Yangi Zellandiyaning Vellington shahrida joylashgan Victoria University of Wellington oliygohi 2021 – yil sentabrda boshlanadigan bakalavr, magistratura yoki PhD kurslaridan biriga konstitutsion huquqshunoslik, inson huquqlari, xalqaro huquqshunoslik va shunga yaqin yo’nailishlar bo’yicha o’qishga qabul qilingan talabalarga Colin Aikman Award grant dasturini e’lon qiladi. Dastur oliygohning huquqshunoslik fakulteti dekani lavozimida bir necha yil faoliyat olib borgan, yurisprudensiya va konstitutsion huquq fanlari doktori, professor Colin Aikman sharafiga tashkil etilgan. Grant dasturidan maqsad iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash. Dastur doirasida 1 nafar talabaga grant berish mo’ljallangan.
Grant kimlar uchun?
Bakalavriat, magistratura va PhD bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dastur doirasida grant yutib olgan talabaga bir martalik 10 000 NZ$ (tahminan 6 800 AQSh dollari) gacha bo’lgan stipendiya ajratiladi.
Dastur doirasida 1 nafar talabaga grant ajratish rejalashtirilgan.
Victoria University of Wellington oliygohida o’qish xarajatlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
Talablar:
- Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo’lishi mumkin.
- Nomzod Victoria University of Wellingtonoliygohining bakalavr, magistratura yoki PhD kurslaridan biriga konstitutsion huquqshunoslik, inson huquqlari, xalqaro huquqshunoslik va shunga yaqin yo’nailishlar bo’yicha o’qishga qabul qilingan/qilinadigan bo’lishi kerak.
- Nomzod a’lochi bo’lishi kerak. Grant nomzodning erishgan akademik yutuqlariga asoslanib beriladi.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
- Dastur doirasida 1 nafar talabaga grant ajratish rejalashtirilgan. Ammo, munosib nomzodlar bo’lganida dastur bir necha talabaga stipendiya ajratishi mumkin.
- Hay’at tomonidan grant berishga loyiq talaba topilmasa, o’sha o’quv yilida stipendiya jaratish bekor qilinishi mumkin.
- Stipendya dasturi g’olibi keyingi yili ham shu dasturga hujjat topshirishi mumkin.
- Grant boshqa grant dasturlari bilan bir vaqtda berilishi mumkin.
Nomzodga qo’yilgan talablar va grant nizomi bu yerda.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant dasturida qatnashish topshirish uchun nomzod onlayn arizani to’ldirib, shu yilning 30-oktabriga qadar taqdim qilishi zarur (grantga hujjatlarni qabul qilish tahminan sentabr oyi oxirlarida boshlanadi). Yodda tuting grant dasturi va universitetga hujjatlar topshirish muhlati turlicha bo’lishi mumkin. Universitetga hujjatlar qabul qilish muhlatlari bulan bu yerda tanishing.
Grant dasturiga topshirilishi kerak bo’lgan hujjatlar:
- (Dasturga arizalar qabul qilish hali boshlangani yo’q).
- Nomzodning a’lochi ekanligini tasdiqlivchi hujjatlar/baholar/diplom ilovalari nusxasi (GPA kamida 4.0 dan 3.0 bo’lishi kerak)
- Motivatsion xat.
- CV.
Universitetga kirish uchun kerakli hujjatlarning tahminiy ro’yxati:
- Onlayn ariza/ ariza shakli (oliygohga arizalarni onlayn yoki pochta orqali topshirish mumkin).
- Passport nusxasi.
- Bakalavr bosqichi uchun yuqori maktab attestati.
- Magistratura bosqichi uchun bakalavr diplomi.
- PhD bosqichi uchun magistrlik diplomi.
- Baholardan ko’chirma/diplom ilovasi.
- Tavsiyanoma.
- Til sertifikatlari:
- Bakalavriat uchun IELTS 6.0 va undan baland, har bir bo’limdan kamida 5.5 ball.
- Magistratura uchun IELTS 6.5 va undan baland, har bir bo’limdan kamida 6.0 ball.
- PhD uchun IELTS 7.0 va undan baland, har bir bo’limdan kamida 6.5 ball.
Taqdim etilgan barcha hujjatlar ingliz tilida bo’lishi zarur. Qabul qilingan hujjatlar qaytarilamaydi. Ariza topshirish jarayoni haqida batafsil bu yerda bilib oling.
Grant haqidagi to’liq ma’lumotni unversitetning rasmiy saytidan olishingiz va savollar bilan quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin:
T: +64 4 463 5557