AQShda joylashgan Wake Forest University oliy taʼlimuassasasi bakalavriatda oʻqishni xohlovchilarga Stamps Scholarship grant dasturini taʼklif qiladi. Ushbu grant shu universitetda mavjud istalgan bakalavr kursida o’qish uchun beriladi. Grant nomzodlarning koʻrsatkichlari asosida taqdim etiladi (merit-based). Ushbu grantlar universitetgacha bo’lgan o’qish davrini turli qiyinchiliklarga qaramay eng yaxshi natijalar bilan tamomlagan, kuchli xarakter va yutuqlarga ega bo’lgan, eng yetakchi, shijoatli va namulani yoshlarga beriladi.
Oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkchisi (GPA), SAT yoki ACT testi natijalari (agar topshirilsa), darsdan tashqari mashgʻulotlarda yetakchilik hamda hududiy yoki milliy darajada erishgan yutuqlari eng yuqori boʻlgan nomzodlar ushbu grant bilan taqdirlanadi.
Mazkur grant har yili 15 nafargacha bakalavriatga yangi qabul qilingan talabaga taqdim etiladi.
Wake Forest universitetida o’qitiladigan barcha bakalavr kurslari ro’yxati bilan bu yerda tanishing.
Grant kimlar uchun?
Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dastur gʻoliblari quyidagi imkoniyatlar bilan taʼminlanadi:
- Oʻqish toʻlovi (tuition fee) va boshqa badallardan toʻliq ozod etiladi.
- Bepul yotoqxona va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.
- Shaxsiy xarajatlar uchun 3400 AQSh dollar mablagʻ ajratiladi.
- Gʻoliblar tadqiqot yoki turli loyihalar yuzasidan boshqa yerlarga sayohat qilish uchun qo’shimcha 15 000 AQSh dollariga yordam pulini ham olishlari mumkin.
Talablar:
Nomzodga qoʻyilgan umumiy talablar quyidagilardan iborat:
- Nomzod maktabni (kollejni, litseyni) tamomlagan bo’lishi yoki oʻqish boshlangunicha tamomlashi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Qabul uchun TOEFL yoki IELTS yoxud Duolingo testi natijasini topshirishi lozim. Ushbu test natijalari test oluvchi tashkilot tomonidan toʻgʻridan toʻgʻri Wake Forest universitetiga yuborilishi kerak.
- SAT va ACT testlari natijalarini topshirish majburiy emas, ixtiyoriy.
- Nomozd Wake Forest universitetidagi oʻzi tanlagan bakalavrlik kursining qabul talablariga mos boʻlishi, shu kursga 2022-yil 15-noyabrgacha hujjat topshirishi kerak (2023-yilda oʻqishni boshlash uchun).
- Ariza topshirish badali – 85 dollar, nomzodlar shu badalni toʻlashi kerak.
- Nomzodlar moliyaviy holati haqidagi shaklni toʻldirishi kerak.
- Grant taqdim etish uchun saralashda nomzodlarning akademik koʻrsatkichlari, erishgan yutuqlari va darsdan tashqari faoliyatdagi yetakchilik koʻnikmalariga eʼtibor qaratiladi. Shular asosida eng yuqori natijaga ega 5 nafargacha talabaga grant ajratiladi.
Xalqaro talabalarning ariza topshirishiga oid talablar va batafsil maʼlumotlarni BU YERDAN topasiz.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantni yutib olish uchun Wake Forest universitetining 2023-yilda oʻqish boshlanadigan bakalavriat kurslaridan biriga 2022-yil 15-noyabrga qadar hujjat topshirish kerak. Grant uchun alohida ariza topshirilmaydi, bakalavriatga topshirgan barcha nomzodlar ushbu grantga talabgor sifatida koʻrib chiqiladi.
MUHIM: 2023-yilda oʻqishni boshlash uchun qabul taxminan 2022-yilning avgust oyida boshlanadi.
Grantga talabgor sifaida koʻrib chiqilish uchun bakalavriat kursiga arizani 2022-yil 15-noyabrgacha topshirish lozim. Universitetga hujjat topshirishning bir nechta tizimi mavjud boʻlib, ular bilan BU YERDA tanishing. Oʻzingiz uchun qulay tizimni tanlab, ariza topshirishingiz mumkin.
Grant finalistlari subatga taklif etilishi ham mumkin, suhbat boʻladigan boʻlsa, 2023-yil mart oyi oxirigacha bu haqida xabar qilinadi.
Savollar yuzasidan BU YERDAGI kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin.