Husnixat ishqibozlari uchun maxsus World Handwriting Contest tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovning maqsadi husnixatni targ’ib qilish va inson qo’li bilan yaratilgan yozuvlarning muhimligini ko’rsatish. Tanlov barcha yoshdagi va istalgan davlat fuqarolari uchun ochiq. Ishtirok etish uchun tashkilotchilar tomonidan berilgan matnni qo’lda yozib, keyin shu ish namunasini tanlovga jo’natish zarur.
Ishtirokchilar quyidagi kategoriyalar bo’yicha qatnashishlari mumkin:
- Bolalar kategoriyasi – 7 yosh va undan kichiklar
- 8 yoshdan 12 yoshgacha bolalari kategoriyasi
- O’smirlar kategoriyasi – 13 yoshdan 19 yoshgacha
- Kattalar kategoriyasi – 20 yoshdan 60 yoshgacha
- Nuroniylar kategoriyasi – 65 yoshdan kattalar uchun
Tanlovda ikkita yo’nalish mavjud:
Amaliy yozuv yo’nalishi – bu yo’nalish kundalik yozuv uchun mo’ljallangan yozuvlar uchun. Bunday yozuvdan maqsad yozuvning o‘qilishi aniq, yozilishi tez va ravon bo‘lishi. Bu yo’nalishga topshirilgan yozuvlarni baholashda bezak yoki badiiy ko‘rinishi asosiy o’rinda turmaydi. Bu yo’nalishga topshirilgan yozuvlar ikki kategoriyada qabul qilinadi: harflarning 50 foizi yoki undan ko‘prog‘i qo‘shib yozilgan bo‘lsa — kursiv deb qaraladi, kamroq bo‘lsa — bosma yozuv deb qaraladi.
Badiiy yozuv yo’nalishi – bu yo’nalishga topshirilgan qo‘l yozuvi odatda monolin yoki kaligrafiya uchun mo‘ljallangan marker, ruchka yoki mo‘yqalam yordamida yoziladi. Unda bezakli chiziqlar, belgilar, ingichka va qalin chiziqlar va boshqa usullar orqali estetik ko‘rinish hosil qilinadi.
Grant kimlar uchun?
Barcha uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Har bir yo’nalish va kategoriya bo’yicha g’oliblarga maxsus sertifikatlar taqdim etiladi. Sertifikatlar taniqli yozuv ustasi tomonidan badiiy usulda yozma ravishda tayyorlanadi. Undan tashqari, g’oliblarga esdalik sovg’alar topshiriladi: yozish uchun turli ish qurollari, husnixat to’plamlari va boshqalar.
Talablar:
Tanlov barcha uchun ochiq. Ishtirokchilar quyidagi qoidalarni unutmasliklari kerak:
- Bitta ishtirokchi bir yilda bir marta ishtirok etishi mumkin.
- Yozma ishda xato qilinsa, ustidan bo’yash, chizib o’chirish yoki boshqa usuldagi tuzatishlar kiritish mumkin emas. Xato qilsangiz, boshidan qaytadan yozing, chunki xato qilib, keyin tuzatib topshirilgan ishlarga jarima solinadi.
Yozma ishlarga talablar:
- Tanlovda ishtirok etish uchun oldindan belgilangan maxsus matnni ko’chirib yozib, shu qo’lyozmani topshirish kerak. Hamma uchun bir xil matn berilgan, shuning uchun boshqacha matnni yozib topshirish mumkin emas.
- Tanlov uchun talab qilingan ma’lumotlar – ism-sharif, to’liq manzilingiz, 1-iyul holatiga ko’ra yoshingiz, telefon raqami va elektron pochta manzili (agar bor bo’lsa) qog’ozning orqa tarafiga yoziladi. Yozma ish matni esa old tomonga yoziladi. O’quvchi va talabalar o’zlari o’qiydigan maktab yoki muassasa nomini va manzilini qo’shib yozishlari kerak, g’oliblarning o’qish joylariga ham xabar jo’natiladi.
- Yozma ishlarni A4 formatidagi qog’ozga yozing. Yozma ish uchun tekis chiziqlar tushirilgan yoki butunlay bo’sh qog’ozdan foydalanish mumkin.
- Berilgan matnni A4 o’lchamidagi qog’ozning bitta betiga sig’dirish talab qilinadi.
- Yozuvning hamma tomonida taxminan 1,3 cm hajmdagi bo’sh joy qoldirish zarur.
- Yozish uchun o’zingizga qulay va tanlov yo’nalishiga mos keladigan istalgan yozuv qurolidan foydalanish mumkin.
- Qatnashchilar faqat QORA rangli siyohdan foydalanishlari mumkin. Qanday ish qurolida yozsangiz ham, yozuvingiz qora rangda bo’lishi zarur. Buning sababi tanlov g’oliblarining ishlari keyinchalik chop etiladi yoki skaner qilinadi, bunda yozuv aniq va to’liq ko’rinishi uchun qora rangli yozuv va oq rangli qog’ozdan foydalanish shart.
Yozma ishlarni baholash mezonlari quyidagicha:
- Yozuvning tushunarliligi
- Yozuvning ravonligi
- Yozuvning madaniyati
- Imlo sifati.
Dasturga qabul jarayoni:
Tanlovga onlayn arizani BU YERDA 2025-yil 30-iyungacha topshirishingiz mumkin. Yozma ishlarni pochta orqali jo’natib ham ishtirok etish mumkin, buning uchun batafsil ma’lumotni tanlovning rasmiy veb-saytidan olishingiz mumkin.
Ishtirok etish uchun quyidagi matnni qo’l yozuvida ko’chirib yozing va uni onlayn arizaga png, jpg, jpeg, gif yoki pdf shaklda (rasmga olib yoki skanerlab) yuklang:
12 yoshgacha bolalar uchun matn:
HANDWRITING: that action of emotion, of thought, and of decision that has recorded the history of mankind, revealed the genius of invention, and disclosed the inmost depths of the heart. Handwriting ties us to the thoughts and deeds of our forebears and serves as an irrevocable link to our humanity. No machine or technology can replace the contribution or continuing importance of this skill. It has been necessary in every age and is just as vital to civilization as our next breath.
– Michael R. Sull
13 yosh va undan katta barcha ishtirokchilar uchun matn:
HANDWRITING: that action of emotion, of thought, and of decision that has recorded the history of mankind, revealed the genius of invention, and disclosed the inmost depths of the soulful heart. It gives ideas tangible form through written letters, pictographs, symbols, and signs. Handwriting forms a bond across millennia and generations that not only ties us to the thoughts and deeds of our forebears, but also serves as an irrevocable link to our humanity. Neither machines nor technology can replace the contribution or continuing importance of this inexpensive portable skill. Necessary in every age, handwriting remains just as vital to the enduring saga of civilization as our next breath.
-Michael R. Sull
MUHIM: Ariza topshirishdan oldin tanlov rasmiy veb-saytidagi maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.
Savollaringiz bo’lsa tanlov tashkilotchilariga ushbu sahifa orqali murojaat qiling.