Buyuk Britaniyda joylashgan Warwick universiteti xalqaro Foundation va bakalavriat dasturlarida oʻqishni xohlovchi xorijlik nomzodlarga Warwick Undergraduate Global Excellence Scholarship 2022 grant dasturini taklif etmoqda. Grantlar iqtidorli, qobiliyatli talabalarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.
2022-2023-oʻquv yili uchun jami 250 ta toʻliq va qisman grant ajratilgan. Ushbu grantlar 2022-yil sentabrda boshlanadigan xalqaro Foundation va bakalavriat dasturlariga ariza topshirgan eng munosib nomzodlarga taqdim etiladi.
Maʼlumot uchun: University of Warwick dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biridir. Jumladan, 2021-yil dekabr oyi holatiga koʻra, ushbu universitet dunyodagi eng kuchli oliygohlar roʻyxatida 61-oʻrinni egallab turibdi (QS reytingi boʻyicha).
Grant kimlar uchun?
Bakalavriatda va xalqaro Foundation dasturida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Xalqaro Foundation dasturi va bakalavriat dasturlariga hamda ushbu grantfa ariza topshirgan talabalardan eng munosib 250 nafari quyidagicha taqdirlanadi:
- 20 nafar talaba butun bakalarviat dasturi davomida kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qilinadi.
- 160 nafar talabaga yiliga 13 ming funt-sterling grant beriladi (butun bakalavriat dasturi davomida).
- 70 nafar talaba yiliga 2000 funt-sterling grant beriladi (butun bakalavriat dasturi davomida).
Maʼlumot uchun: Warwick universitetidagi bakalavriat dasturlarining kontrakt toʻlovi yiliga 22 280 yoki 28 410 funt-sterlingni tashkil etadi (kursga qarab farq qiladi).
Talablar:
Grant uchun nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Oʻzini-oʻzi moliyalashtiradigan talaba boʻlish kerak. Yaʼni nomzod oʻqish xarajatlarini oʻzining shaxsiy mablagʻlari yoki oilasi yoxud doʻstlarining mablagʻlari evaziga qoplaydigan talaba boʻlishi kerak. Oʻqish xarajatlari uchun kredit oluvchilar ham oʻzini oʻzi moliyalashtiradigan talaba hisoblanadi. Talabaning oʻqish xarajatlarini ish beruvchisi yoki boshqa uchinchi tomon qoplasa yoki oʻqish xarajatlari boshqa tashqi grant tomonidan qoplansa, nomzod oʻzini oʻzi moliyalashtiradigan talaba hisoblanmaydi.
- Kontrakt toʻlovini toʻlash borasida “xorijiy talaba “xalqaro kontrakt toʻlovchi talaba” tasnifiga tushishi kerak (Oʻzbekiston fuqarolari tushadi).
- 2022-yil 26-yanvargacha Warwick universitetidagi bakalavriat dasturlaridan biriga (yoki Foundation kurslariga; MBChB kursi bundan mustasno) UCAS ariza topshirish tizimi orqali ariza topshirishi kerak.
- Nomzod oʻzi tanlagan bakalavrlik yoki Foundation dasturining qabul talablariga, jumladan, ingliz tilini bilish talablariga javob berishi kerak. Oʻzbekiston fuqarolari uchun qabul talablari bilan BU YERDA, Markaziy Osiyodagi boshqa davlat fuqarolari uchun qabul talablari bilan BU YERDA tanishing.
- Grantga arizani 2022-yil 28-fevralga qadar topshirish lozim, undan kechikib topshirilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi.
- 2022-yil 20-maygacha 2022-yil sentabrdan boshlab Warwick universitetida oʻqish taklifini qabul qilish lozim.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantga ariza topshirish uchun nomzodlar dastlab 2022-yil 26-yanvargacha bakalavriat dasturlaridan biriga yoki Foundation dasturiga ariza topshirishi lozim. Grantga ariza topshirish portali 2022-yil boshida ochiladi va bakalavrlik kursi yoki Foundation dasturiga ariza topshirgan nomzodlarga grantga qabul ochilgani va qay tarzda hujjat topshirish mumkinligi haqida xabar qilinadi.
Grantga nomzodlar “What makes you excellent?” mavzusida insho yozishi kerak boʻladi.
Inshodan maqsad sizga nimalar motivatsiya berishi, sizning salohiyatingiz Warwick hamjamiyatiga qanday foyda berishi va universitetni bitirganingizda dunyoni yaxshiroq makonga aylantirish uchun Warwick universitetida olgan bilim hamda tajribalaringiz qanday yordam berishidan umidlaringizni bilishdir.
Insho 400 soʻzdan oshmasligi kerak.
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlon va koʻp beriladigan savollarga javoblar bilan batafsil tanishib chiqing.
Savollar yuzasidan BU YERDAGI kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin.