×

Weinstein JAMS International Fellowship: AQSHda amaliyot oʻtash uchun 20 ming dollar stipendiya!


Grant

MUHLAT

22.11.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

16658 marta

AQSHda 1 oydan 4 oygacha moliyalashtiriladigan amaliyot oʻtash imkonini beruvchi Weinstein JAMS International Fellowship dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu dastur nizolarni muqobil ravishda hal qilish (ADR) sohasida tajribaga ega va shu sohaga oʻzini bagʻishlagan hamda oʻz mamlakati va undan tashqari hududlarda nizolarni hal qilish boʻyicha taʼlim olish, malaka oshirish va xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirishga intiluvchi shaxslarga moʻljallangan.

Ishtirokchilar amaliyot davrida turli mashgʻulotlarda qatnashadi hamda ADRga oid ishlarni JAMS tashkiloti qanday yuritishi va hal qilishini kuzatadi.

Amaliyot taklifi tabiatiga qarab, ishtirokchilar universitetlardagi dasturlarda qatnashishi yoki oʻz qiziqish va maqsadlariga erishishga yordam berishi mumkin boʻlgan boshqa tashkilot hamda muassasalarga biriktirilishi mumkin.

Maʼlumot uchun: dasturga har yili oʻrtacha 12 nafar amaliyotchi qabul qilinadi. Hozirga qadar ushbu dasturga 2 nafar oʻzbekistonlik nomzod qabul qilingan.

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun, biroq sudya, huquqshunos, huquq professor-oʻqituvchi, sud maʼmuri, davlat amaldori yoki nizolarni muqobil ravishda hal qilish boʻyicha amaliyotchi sifatidagi ish tajribasiga ega nomzodlarga ustunlik beriladi

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan lohiyalarga qarab, bir nafar ishtirokchiga JAMS Foundation tomonidan 20 ming dollargacha mablagʻ ajratiladi. Mazkur mablagʻ 1 oydan 4 oygacha boʻlgan muddatga beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • AQSH fuqarosi boʻlmasligi kerak.
  • Nomzod ingliz tilida ravon muloqot qila olishi lozim.
  • Taklif etilgan amaliyot loyihasi 1 oydan 4 oygacha boʻlishi kerak.
  • Amaliyotga ajratilgan mablagʻ faqat AQSHdagi mashgʻulotlar uchun ishlatilish mumkin, undan ishtirokchi mamlakati ichidagi loyihalar uchun foydalanib boʻlmaydi.
  • Nizolarni hal qilishning amaliy tizimlarini joriy qilishga yordam beruvchi yoki nizolarning hal qilinish usulini oʻzgartiruvchi loyiha takliflariga ustunlik beriladi.
  • Sudya, huquqshunos, huquq professor-oʻqituvchi, sud maʼmuri, davlat amaldori yoki nizolarni muqobil ravishda hal qilish boʻyicha amaliyotchi sifatidagi ish tajribasiga ega nomzodlarga ustunlik beriladi.
  • Amaliyot yilida sentyabr oyi boshida San-Fransiskoda boʻlib oʻtadigan amaliyotchilarning yillik yigʻilishida ishtirok etish orqali amaliyotni boshlay oladigan nomzodlarga ustunlik beriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar 2024-yilning 22-noyabrigacha onlayn tarzda yoki joʻnatma pochta orqali qabul qilinadi.

Onlayn tarzda ariza berishda barcha hujjatlar EBass@jamsfoundation.org elektron manziliga yuborilishi kerak.

Qogʻoz shaklida pochta orqali ariza topshirishda hujjatlar quyidagi manzilga yuboriladi:

Ellen Bass
Weinstein JAMS Fellowship Program Director
Two Embarcadero Center, Suite 1500
San Francisco, CA 94111
USA

Nomzodlar quyidagi hujjatlarni topshirishi lozim:

  • Ariza shakli (amaliyot saytidan Word yoki PDF formatda yuklab olish mumkin).
  • CV.
  • 2 ta imzolangan tavsiyanom.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!