions) barcha shartlarga rozi bo‘lgach, shu yerdan submission bo‘limiga kirib, ariza to‘ldirishingiz lozim.
Muhim: Ariza topshirishdan avval rasmiy e’lon bilan, albatta, tanishib chiqing.