×

Vistula University Merit Scholarship: Polshada bakalavriat va magistratura kurslari uchun 100% lik grant!


Grant

MUHLAT

10.01.2025

QOLGAN VAQT

20 kun

HUDUD

Polsha

O'QILGAN

19772 marta

Polshaning Varshava shahrida joylashgan Vistula universiteti bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchi xorijlik talabalarga Vistula University Merit Scholarship dasturini taklif etmoqda. Ushbu grant 2024-yilning oktyabr oyidan yoki 2025-yilning mart oyidan boshlanadigan oʻqish uchun jami 70 nafar atrofida talabaga beriladi.

Ushbu grantga hujjat topshirish sanalari quyidagicha:

  • 2024-yil oktyabrda boshlanadigan oʻqish uchun – 2024-yilning 19-iyulgacha;
  • 2025-yilning mart oyida boshlanadigan oʻqish uchun – 2024-yilning 10-yavarigacha.

Grant Vistula universiteti yoki Vistula mehmonnavonzlik maktabida (Vistula School of Hospitality) toʻliq asosda (full-time) ingliz tilida oʻqitiladigan bakalavriat yoki magistratura kurslarida tahsil olishni hamda ushbu oliygohlarning elchilari (ambassador) sifatida faoliyat yuritishni istagan iqtidorli yoshlarga taqdim etiladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grantni qoʻlga kiritganlar oʻqish pulidan (tuition fee) toʻliq ozod qilinadi. Dastlab grant 1 yilga beriladi va talabaning aʼlo oʻzlashtirishi hamda qoʻshimcha mashgʻulotlardagi faolligiga qarab keyingi yillarga uzaytiriladi (yoki toʻxtatiladi).

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Polsha fuqarosi boʻlmasligi kerak.
  • Aʼlo akademik koʻrsatkichlarga ega (GPA 100 lik tizimda kamida 90%) va oʻqishdan tashqari mashgʻulotlarning faol ishtirokchisi boʻlish kerak.
  • Kamida IELTS 6.0 ball yoki shu darajaga teng boshqa xalqaro til sertifikatiga ega boʻlishi kerak.
  • Vistula universiteti yoki Vistula mehmonnavozlik maktabidagi ingliz tilida oʻqitiladigan bakalavrlik yoki magistrlik kurslaridan istalgan biriga qabul qilinishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Ushbu grantga hujjat onlayn shaklda quyidagi sanalargacha qabul qiliinadi:

  • 2024-yil oktyabrda boshlanadigan oʻqish uchun – 2024-yilning 19-iyuligacha;
  • 2025-yilning mart oyida boshlanadigan oʻqish uchun – 2025-yilning 10-yavarigacha.

MUHIM: Yuqoridagi sanalar grantga ariza topshirish sanalaridir. Bakalavriat va magistraturaga dasturlariga ariza topshirish muddati yuqoridagi sanalardan ertaroq tugaydi (masalan, 2024-yil oktabrda oʻqishni boshlash uchun bakalavriat yoki magistraturaga 2024-yil 30-iyungacha ariza topshirish kerak). Shu sababli harakatni imkon qadar ertaroq boshlash tavsiya etiladi.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Vistula University Merit Scholarship dasturiga onlayn tarzda BU YERDA ariza beriladi. Grant uchun motivatsiya xati ham yoziladi.
  2. Roʻyxatdan oʻtish badali toʻlanadi (25 yevro).
  3. Vistula universiteti yoki Vistula mehmonnavozlik maktabidagi 2024-yil oktyabrda yoxud 2025-yil martda boshlanadigan, ingliz tilida oʻqitiladigan bakalavriat yoki magistratura dasturlaridan biriga hujjat topshiriladi.
  4. Oʻzingiz va yutuqlaringizni taʼriflovchi qisqa video tayyorlab, uni yuklaysiz.
  5. Vistula Merit Scholarship qoidalariga rozlik beriladi.

Bakalavriat yoki magistratura kurslariga qanday hujjat topshirish mumkinligi haqida BU YERDAN maʼlumot olishingiz mumkin.

MUHIM: Dasturga ariza topshirishga kirishishdan oldin rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin:

Email: vms@vistula.edu.pl

Telefon: +48 510 858 087 yoki +48 798 066 870.

 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!