×

Warwick Chancellor’s International Scholarships: Buyuk Britaniyada PhD kurslari uchun toʻliq grant va 15 ming funt sterling stipendiya!


Grant

MUHLAT

19.01.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

3703 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan University of Warwick oliygohining Chancellor’s International Scholarships dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Mazkur dastur 2022-yilning kuzgi semestridan boshlab universitetning PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun moʻljallangan va universitetdagi istalgan ta’lim yo’nalishlari uchun taqdim etiladi. Mavjud yoʻnalishlar bilan bu yerda tanishing.

2022-230o’quv yili uchun jami 42 nafargacha talabaga ushbu grant ajratiladi.

Maʼlumot uchun: University of Warwick dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biridir. Jumladan, 2021-yil noyabr oyi holatiga koʻra, ushbu universitet dunyodagi eng kuchli oliygohlar roʻyxatida 61-oʻrinni egallab turibdi (QS reytingi boʻyicha).

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida ta’lim olishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni qoʻlga kiritgan nomzodlar quyidagi moliyaviy imkoniyatlar bilan taʼminlanadi:

  • Kontrakt toʻlovi (tuition fee) toʻliq qoplab beriladi..
  • Yashash xarajatlari uchun yliga 15 609 funt sterling miqdoridagi stipendiya ajratiladi (mazkur miqdor 2022-yil fevral oyida tasdiqlanishi kutilmoqda).
  • 5000 funt sterling miqdoridagi tadqiqot, mashg’ulotlar va qo’llab-quvvatlash granti taqdim etiladi.

Universitetga endi hujjat topshirayotgan yangi PhD nomzodlari uchun mazkur grantning davomiyligi 3,5 yilgacha (PhD kursini bu muddat ichida tamomlash mumkin). Agar hozirda universitetda ta’lim olayotgan bo’lsangiz, grantning davomiylik muddati kursingizga mos ravishda qisqartiriladi.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Ushbu grantga faqat xalqaro talabalar yoki maqomi “xalqaro” boʻlgan nomzodlar topshira oladi (Oʻzbekiston fuqarolari topshira oladi).
  • Nomzod hujjat topshirish muhlati tugagunga qadar universitetining oʻqish 2022-yil kuzda boshlanadigan PhD dasturlaridan biriga ariza topshirishi yoki hozirda shunga teng darajadagi bosqichida oʻqiyotgan boʻlishi kerak. Qabul talablari bilan bu yerda tanishing
  • Warwick universitetida PhD bo’yicha ta’lim olayotgan talabalar faqat birinchi kurs davomida ariza topshirishlari mumkin.
  • Grant Warwick universitetining barcha PhD kurslari uchun beriladi.
  • Grantni yutib olish uchun PhD kursiga o’qishga qabul qilinishingiz kerak. Qabul uchun diplom, baholar va tadqiqot rejasidan tashqari ingliz tili testi sertifikati ham talab qilinadi. Til bilish darajasiga qoʻyilgan talab topshirayotgan yoʻnalishingizga qarab farq qiladi va IELTS 6.5 dan IELTS 8.0 gacha boʻlgan daraja soʻralishi mumkin. Universitetning umumiy til talablari bu yerda ko’rsatilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant va PhD kursiga alohida arizalar topshirish talab etiladi. Dastlab birorta PhD kursiga ariza topshirish lozim, shundan keyin granta ariza berish mumkin. PhD kurslariga arizalarni eng kechi bilan 2022-yil 18-yanvargacha topshirish mumkin.

Grantga arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2022-yilning 21-yanvar, soat ertalabki 04:59 gacha onlayn tarzda qabul qilinadi. Arizaga ilova qilinishi zarur bo’lgan barcha hujjatlar ham shu sanagacha to’liq topshirilishi kerak.

Ariza topshirish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Dastkab, nomzodlarni saralash boʻyicha “PGR Ranking Criterie” hujjatini oʻqib chiqing.
  2. PhD dasturiga ariza topshiring, soʻng BU YERDA grant uchun ariza toʻldirishni boshlang.
  3. Grant arizasidan tashqari, barcha qoʻshimcha hujjatlar (tavsiyanomalar va baholar) ham Oʻzbekiston vaqti bilan 2022-yilning 21-yanvar, soat ertalabki 04:59 gacha topshirilishi kerak.
  4. Grantga saralash natijalari 2022-yil mart oyi oxirlarida email orqali xabar qilinadi.

PhD dasturiga ariza dopshirganingizdan keyin sizga email yuboriladi, emailda 7 ta belgidan iborat talaba ID raqami hamda ITS ariza topshirish hisobingizni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha koʻrsatmalar boʻladi (bu hisobni roʻyxatdan oʻtkazish shart). Roʻyxatdan oʻtkazilgan hisobning foydalanuvchi nomi (username) va paroli grantga ariza topshirishda foydalaniladi. Grantga ariza topshirish uchun PhD kursiga qabul taklifini olgan boʻlishingiz shart emas, shunchaki, oʻzingiz tanlagan PhD kursiga ariza topshirgan boʻlsangiz, shuning oʻzi kifoya.

Imkon qadar ertaroq PhD kursiga ariza topshirishni boshlash tavsiya etiladi, chunki kerakli hujjatlarni tayyorlash, ariza topshirish jarayoni uchun ham vaqt ketadi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy sahifada berilgan maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan doctoralcollege@warwick.ac.uk elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!