“We are together” mukofoti jismoniy shaxslar va tashkilotlarni milliy yoki xalqaro darajadagi muhim gumanitar muammolarni hal etishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun rag‘batlantirish maqsadida joriy etilgan. Mukofot ko‘ngillilik orqali ijtimoiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Tanlovda quyidagi nominatsiyalar boʻyicha qatnashish mumkin:
- Ekologiya va barqaror rivojlanish – atrof muhitni muhofaza qilish, ekologik ta’lim, yashil iqtisodiyot va texnologiyalar sohasidagi loyihalar.
- Teng imkoniyatlar va ijtimoiy adolat – aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari farovonligini oshirish, insonlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, iste’dodlarni yuzaga chiqarishga qaratilgan loyihalar.
- Tibbiyot va sogʻlom turmush tarzi.
Maxsus nominatsiya:
- Yilning eng yaxshi ezgu amali – ushbu nominatsiya laureati asosiy nominatsiyalar bo‘yicha laureat bo‘lgan shaxslar orasidan kengash a’zolarining yopiq ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi.
Shuningdek, kengash qarori bilan mukofot tadbiri davomida qo‘shimcha nominatsiyalar ham tayinlanishi mumkin.
Xalqaro mukofot 2022-yil 9-iyundan 5-dekabriga qadar to‘rt bosqichda o‘tkaziladi:
- 9-iyun – 15-avgust ariza berish bosqichi.
- 1-20-sentyabr mintaqaviy ekspertlar tomonidan baholash bosqichi.
- 1-20-oktabr kengash a’zolari tomonidan baholash bosqichi.
- 2-5-dekabr taqdirlash marosimi.
Rasmiy sahifaga kirib, baholash tartibi, yo‘riqnoma va barcha qoidalar bilan bu yerda batafsil tanishib chiqing.
Grant kimlar uchun?
Kamida 18 yosh boʻlgan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Tanlovning imtiyozlari quyidagicha:
- Ishtirok etish mutlaqo bepul.
- Final bosqichiga o‘tgan ishtirokchilar mukofotning forumi va taqdirlash marosimida ishtirok etish uchun Moskvaga taklif etiladi. Baʼzi sihtirokchilar uchun safar xarajatlari qoplanishi mumkin.
- G‘oliblar esdalik sovrinlari, diplom va pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
- Yetakchi ekspertlar, jamoat arboblari bilan uchrashuvlar.
Talablar:
Tanlovda kamida 18 yosh boʻlgan koʻngillilar hamda tashkilotlar (notijorat tashkilotlar, davlat yoki biznes tashkilotlar) qatnashishi mumkin.
Tanlov uchun allaqachon amalga tatbiq etilgan yoki tatbiq etish jarayonida boʻlsa-da, natijaga ega tashabbuslar (loyihalar) qabul qilinadi,
Arizalar ingliz tilida qabul qilinadi.
Dasturga qabul jarayoni:
Tanlov uchun arizalar 2022-yil 15-avgustgacha qabul qilinadi. Quyida ariza topshirish talablari va jarayoniga oid maʼlumotlar keltirilgan:
- Ishtirokchilar saytdagi elektron ariza shaklini to‘ldirish orqali ariza topshiradilar. (Jismoniy va yakka tartibdagi shaxslar bu yerga, yuridik shaxslar va tashkilotlar bu yerga topshirishi lozim).
- Har bir ishtirokchi bir nechta nominatsiya bo‘yicha ariza topshirishi mumkin. Lekin arizalardan faqat bittasi tanlov uchun qabul qilinadi, shuni inobatga olgan holda, o‘zingizga eng munosib bitta nominatsiyani tanlashingiz maqsadga muvofiq.
- Ariza topshirish orqali ishtirokchilar o‘z loyihalaridan kelgusida taqdimot materiallari va ommaviy axborot vositalarida foydalanishga ruxsat bergan bo‘ladi.
- Turli ishtirokchlar bitta loyihadan foydalanishi mumkin emas. Bunday holat aniqlangan taqdirda baholash tartibiga amal qilish kengash tomonidan hal etiladi.
- Mukofot faqat amalga oshirilgan yoki oshirilayotgan va allaqachon ma’lum bir natijaga erishgan loyihalarni rag‘batlantiradi.
- Arizalar faqat ingliz tilida topshiriladi. (Rus tilidagi arizalar ham qabul qilinishi mumkin.)
- Arizada ishtirokchi haqida ma’lumotlar va ishtirokchi tomonidan 2021-2022-yillarda amalga oshirilgan yoki oshirilayotgan ijtimoiy, foydali, ko‘ngilli loyihalar haqida, shuningdek, loyihaning hozirdagi, 2023 va keyingi yillardagi rivoji, natijalari xususida ham yozilishi kerak.
- Jismoniy shaxslardan ishtirok etish uchun ariza ko‘ngilli loyiha muallifi, rahbari yoki tashkilotchisi tomonidan taqdim etiladi. Arizada loyiha jamoasining uchta a’zosiga ruxsat beriladi. Loyiha jamoasi a’zolari ham Xalqaro mukofotning a’zolari hisoblanadi.
- Yuridik shaxslardan ishtirok etish uchun ariza yuridik shaxs rahbari yoki u vakolat bergan vakil tomonidan beriladi. Arizaga ariza beruvchining vakolatini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi kerak. Ushbu hujjat bo‘lmagan taqdirda, Loyiha idorasi taqdim etilgan hujjatni bekor qilish huquqini o‘zida saqlab qolgan bo‘ladi.
Muhim: Dasturga ariza topshirishdan oldin tanlov veb-saytidagi maʼlumotlar va tanlov qoidalari bilan batafsil tanishib chiqing.
Bog‘lanish uchun tel: 8 (499) 755-77-34 (ext. 703).
Email: info@wearetogetherprize.com