×

Vengriya: Magistratura va amaliyot dasturi uchun to`liq hamda qisman grantlar


Grant

MUHLAT

01.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Vengriya

O'QILGAN

2001 marta

Central European University tarkibiga kiruvchi The Department of Economics and Business of CEU CEU MS in Business Analytics and MS in Finance Scholarship dasturi va Internship Programs amaliyot dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar universitetning biznes analitika hamda moliya sohalari bo`yicha magistratura bosqichiga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant 10 oydan bir yilgacha muddatga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

The Department of Economics and Business of CEUda 2019-2020-oʻquv yili uchun MS in Business Analytics kursiga 15,000 yevro, MS in Finance kursiga 12,000 yevro kontrakt to`lanadi.

Grant yutib olgan nomzodlarning 10 oy-1 yil davomida o`qish haqi, tadqiqot xarajatlarini to`liq qoplaydi.

Dastur grant yutib olgan nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Ularni talabaning o`zi to`laydi.

Internship Programs amaliyot dasturida qatnashish imkoniyatini qo`lga kiringanlarga esa kontrakt qisman to`lab beriladi.

Grant nomzodning turar joy, yashash xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun kontraktning qolgan qismini va boshqa sarflarni nomzodning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod CEUning MS in Business Analytics yoki MS in Finance kursiga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur. GPA 4,0 kamida dan 3,0,   GMAT kamida 45 yoki GRE kamida 154 ball bo`lishi talab qilinadi.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish lozimligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 6.5-7.0 boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar CEUning  MS in Business Analytics yoki MS in Finance kursida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod oʻzi tanlagan kursga onlayn tarzda ariza berishi kerak. Keyin grantga ariza beriladi:

  1. O`qishga kirishga CEU Application Form to`ldiriladi.
  2. Grantga esa Scholarship Application Formni to`ldirish kerak.

O`qish va grant dasturlari uchun 2019-yil 1-maygacha ariza berish mumkin.

Kerakli hujjatlar tarkibi (umumiy):

Qaysi kursga hujjat topshirayotganligingizga qarab boshqa hujjatlar ham soʻraladi. Shuning uchun oʻzingiz tanlagan kurs maʻlumotlarini puxta oʻrganib chiqing.

Nomzodlar grantga aʼlo baholari, ish tajribasi, ijtimoiy faolligi, intiluvchanligi asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayn muddatidan keyin iloji boricha tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun:

Agnes Schram

Student Recruitment Manager

Room N11/210

Elektron pochta: schrama@ceu.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!