×

Xalqaro talabalar uchun Germaniyada Eynshteyn stipendiya dasturi


Grant

MUHLAT

15.04.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

1442 marta

Eynshteyn forumi va Daymler va Bens jamg’armasi  asosiy tadqiqot sohasi yoki mavzusidan boshqa bir yo’nalish yoki mavzuda tadqiqot olib borish niyatida bo’lgan yosh izlanuvchilarga stipendiya dasturini taklif qiladi. Dastur yakunida talaba o’z loyihasi-tadqiqot ishini Eynshteyn forumi va Daymler va Bens jamg’armasida ommaviy leksiya ko’rinishida taqdim qilishi lozim.

Dastur o’z g’oyalarini yoki loyihalarini rivojlantirmoqchi bo’lganlarga mo’ljallangan. Dastur doktorantura tadqiqoti emas va daraja ham bermaydi. Dastur ishtirokchilarga hali boshlanmagan g’oya yoki ma’lum ishlar olib borilgan izlanishlari ustida chuqurroq izlanish olib borish imkonini beradi. Arizada loyihaning sifati, aslligi va uni amalga oshirish imkoni borligiga qaraladi.

Tadqiqotlar ingliz yoki nemis tilida olib borilishi mumkin. Tilni bilishi to’g’risida hujjat bo’lishi shart emas.

Grant kimlar uchun?

GUMANITAR, IJTIMOIY VA TABIIY FANLAR TALABALARI YOKI BITIRGANLAR UCHUN

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • 5-6 oy yashash uchun turar-joy xarajatlari;
  • 10, 000 yevro miqdorida stipendiya;
  • Safar xarajatlari qoplanadi.

Talablar:

  • Nomzodlar 35 yoshdan oshmagan va gumanitar, ijtimoiy va tabiiy fanlar sohasida kamida bakalavrlik darajasiga ega bo’lishi kerak;
  • Nomzod o’z ishi ustida ishlashni boshlagan yoki boshlamagan bo’lishi, bu sohada doktoranturaga ega yoki ega bo’lmagan bo’lishi ham mumkin –Arizada bu ko’rsatkichlarga e’tibor berilmaydi;
  • Ushbu grant dissertatsiya yozish uchun berilmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza to’ldirish tartibi:

2016-yil uchun nomzodlar arizasi quyidagilardan iborat:

  • Rezyume;
  • 2 betdan iborat o’z loyihasi haqida ma’lumotnoma;
  • 2 ta tavsiyanoma.

Barcha ariza hujjatlari fellowship@einsteinforum.de manziliga email orqali yuborilishi lozim.

 

Pochta orqali yuborish uchun manzil:

Prof.Dr. Susan Neiman
Einstein Forum
Am Neuen Markt 7
14467 Potsdam
Germany

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!