Westlake universitetining Yozgi tadqiqot amaliyoti (Summer Research Internship) – bu mahalliy va xalqaro talabalar uchun moʻljallangan bir oylik dasturdir.
Har yili yozda amaliyotchilar ushbu dastur doirasida ilm-fan va texnologiyalarning ilgʻor yoʻnalishlaridagi tadqiqot loyihalari ustida ishlaydi va ularning har biri taniqli olimlar jamoasining aʼzosiga aylanadi. Shuningdek, dastur Westlake universitetida hamda unga yondosh Xanchjou hududida oʻtkaziladigan tadqiqot forumlari, fanlararo davra suhbatlari va madaniy tadbirlarda ishtirok etishni ham oʻz ichiga oladi.
Tadqiqot amaliyotlari quyidagi fakultetlarda o‘tkaziladi:
- Fan maktabi
- Muhandislik maktabi
- Hayot fanlari maktabi
- Tibbiyot maktabi
Ushbu dastur mashgʻulotlari 2026-yil 13-iyuldan 14-avgustgacha davom etadi. Mashgʻulotlar ingliz tilida olib boriladi.
2026-yilda amaliyot oʻtash mumkin boʻlgan barcha tadqiqot loyihalari haqida batafsil ma’lumot olish uchun bu yerga bosing.
Ushbu dasturga ariza topshirish bepul.
Grant kimlar uchun?
Bakalavr va magistratura talabalari hamda shu bosqichlarni yaqinda tamomlaganlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Qabul qilinganlar quyidagi iqtisodiy imtiyozlarga ega boʻladi:
- Ishtirok etish bepul
- Kampusda bepul yotoqxona taʼminlanadi
- Har bir amaliyotchiga 1760 RMB (taxminan 255 AQSH dollari) miqdorida stipendiya beriladi.
Ishtirokchilar Xitoyga borish va kelish, viza xarajatlari, shuningdek, oziq-ovqat xarajatlarini oʻzlari qoplashi kerak (oziq-ovqat xarajatlarini beriladigan stipendiyadan qoplash mumkin).
Talablar:
Dasturga quyidagi talablarga mos nomzodlar hujjat topshirishlari mumkin:
- Xitoy fuqarosi bo‘lmaslik va yaroqli pasportga ega bo‘lish kerak.
- Nomzod 2027 yoki 2028-yilda bakalavr yoki magistratura bosqichini tamomlashi kutilayotgan boʻlishi yoki yaqinda ushbu bosqichlardan birini tamomlagan boʻlishi kerak.
- Nomzod oʻzi tanlagan tadqiqot loyihasiga aloqador sohalar bo‘yicha tahsil olayotgan yoki tamomlagan boʻlishi kerak. Tadqiqot loyihalari va ularga nechta amaliyotchi qabul qilinishi bilan BU YERDA tanishing.
Dasturga qabul jarayoni:
Arizalar 2026-yil 31-martgacha qabul qilinadi. Onlayn ariza to‘ldirish uchun bu yerga bosing (dastlab tizimda roʻyxatdan oʻtish talab etiladi).
Ariza topshirishda quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
- Pasport nusxasi (hozirda Xitoyda tahsil olayotgan talabalar pasportining viza tushirilgan sahifasini ham nusxaga qoʻshishi mumkin).
- Diplom va daraja sertifikatlari (asl yoki notarial tasdiqlangan nusxasi)
- Akademik baholar (asl yoki notarial tasdiqlangan nusxasi)
- Ingliz tili bo‘yicha sertifikat (IELTS, TOEFL va h.k.)
- Nomzodning akademik salohiyatini koʻrsatuvchi ilmiy maqolalari katalogi va abstraktlari yoki boshqa hujjatlar.
Yuqorida hujjatlar umumiy shaklda keltirilgan. Hujjatlar va ularga qoʻyilgan talablar batafsil ma’lumot ushbu rasmiy qo’llanmada keltirilgan.
Hujjat topshirish bosqichidan oʻtgan nomzodlar bilan onlayn yoki telefon orqali suhbat qilinadi. Suhbat asosida yakuniy ishtirokchilar saralab olinadi.
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin rasmiy maʼlumotlar va dastur qoʻllanmasi bilan tanishib chiqing.




