×

Western Sydney University: Bakalavriat bosqichida oʻqishni istaganlarga 50 foizli grant


Grant

MUHLAT

15.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1069 marta

Avstraliyaning gʻarbida joylashgan Gʻarbiy Sidney universiteti – Western Sydney University Vice-Chancellor’s Academic Excellence Undergraduate Scholarships dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Dastur 2020-yilning bahorgi semestrida boshlanadigan CRICOS bakalavr kurslarida oʻqishni xohlagan talabalar uchun moʻljallangan. Grant uch yilgacha beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba universitet bakalavriat kursida oʻqish uchun 2019-2020-oʻquv yiliga taxminan 25 000 dan 31 440 AUD (taxminan 17 680 dan 22 235 USD)gacha kontrakt toʻlaydi.

Grant yutib olgan nomzodga 3 yilgacha kontrakt pulidan 50 foiz chegirma qilinadi.

Grant nomzodning yashash va boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Kontraktning qolgan qismi, tibbiy sug`urta hamda shaxsiy sarflarni talabaning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar (Avstraliya va Yangi Zelandiyadan tashqari) fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod Avstraliyaning 12 yillik ta’limiga mos keladigan (attestat/kollej/litsey) diplomiga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur. Kamida IELTS 6,5 (har bir qism boʻyicha kamida 6,0) yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi (ATAR 99 ball, ya’ni baholari 100 foizdan kamida 90%) boʻlishi kerak.
  • Nomzod universitetda oʻqitiladigan CRICOS bakalavriat kurslaridan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  • Nomzod dedlayndan 2 oy oldin oʻqishga hujjat topshirishi kerak.
  • Nomzod oʻqish davomida Avstraliyada yashashini kafolatlashi kerak.
  • Ayni vaqtda WSUda oʻqiyotgan talabalar ariza bera olmaydi.
  • WSUdan boshqa grant olayotganlar bu gantga hujjat topshira olmaydi.
  • Exchange dasturlari boʻyicha oʻqiydiganlar ariza topshira olmaydi.
  • Tibbiyot kurslariga hujjat topshirgan talabalar ariza bera olmaydi.

Barcha talab va cheklovlar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar WSUning CRICOS bakalavriat kurslarida oʻqish uchun beriladi.  Buning uchun avval mos keladigan kursga oʻqishga kirish kerak. Grantga alohida ariza topshirish talab qilinmaydi. Dedlayn muddati – 15-noyabrgacha. Ammo grant olish uchun 2 oy oldin hujjat topshirish kerak!

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  • Avstraliyaning 12 yillik ta’limiga mos keladigan (attestat/kollej/litsey) diplomi va diplom ilovasi nusxasi.
  • Ingliz tili sertifikati. Kamida IELTS 6.5/TOEFL iBT 82 ball sertifikati topshiriladi.
  • Agar boshqa sertifikatlar bor boʻlsa, ularni ham topshirish kerak.
  • Pasport nusxasi.
  • Tibbiy ma’lumotnoma.
  • Moliyaviy holat haqida ma’lumotnoma soʻralishi mumkin.

Tanlangan kursga qarab qoʻshimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin. Barcha hujjatlar ingliz tilida topshiriladi. Ingliz tilida boʻlmagan hujjatlarni shu tilga tarjima qilish lozim.

Nomzodlar aʼlo baholari va yutuqlari, darsdan tashqari tadbirlar va tadqiqiotlarda qatnashganligi kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar oʻqish boshlangunga qadar eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: internationalscholarships@westernsydney.edu.au

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!